(2-q.)
Shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish
toʻgʻrisidagi qarorda sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik
holatlari mazkur holatlarni
tasdiqlovchi hujjatlar va boshqa maʼlumotlarga, oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxs
tomonidan oʻz himoyasi uchun keltiriladigan vajlarga hamda ushbu vajlarni tekshirish natijalariga
havola
qilgan holda, oʻtkazilgan soliq tekshiruvida qanday belgilangan boʻlsa, shunday bayon
etiladi.
(3-q.)
Shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortish
toʻgʻrisidagi qarorda ushbu Kodeksning shu huquqbuzarliklarni nazarda
tutuvchi moddalari va
qoʻllaniladigan javobgarlik choralari koʻrsatiladi.
(4-q.)
Soliqlarni qoʻshib hisoblashni nazarda tutuvchi qarorda, agar soliqlarga oid qarzdorlik
tekshiruv jarayonida aniqlangan boʻlsa, soliqlarga oid aniqlangan ushbu qarzdorlik miqdori va
tegishli penyalar summasi koʻrsatiladi.
(5-q.)
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka
tortishni rad etishni
nazarda tutuvchi qarorda bunday rad etish uchun asos boʻlgan holatlar bayon etiladi.
(6-q.)
Soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha qarorda oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs
ushbu qaror ustidan qaysi muddat ichida shikoyat qilishga haqli boʻlsa, oʻsha
muddat va qaror
ustidan yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilish tartibi koʻrsatiladi.
(7-q.)
Agar soliq auditi jarayonida soliq organining qarori asosida ortiqcha qaytarilgan soliq
summasi aniqlangan boʻlsa, soliqlar summalarini qoʻshib hisoblash toʻgʻrisidagi qarorda mazkur
summa ushbu soliq boʻyicha soliq qarzi deb eʼtirof etiladi. Ushbu soliq summasi soliq toʻlovchiga
qaytarilgan taqdirda, u mablagʻlarni haqiqatda olgan kundan eʼtiboran,
soliq summasi hisobga
oʻtkazishga qabul qilingan taqdirda esa - ushbu soliq summasi hisobga olishga qabul qilingan
kundan eʼtiboran ushbu summa soliq qarzi deb eʼtirof etiladi.
(8-q.)
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha
qaror qabul
qilinganidan keyin soliq organining rahbari (rahbari oʻrinbosari) ushbu Kodeksning 161-
moddasida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda ushbu qarorning ijrosi uchun taʼminlash
choralarini koʻrishga haqli.
Dostları ilə paylaş: