429-modda. Soliq stavkalari
(1-q.)
Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavkalari
respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq oʻlchamda quyidagi miqdorlarda
belgilanadi:
Respublika hududlari
1 gektar uchun bazaviy
soliq stavkasi (mln soʻmda)
Toshkent shahri:
1 zona
2 zona
3 zona
4 zona
5 zona
242
193
149
99
50
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
31
Andijon viloyati
39
Buxoro viloyati
32
Jizzax viloyati
32
Qashqadaryo viloyati
32
Navoiy viloyati
32
Namangan viloyati
39
Samarqand viloyati
39
Surxondaryo viloyati
29
Sirdaryo viloyati
24
Toshkent viloyati
33
Fargʻona viloyati
33
Xorazm viloyati
32
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
(2-q.)
Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarining aniq
miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari
0,5 dan 2,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qoʻllagan holda, ushbu
moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xoʻjaligiga
moʻljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga
qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;
tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari, ushbu modda ikkinchi qismining
ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga, Toshkent shahri uchun esa - ushbu
moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha boʻlgan
kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv,
mahalla, koʻcha kesimida kiritadi.
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
(3-q.)
Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri
uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31-dekabriga qadar qishloq xoʻjaligiga
moʻljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi. Yer
uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlari ushbu soliq stavkalarini besh kun ichida soliq
toʻlovchilarga maʼlumot uchun yetkazishlari kerak.
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son
Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq ikkinchi-oʻn birinchi qismlar
toʻrtinchi-oʻn uchinchi qismlar deb hisoblansin
(4-q.)
Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xoʻjaligi
ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi.
(OʻzR 30.12.2020-y.
OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
(5-q.)
Yagona ishtirokchilari nogironligi boʻlgan shaxslarning jamoat birlashmalaridan
iborat boʻlgan va xodimlar umumiy sonining kamida 50 foizini nogironligi boʻlgan shaxslar tashkil
etadigan hamda nogironligi boʻlgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash fondi mehnatga haq
toʻlash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan
egallangan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkalariga 0,25 koeffitsiyent qoʻllaniladi.
(OʻzR
29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq beshinchi-oʻn beshinchi qismlari
oltinchi-oʻn oltinchi qismlar deb hisoblansin
(6-q.)
Quyidagilar egallagan yer uchastkalari uchun soliq stavkasiga 0,4 koeffitsiyent
qoʻllaniladi:
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga
qarang)
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son
Qonuniga
muvofiq ikkinchi xatboshi chiqarib
tashlangan
yagona ishtirokchilari nogironlarning jamoat birlashmalari boʻlgan va xodimlar umumiy
sonining kamida 50 foizini nogironlar tashkil etadigan hamda nogironlarning mehnatiga haq
toʻlash fondi mehnatga haq toʻlash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik
shaxslar egallagan yerlar;
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq uchinchi-toʻqqizinchi xatboshilari
ikkinchi-sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin
elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari egallagan yerlar;
umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va
radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar,
radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat
koʻrsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, yerga ulash konturi qutilari
hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar;
umumiy foydalanishdagi temir yoʻllar, shu jumladan tuproq koʻtarmasi, sunʼiy inshootlar,
liniya-yoʻl binolari, temir yoʻl aloqasi hamda elektr taʼminoti qurilmalari, inshootlar va yoʻl
qurilmalaridan iborat temir yoʻl stansiyalari hamda saralash joylari, shuningdek belgilangan
tartibda temir yoʻl transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik
foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;
magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stansiyalari, yongʻinga
qarshi va avariyaga qarshi stansiyalar, quvurlarni katodli himoyalash stansiyalari ularni tarmoqqa
ulash uzellari bilan, quvurlarni tozalash qurilmalari hamda shunga oʻxshash inshootlar band etgan
yerlar;
samolyotlarning uchish-qoʻnish maydonlari, yerda boshqarish yoʻlkalari va toʻxtash joylari,
fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr yoritish uskunalari egallagan yerlar;
Oʻzbekiston Respublikasining rivojlantirish Davlat dasturlariga kiritilgan obyektlar qurilishi
uchun ajratilgan yerlar - qurilishning normativ muddati davrida;
konservatsiyaga qoʻyilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari qabul qilingan obyektlar egallagan yerlar - ularning konservatsiyasi davrida.
(7-q.)
Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlari belgilangan tartibda yuridik
shaxslarga ajratilgan yer uchastkalariga nisbatan qoʻllaniladi.
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son
Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
(8-q.)
Bunda ushbu modda oltinchi qismining ikkinchi - beshinchi xatboshilarida nazarda
tutilgan obyektlarga nisbatan respublikaning har bir tumani va shahari boʻyicha oʻrtacha
belgilangan soliq stavkasiga 0,4 koeffitsiyent qoʻllaniladi. Har bir tuman va shahar boʻyicha
oʻrtacha soliq stavkasi qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yer uchastkasi joylashgan joydagi
soliq organlari tomonidan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari belgilagan soliq stavkalari
asosida aniqlanadi hamda ular har yili 5-yanvarga qadar soliq toʻlovchilar eʼtiboriga yetkaziladi.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq sakkizinchi-oʻn oltinchi qismlari
toʻqqizinchi-oʻn yettinchi qismlar deb hisoblansin
(9-q.)
Yer uchastkasi mulkdorining, yer egasining, yerdan foydalanuvchining yoki
ijarachining aybi bilan qishloq xoʻjaligi yerlarining sifati yomonlashgan (bonitet bali pasaygan)
taqdirda, soliq yuridik shaxslar tomonidan yerning sifati yomonlashguniga qadar mavjud boʻlgan
bonitent balidan kelib chiqkan holda toʻlanadi.
(10-q.)
Qishloq xoʻjaligi yerlarining sifati yaxshilangan taqdirda (bonitet bali oshganda),
soliq yuridik shaxslar tomonidan tuproq bonitirovkasi oʻtkazilgan yildan keyingi yilning boshidan
yangi bonitet balidan kelib chiqqan holda, qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymati boʻyicha,
agrotexnik tadbirlar tugagan davrlarda qayta hisob-kitob qilinmasdan toʻlanadi.
(11-q.)
Shaharlar va shaharchalarning maʼmuriy chegaralarida joylashgan qishloq
xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun soliq qishloq xoʻjaligi yerlari uchun belgilangan soliq
stavkalarining ikki baravari miqdorida toʻlanadi.
(12-q.)
Qurilishi tugallanmagan obyektlar egallagan yer uchastkalari uchun, agar
qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq ikki baravar soliq stavkalari
boʻyicha toʻlanadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son
Qonuniga
muvofiq oʻn uchinchi qismi chiqarib
tashlangan
Ushbu qoida OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq
2022-yil 1-iyuldan eʼtiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tadbiq etiladi
(13-q.) Boʻsh turgan binolar, foydalanilmayotgan maydonlar, yashash uchun
moʻljallanmagan inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek, samarali
foydalanilmayotgan baliq yetishtirish (oʻstirish) uchun moʻljallangan sunʼiy suv havzalari
joylashgan yer uchastkalariga nisbatan qonunchilikda oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʻli
bilan taʼsir choralari qoʻllanilishi mumkin. Bunday yer uchastkalariga soliq imtiyozlari tatbiq
etilmaydi. (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga
qarang)
OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq oʻn toʻrtinchi-oʻn yettinchi qismlari
oʻn uchinchi-oʻn oltinchi qismlar deb hisoblansin
(13-q.)
Tugallanmagan qurilish obyektlari jumlasiga ushbu qurilish obyektiga doir loyiha-
smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar
qurilishning normativ muddati belgilanmagan boʻlsa, ushbu obyektlarning qurilishiga vakolatli
boʻlgan organning ruxsatnomasi olingan oydan eʼtiboran yigirma toʻrt oy ichida qurilishi
tugallanmagan obyektlar kiradi.
(14-q.)
Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi
hujjatlarda koʻrsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq
stavkalarining toʻrt baravari miqdorida belgilanadi.
(15-q.)
Konlar va karyerlar band etgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq
deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent, lalmi-yaylov
zonada joylashgan yerlar uchun esa - 0,05 koeffitsiyent qoʻllanilgan holda toʻlanadi.
(OʻzR
14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
(16-q.)
Lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq
deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffitsiyent qoʻllanilgan holda
toʻlanadi, bundan ushbu moddaning oʻn beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
Dostları ilə paylaş: |