magistral issiqlik trassalari, shu jumladan nasos (koʻpaytiruvchi, kamaytiruvchi,
aralashtiruvchi, drenaj) stansiyalari, issiq suv taʼminotining issiqlikni hisobga olish va nazorat
qilish asboblari, isitkichlari, sirkulyatsiya nasoslari hamda shunga oʻxshash inshootlar egallagan
yerlar;
ihota oʻrmon daraxtzorlari egallagan yerlar. Ihota oʻrmon daraxtzorlari jumlasiga
quyidagilar kiradi: oʻrmonlarning daryolar, koʻllar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari
sohillari boʻylab oʻtgan
taqiqlangan mintaqalari; oʻrmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar
uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari; eroziyadan saqlaydigan
oʻrmonlar; oʻrmonlarning temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari yoqalab oʻtgan ihota mintaqalari;
choʻl va chala choʻl zonalaridagi oʻrmonlar; shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bogʻlari; shaharlar,
boshqa aholi punktlari va sanoat markazlarining koʻkalamzorlashtirilgan zonalari atrofidagi
oʻrmonlar; suv taʼminoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish zonalaridagi oʻrmonlar;
kurort tabiiy hududlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish tegrasidagi oʻrmonlar; alohida
qimmatga ega boʻlgan oʻrmonlar; ilmiy yoki tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan oʻrmonlar;
suvni tejaydigan (tomchilatib, yomgʻirlatib, diskret va boshqa) sugʻorish texnologiyalari
joriy etilgan yerlar - suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan
eʼtiboran besh yil muddatga. Ushbu imtiyoz suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi
vakolatli organning xulosasi asosida beriladi. Agarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari
joriy etilgan oyning boshidan boshlab besh yil davomida foydalanishga yaroqsiz boʻlgan yoki
demontaj qilingan boʻlsa, soliq imtiyozi butun soliq davri uchun soliqni toʻlash boʻyicha
majburiyatlarning tiklanishi bilan bekor qilinadi;
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni
tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang)
qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yangi oʻzlashtirilayotgan yerlar - vakolatli organ
tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ularni oʻzlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular
oʻzlashtirilgan vaqtdan eʼtiboran besh yil mobaynida;
melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sugʻoriladigan yerlar - vakolatli organ
tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ishlar boshlanganidan eʼtiboran besh
yil muddatga;
yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning qator
oralaridan qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish uchun foydalanilishidan qatʼi nazar, besh yil
muddatga. Kuzda oʻtqazilgan yangi koʻchatlar uchun beriladigan soliq imtiyozi muddatini
hisoblab chiqarish keyingi yilning 1-yanvaridan eʼtiboran boshlanadi, bahorda oʻtqazilgan
koʻchatlar uchun esa joriy soliq davrining 1-yanvaridan eʼtiboran boshlanadi;
(OʻzR 05.05.2022-
y. OʻRQ-767-son Qonuni tahriridagi xatboshi)
ilmiy tashkilotlarning, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi
sohasidagi ilmiy-tadqiqot
tashkilotlari hamda oʻquv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va oʻquv-tajriba
xoʻjaliklarining bevosita ilmiy hamda oʻquv maqsadlari uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi
ahamiyatiga molik boʻlgan yerlar va oʻrmon fondining yerlari. Ushbu bandga muvofiq ilmiy
tajribalar, eksperimental ishlar, yangi navlarning seleksiyasi oʻtkazilishi uchun hamda mavzulari
tasdiqlangan boshqa ilmiy va oʻquv maqsadlari uchun foydalaniladigan ekinlar hamda daraxtzorlar
egallagan yer uchastkalari soliq toʻlashdan ozod qilinadi;
qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlarning markazlari mustasno)
antenna-machta metall konstruksiyalari, shuningdek ularga oʻrnatilgan hamda ularning ajralmas
qismi boʻlgan konstruksiyalar egallagan yer uchastkalari.
(OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son
Qonuniga muvofiq kiritilgan band)
(3-q.)
Ushbu moddada belgilangan soliq imtiyozlari belgilangan maqsadda bevosita
foydalanilmayotgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Dostları ilə paylaş: