Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


IV BOʻLIM.  SOLIQ TOʻLOVCHILARNI VA SOLIQ SOLISH



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

IV BOʻLIM. 
SOLIQ TOʻLOVCHILARNI VA SOLIQ SOLISH 
OBYEKTLARINI HISOBGA OLISH 
16-bob. Soliq toʻlovchilarni hisobga 
olish tartibi (126 - 134-moddalar) 
16-BOB. SOLIQ TOʻLOVCHILARNI HISOBGA 
OLISH TARTIBI 
126-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga olish 
toʻgʻrisida umumiy qoidalar 
127-modda. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami 
128-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish 
129-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish tartibi 
130-modda. Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan 
chet ellik shaxslarni hisobga qoʻyishning oʻziga xos xususiyatlari 
131-modda. Soliq toʻlovchilarni soliq solish 
obyekti boʻyicha hisobga qoʻyish 
132-modda. Soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlari 


133-modda. Organlar, muassasalar va tashkilotlarning soliq 
organlariga maʼlumotlar taqdim etish majburiyatlari 
134-modda. Banklarning soliq nazoratini amalga oshirish 
bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlari 
126-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga olish 
toʻgʻrisida umumiy qoidalar 
(1-q.)
Soliq nazoratini amalga oshirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar soliq 
organlarida hisobga qoʻyilishi lozim. 
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlarini hisobga qoʻyish ushbu Kodeks u 
yoki bu soliqni toʻlash majburiyatining paydo boʻlishini bogʻlaydigan holatlar mavjudligidan qatʼi 
nazar amalga oshiriladi. 
(3-q.)
Soliq organlarida hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish bepul amalga oshiriladi. 
OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son
Qonuniga 
muvofiq toʻrtinchi qism chiqarib tashlangan 
(4-q.) Soliq toʻlovchiga identifikatsiya raqami berilganligi toʻgʻrisida soliq organi 
tomonidan berilgan guvohnoma yoki soliq toʻlovchini davlat roʻyxatidan oʻtkazish chogʻida u bir 
vaqtning oʻzida soliq organlarida va davlat statistika organlarida hisobga qoʻyilgan taqdirda - 
davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma soliq toʻlovchining hisobga 
qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. 
OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son Qonuniga muvofiq beshinchi, oltinchi va yettinchi 
qismlari tegishincha toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin 
(4-q.)
Jismoniy shaxslarni soliq organlarida soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish ularga 
vakolatli organ tomonidan identifikatsiyalovchi ID-kartalarni yoki jismoniy shaxsning shaxsiy 
identifikatsiya raqamini berish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Bunda soliq toʻlovchi hisobga 
qoʻyilganligini tasdiqlovchi alohida hujjat berilmaydi. 
(OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son 
Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
(5-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsini davlat roʻyxatidan oʻtkazish chogʻida 
u bir vaqtning oʻzida soliq organlarida va davlat statistika organlarida hisobga qoʻyilgan holda 
berilgan davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma soliq toʻlovchining hisobga 
qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjatdir. 
(OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son Qonuniga muvofiq 
kiritilgan qism) 
(6-q.)
Chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan chet el yuridik shaxslariga 
(shu jumladan kompaniyalar va boshqa korporativ tuzilmalarga) berilgan soliq toʻlovchining 
identifikatsiya raqami toʻgʻrisidagi guvohnoma soliq toʻlovchining roʻyxatdan oʻtkazilganligini 
tasdiqlovchi hujjatdir. 
(OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son Qonuniga muvofiq toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi 
qismlari yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin 
(7-q.)
Soliq toʻlovchilarni hisobga olish maʼlumotlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reestrini yuritadi. 


(8-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reestrida mavjud boʻlgan 
maʼlumotlarning tarkibi hamda reestrni yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. 
(9-q.)
Soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar ushbu Kodeksning 29-moddasida 
boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq organida hisobga qoʻyilgan paytdan boshlab 
soliq siridir. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin