Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

140-modda. Soliq auditi 
(1-q.)
Muayyan davr uchun soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlashning 
toʻgʻriligini tekshirish soliq auditidir. 
(2-q.)
Soliq auditi soliq toʻlovchilarning (soliq agentlarining) yuqori darajadagi 
tavakkalchilik toifasiga mansub soliq toʻlovchiga (soliq agentiga) nisbatan oʻtkaziladi.
(3-q.)
Soliq organlari soliq auditi oʻtkazilishi boshlanishidan kamida oʻttiz kalendar kun 
oldin soliq toʻlovchiga soliq auditi oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi. 
(4-q.)
Xabarnomada soliq auditining boshlanish sanasi, tekshirilishi lozim boʻlgan 
masalalarning roʻyxati, zarur hujjatlarning dastlabki roʻyxati, shuningdek soliq auditini oʻtkazish 
uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi. 
(5-q.)
Agar soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash belgilari mavjud boʻlsa, soliq organi 
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda soliq toʻlovchini oldindan 
xabardor etmasdan soliq auditini boshlashga haqlidir. 
(6-q.)
Yirik soliq toʻlovchilar toifasiga mansub boʻlgan soliq toʻlovchilarning soliq auditi 
Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan inspeksiya 
boshligʻining (inspeksiya boshligʻi oʻrinbosarining) buyrugʻi asosida amalga oshiriladi. 
(7-q.)
Soliq auditida ishtirok etish uchun boshqa soliq organlarining mansabdor shaxslari 
jalb etilishi mumkin. 


(8-q.)
Soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) soliq auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi 
buyrugʻida tekshiriladigan soliq toʻlovchining nomi va identifikatsiya raqami, tekshiruvchi 
shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, soliq auditini oʻtkazish muddatlari 
va maqsadi koʻrsatiladi. 
(9-q.)
Soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) soliq auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi 
buyrugʻi bilan uni oʻtkazish dasturi ham tasdiqlanadi. 
(10-q.)
Ushbu Kodeksning 143-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq 
auditi faqat ushbu Kodeksning 88-moddasida belgilangan daʼvo qilish muddati oʻtmagan oxirgi 
soliq auditidan keyingi davrni qamrab olishi mumkin. 
(11-q.)
Soliq toʻlovchi ixtiyoriy ravishda tugatilayotganda soliq auditi, soliq toʻlovchining 
bevosita soliq auditi oʻtkazilayotgan yildan oldingi uch yildan koʻp boʻlmagan faoliyatini qamrab 
olishi mumkin.
(12-q.)
Soliq auditi oʻtkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq hisobotiga soliq 
toʻlovchi tomonidan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 
(13-q.)
Soliq auditi oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi 
qism) (Oldingi tahririga qarang) 
Qarang: VMning 2021 yil 7-yanvardagi 1-son Qarori bilan tasdiqlangan "Soliq tekshiruvlarini 
tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizomning 6-bobi 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin