2) maxsus ruxsat beruvchi hujjatlarning yoki litsenziyalarning (ular mavjud boʻlgan
taqdirda);
3) Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs nomidan Oʻzbekiston
Respublikasida harakatlarni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi ishonchnomaning yoki boshqa
hujjatning (ular mavjud boʻlgan taqdirda);
4) ijro etilishi doimiy muassasa tashkil etilishiga olib keladigan shartnomaning (mavjud
boʻlgan taqdirda).
(2-q.)
Agar Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs bir yuz sakson
uch kalendar kundan ortiq muddatga shartnoma tuzgan boʻlsa, soliq toʻlovchi
sifatida hisobga
qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar mazkur
faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga
taqdim etiladi.
(3-q.)
Agar Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxs oʻz
faoliyatining umumiy muddati bir yuz sakson uch kalendar kundan ortiq muddatni tashkil etadigan
bir nechta shartnomalar tuzgan boʻlsa, soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza
va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlar faoliyatni amalga oshirish
boshlangan yoki qaysi shartnomaga muvofiq faoliyatning umumiy muddati bir yuz sakson uch
kalendar kundan oshadigan boʻlsa, oʻsha shartnoma tuzilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz
kalendar
kundan kechiktirmay soliq organiga taqdim etiladi.
(4-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti bilan tuzilgan oddiy shirkatning
(birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaning) ishtirokchisi boʻlgan, faoliyati doimiy
muassasa tashkil etilishiga olib keladigan Oʻzbekiston Respublikasining
norezidenti soliq
toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish uchun oʻz faoliyatini amalga oshirish boshlangan sanadan
eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaning ishtirokchisi
boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti joylashgan (yashaydigan, turgan) yeridagi
soliq organiga hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani quyidagi hujjatlarning notarial tarzda
tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etishi shart:
1) birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi
shartnomani;
2) Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan jismoniy shaxsning shaxsini
tasdiqlovchi hujjatni yoki Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan yuridik shaxsning oʻz
mamlakatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi raqamini
koʻrsatgan holda, tasdiqlovchi hujjatni (yoki uning oʻrniga oʻtadigan hujjatni).
(5-q.)
Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan
daromadlar oladigan, ushbu Kodeks
qoidalariga muvofiq toʻlash manbasida soliq solinishi lozim boʻlmagan chet ellik fuqarolar va
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan oʻttiz kalendar kun
davomida turgan (yashaydigan) joyidagi soliq organiga hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi
arizani
quyidagi hujjatlarning koʻchirma nusxalarini ilova qilgan holda taqdim etishi shart:
1) chet ellik fuqaroning yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi
hujjatlarni;
2) fuqarolik (rezidentlik) mamlakatida soliq roʻyxatiga olinganligini tasdiqlovchi hujjatni,
bunday hujjat mavjud boʻlgan taqdirda;
3) Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromad
summasini tasdiqlovchi
hujjatni, bunday hujjat mavjud boʻlgan taqdirda.
(6-q.)
Oʻzbekiston Respublikasida mol-mulk soligʻi yoki yer soligʻi solish obyekti boʻlgan
mol-mulkni oluvchi chet ellik fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar soliq toʻlovchi sifatida
roʻyxatdan oʻtish uchun bunday mol-mulk yoki yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organiga
hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizani quyidagi hujjatlarning koʻchirma nusxalarini ilova qilgan
holda taqdim etishi shart:
1) chet ellik fuqaroning yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi
hujjatlarni;
2) fuqarolik (rezidentlik) mamlakatida soliq roʻyxatiga olinganligini tasdiqlovchi hujjatlarni,
bunday hujjat mavjud boʻlgan taqdirda.
Dostları ilə paylaş: