(3-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul
ishtirokchisida ushbu
Kodeksning 122-moddasiga muvofiq undiruvga qaratilmagan naqd pul mablagʻlari va banklardagi
pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan yoki umuman boʻlmagan
taqdirda,
soliqni undirish mazkur
guruhning boshqa aʼzolaridan ularning naqd pul mablagʻlari hamda banklardagi pul mablagʻlari
hisobidan amalga oshiriladi.
(4-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarida ushbu
Kodeksning 122-moddasiga muvofiq undiruvga qaratilmagan naqd pul mablagʻlari va banklardagi
pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan yoki umuman boʻlmagan taqdirda, soliqni undirish mazkur
guruh masʼul ishtirokchisining boshqa mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi. Bunday undiruv
ushbu Kodeks 123-moddasi toʻrtinchi qismining 2-6-bandlarida
belgilangan ketma-ketlikda
amalga oshiriladi.
(5-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul ishtirokchisining mol-mulki
yetarli boʻlmagan taqdirda, soliqni undirish ushbu Kodeks 123-moddasi toʻrtinchi qismining 2-6-
bandlarida belgilangan ketma-ketlikda mazkur guruh oʻzga ishtirokchilarining boshqa mol-mulki
hisobidan amalga oshiriladi.
(6-q.)
Soliq organi soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi mavjud axborot asosida boshqa mol-mulki
hisobidan soliq qarzini undirish amalga oshiriladigan soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan
guruhi ishtirokchilarining tarkibini hamda avvalgi ishtirokchilarning mol-mulki yetarli boʻlmagan
taqdirda mazkur ishtirokchilardan undiruv qanday ketma-ketlikda amalga oshirilishini mustaqil
tarzda belgilaydi.
(7-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining soliq
qarzini boshqa mol-mulk
hisobidan undirish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan ishtirokchilariga nisbatan soliq toʻlovchilar uchun
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquq va kafolatlar tatbiq etiladi.
Dostları ilə paylaş: