(3-q.)
Bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan soliq qarzini undirish birinchi
navbatda soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul ishtirokchisining pul mablagʻlari
hisobidan amalga oshiriladi.
(4-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul
ishtirokchisining bank
hisobvaraqlarida soliq qarzining butun summasini undirish uchun pul mablagʻlari yetarli boʻlmasa
yoki umuman boʻlmasa, undirilmay qolgan summani undirish ushbu konsolidatsiyalashgan guruh
qolgan ishtirokchilarining banklardagi pul mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(5-q.)
Soliq organi soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi oʻzida mavjud boʻlgan axborot asosida
soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining bank hisobvaraqlaridagi pul
mablagʻlari hisobiga undirish
amalga oshiriladigan tarkibini, shuningdek oldingi
ishtirokchilarning bankdagi hisobvaraqlarida pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda, ushbu
ishtirokchilardan bunday undirishning ketma-ketligini mustaqil ravishda belgilaydi.
(6-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining
soliq qarzi ushbu
konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilaridan biri tomonidan uzilgan,
shu jumladan qisman
uzilgan taqdirda, koʻrsatilgan soliq qarzini undirish tartib-taomili
ushbu ishtirokchi tomonidan
uzilgan qismi boʻyicha tugatiladi.
(7-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining oʻziga nisbatan undiruv
toʻgʻrisida qaror chiqarilgan ishtirokchilariga soliq toʻlovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda
tutilgan huquqlar va kafolatlar tatbiq etiladi.
Dostları ilə paylaş: