T/r
Soliq toʻlovchilar va soliq solish obyektlari
1 kub. metr uchun soliq
stavkasi (soʻmda)
yer usti suv
resurslari
manbalari
yer osti suv
resurslari
manbalari
1.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar (bundan 2
va 3-bandlarda koʻrsatilganlari mustasno), shuningdek yakka
tartibdagi tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyati va (yoki)
daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun
moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan
jismoniy shaxslar
265
320
2.
Sanoat korxonalari
570
680
3.
Elektr stansiyalari va kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari
90
110
4.
Qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni
yetishtirish
(oʻstirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan
dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan
yerlarga ega boʻlgan jismoniy shaxslar
45
45
5.
Avtotransport vositalarini yuvish uchun ishlatilgan suv hajmi
2 410
2 410
6.
Alkogolsiz ichimliklarni hamda pivo va vinodan tashqari
alkogol mahsulotlarini
ishlab chiqarish uchun
foydalaniladigan suv hajmi
30 500
30 500
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
(2-q.)
Ushbu modda birinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan soliq stavkasi 0,7
kamaytiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda, suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanadigan,
foydalanilgan suv hajmiga qoʻllaniladi.
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq
kiritilgan qism)
OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq ikkinchi
va uchinchi qismlar
uchinchi va toʻrtinchi
qismlar deb hisoblansin
(3-q.)
Suvdan foydalanish uchun belgilangan limitlardan
ortiqcha suv olinganda,
bunday
ortiqcha qism boʻyicha soliq stavkalari belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida
belgilanadi.
(4-q.)
Suv resurslaridan ruxsat beruvchi
hujjatlarsiz foydalanilganda,
shuningdek
avtotransport vositalarini yuvishni amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan yer usti manbalaridan
olingan suvdan foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining
besh baravari
miqdorida belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: