(1-q.)
Soliq auditi natijalariga koʻra soliq organlarining ushbu tekshiruvni oʻtkazgan
vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan soliq auditi dalolatnomasi tuzilishi kerak.
(2-q.)
Soliq auditi dalolatnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
1) soliq auditi dalolatnomasini tuzish sanasi - ushbu tekshiruvni oʻtkazgan
shaxslar
tomonidan dalolatnoma imzolangan sana;
2) tekshirilayotgan shaxsning toʻliq va qisqartirilgan nomi yoki familiyasi, ismi, otasining
ismi. Yuridik shaxs uning alohida boʻlinmasi joylashgan yerda tekshirilgan taqdirda yuridik
shaxsning nomidan tashqari tekshirilayotgan alohida boʻlinmaning toʻliq va qisqartirilgan nomi
hamda uning joylashgan yeri koʻrsatiladi;
3) oʻzlari vakili boʻlgan soliq organining nomi koʻrsatilgan holda soliq auditini oʻtkazgan
shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi,
ularning lavozimlari;
4) soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) soliq auditi oʻtkazish toʻgʻrisidagi
buyrugʻi sanasi va raqami;
5) soliq auditi davomida tekshirilayotgan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati;
6) soliq auditi oʻtkazilgan davr;
7) soliq auditi qaysi soliqqa nisbatan oʻtkazilgan boʻlsa, oʻsha soliqning nomi;
8) soliq auditi boshlangan va tugagan sana;
9) yuridik shaxs joylashgan yerning yoki jismoniy shaxs yashash joyining manzili;
10) soliq auditini amalga oshirish chogʻida oʻtkazilgan soliq nazorati tadbirlari toʻgʻrisidagi
maʼlumotlar;
11) soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning tegishli normasiga havola qilgan holda soliqqa oid
huquqbuzarlikning (u mavjud boʻlgan taqdirda) batafsil tavsifi;
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-
son Qonuni tahriridagi band)
12) soliq auditi natijalari boʻyicha xulosalar va takliflar.
(3-q.)
Agar oʻtkazilgan soliq auditi natijalariga koʻra soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning
buzilishlari aniqlanmagan boʻlsa, bu haqda soliq auditi dalolatnomasida qayd etiladi.
(OʻzR
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(4-q.)
Soliq auditi dalolatnomasiga tekshiruv davomida aniqlangan soliq toʻgʻrisidagi
qonunchilikning buzilishlari faktlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
(OʻzR 21.04.2021-y.
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(5-q.)
Soliq auditi dalolatnomasi shaklini va uni tuzishga doir talablarni Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilaydi.
(6-q.)
Soliq auditi dalolatnomasi kamida uch nusxada tuziladi.
(7-q.)
Soliq auditi dalolatnomasining barcha nusxalari soliq
organining soliq auditini
oʻtkazgan mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi. Soliq auditi dalolatnomasining bir nusxasi
soliq toʻlovchiga tekshiruv tugaganidan keyin uch kun ichida topshiriladi. Soliq toʻlovchi
dalolatnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani koʻrsatgan holda soliq auditi dalolatnomasini
olganligiga imzo qoʻyishi shart. Soliq auditi dalolatnomasining soliq organida qolgan nusxalari
soliq auditi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
(8-q.)
Soliq toʻlovchining soliq auditi dalolatnomasidagi imzosi uning soliq auditi
natijalariga roziligini bildirmaydi.
(9-q.)
Soliq toʻlovchi (uning vakili) soliq auditi dalolatnomasini olishdan bosh tortgan
taqdirda, soliq organining mansabdor shaxsi bu haqda soliq auditi dalolatnomasiga tegishli yozuv
kiritadi. Bunday holda soliq auditi dalolatnomasining bir nusxasi soliq toʻlovchiga yuridik shaxs
(alohida boʻlinma) joylashgan yer boʻyicha yoki jismoniy shaxsning yashash joyi boʻyicha pochta
orqali buyurtma xat bilan yuboriladi.
(10-q.)
Soliq auditi dalolatnomasi pochta orqali buyurtma xat
bilan yuborilgan taqdirda
buyurtma xat yuborilgan sanadan boshlab hisoblaganda beshinchi kun ushbu dalolatnoma
topshirilgan sana deb hisoblanadi.
(11-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga
oshirmaydigan chet el yuridik shaxsiga (bundan xalqaro tashkilot yoki diplomatik vakolatxona
mustasno) soliq auditi dalolatnomasi pochta orqali Oʻzbekiston Respublikasi soliq
toʻlovchilarining yagona reestridagi manzil boʻyicha buyurtma xat bilan yuboriladi. Buyurtma xat
yuborilgan sanadan boshlab hisoblaganda yigirmanchi kun ushbu dalolatnoma topshirilgan sana
deb hisoblanadi.
(12-q.)
Oʻziga nisbatan soliq auditi oʻtkazilgan shaxs (uning vakili) soliq tekshiruvi
dalolatnomasida bayon etilgan faktlarga va (yoki) tekshiruvchilarning xulosalari hamda
takliflariga rozi boʻlmagan taqdirda, soliq auditi dalolatnomasini olgan kundan eʼtiboran oʻn kun
ichida tegishli soliq organiga mazkur dalolatnoma boʻyicha umuman yoki uning ayrim holatlari
yuzasidan yozma eʼtirozlarini taqdim etishga haqli.
(13-q.)
Soliq toʻlovchi oʻz eʼtirozlarining asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning
tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini) yozma eʼtirozlarga ilova qilishga yoki kelishilgan muddatda
soliq organiga topshirishga haqli.
Dostları ilə paylaş: