Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

14-BOB. SOLIQ QARZINI UZISH 
TOʻGʻRISIDAGI TALABNOMA 
115-modda. Soliqlarni toʻlash boʻyicha 
majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash 
116-modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma 
117-modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomani 
yuborish tartibi va muddatlari 
118-modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi 
talabnomani oʻzgartirish 
119-modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi 
talabnomani bajarish 
115-modda. Soliqlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlarning 
bajarilishini taʼminlash 
(1-q.)
Soliq toʻlash majburiyatiga ega boʻlgan soliq toʻlovchi uni toʻlashga doir toʻlov 
topshiriqnomasini xizmat koʻrsatuvchi bankka, oʻzining bank hisobvaragʻida pul mablagʻlari bor-
yoʻqligidan qatʼi nazar, ushbu Kodeksda belgilangan toʻlov muddatidan kechiktirmasdan taqdim 
etishi shart. 
(2-q.)
Agar soliq toʻlovchida toʻlanmagan soliq qarzi mavjud boʻlsa, soliq organi unga 
soliqlarni toʻlash muddati oʻtganidan keyin uch kundan kechiktirmay soliq qarzini uzish 
toʻgʻrisida talabnoma yuboradi. 
116-modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma 


(1-q.)
Soliq toʻlovchiga uning zimmasidagi soliq qarzi summasi toʻgʻrisida, shuningdek shu 
qarz summasini belgilangan muddatda toʻlash majburiyati haqida xabar yuborish soliq qarzini 
uzish toʻgʻrisidagi talabnomadir. 
(2-q.)
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchi boʻlgan yuridik shaxsga 
yoki yakka tartibdagi tadbirkorga tadbirkorlik faoliyati boʻyicha unda ushbu Kodeksning 100-
moddasida nazarda tutilgan soliq qarzi yoki foizlar mavjud boʻlgan taqdirda yuboriladi. 
(3-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻiga doir 
soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma ushbu soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan 
guruhining masʼul ishtirokchisiga yuboriladi. 
(4-q.)
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchiga soliq haqidagi 
qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlikka tortilishidan qatʼi nazar yuboriladi. 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(5-q.)
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomada soliq boʻyicha qarz summasi, talabnoma 
yuborilayotgan paytga hisoblangan penyalar miqdori, jarimalar summasi, shuningdek soliq 
toʻlovchi talablarni bajarmagan taqdirda, soliq qarzini undirish va soliq majburiyati bajarilishini 
taʼminlash boʻyicha koʻriladigan choralar haqidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak. 
(6-q.)
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. 
(7-q.)
Ushbu bobda nazarda tutilgan qoidalar soliq agentlariga yuboriladigan talabnomalarga 
ham tatbiq etiladi. 
(8-q.)
Ushbu Kodeksning 120-moddasi sakkizinchi - oʻninchi qismlarida va 122-moddasida 
nazarda tutilgan hollarda soliq toʻlovchining soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma boshqa 
shaxslarga yuborilishi mumkin. Bunday hollarda ushbu bobda nazarda tutilgan barcha qoidalar 
mazkur shaxslarga yuborilgan soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnomalarga ham tatbiq etiladi. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin