Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq nazorati doirasida harakatlarni



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

154-modda. Soliq nazorati doirasida harakatlarni 
amalga oshirish chogʻidagi bayonnomaga 
qoʻyiladigan umumiy talablar 
(1-q.)
Soliq nazorati harakatlarini oʻtkazish chogʻida bayonnoma tuziladi. Bayonnomada 
quyidagilar koʻrsatiladi: 
1) tekshirish oʻtkazishning asoslari, turi va davri; 
2) amalga oshiriladigan aniq harakatning joyi va sanasi; 
3) harakatning boshlanish va tugash vaqti; 
4) bayonnomani tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; 
5) harakatda ishtirok etgan yoki uni oʻtkazishda hozir boʻlgan har bir shaxsning familiyasi, 
ismi, otasining ismi, zarur boʻlgan hollarda esa - uning manzili; 
6) harakatning mazmuni, uni amalga oshirish ketma-ketligi; 
7) harakatni bajarish chogʻida aniqlangan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan faktlar va 
holatlar. 
(2-q.)
Bayonnoma harakatlarni amalga oshirishda ishtirok etgan yoki uni oʻtkazishda hozir 
boʻlgan barcha shaxslar tomonidan oʻqib chiqiladi. Mazkur shaxslar bayonnomaga kiritilishi yoki 
materiallarga qoʻshib qoʻyilishi lozim boʻlgan fikr-mulohazalarini bildirishga haqli. 
(3-q.)
Bayonnoma soliq organining uni tuzgan mansabdor shaxsi, shuningdek harakatni 
amalga oshirishda ishtirok etgan yoki uni oʻtkazishda hozir boʻlgan barcha shaxslar tomonidan 
imzolanadi. 
(4-q.)
Bayonnomaga fotosuratlar, videoyozuvlar va harakatni amalga oshirish chogʻida 
bajarilgan boshqa materiallar ilova qilinadi. 
155-modda. Soliq tekshiruvini oʻtkazish chogʻida 
gʻayriqonuniy harakatlar orqali zarar 
yetkazilishiga yoʻl qoʻymaslik 


(1-q.)
Soliq tekshiruvini oʻtkazish chogʻida tekshirilayotgan shaxslarga yoki ularning 
egaligida, foydalanishida yoxud tasarrufida boʻlgan mol-mulkka gʻayriqonuniy harakatlar orqali 
zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 
(2-q.)
Soliq tekshiruvini oʻtkazish chogʻida soliq organlarining gʻayriqonuniy qarorlari yoki 
ular mansabdor shaxslarining harakatlari orqali yetkazilgan zararning oʻrni toʻliq hajmda 
qoplanishi lozim. 
(3-q.)
Soliq organlarining gʻayriqonuniy qarorlari orqali tekshirilayotgan shaxslarga 
yetkazilgan zarar uchun ularning mansabdor shaxslari qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgar 
boʻladi. 
(4-q.)
Soliq organlari mansabdor shaxslarining qonuniy harakatlari orqali tekshirilayotgan 
shaxslarga yoki ularning vakillariga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanmaydi, bundan 
qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni 
tahriridagi qism) 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin