oʻtkazishga (garovga qoʻyishga) doir taqiq qoʻllaniladi. Bunda mol-mulkning qiymati
buxgalteriya hisobi maʼlumotlari boʻyicha belgilanadi.
(9-q.)
Bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish boʻyicha taʼminlash
choralari tartibida faqat mol-mulkni boshqa shaxs ixtiyoriga oʻtkazishga (garovga qoʻyishga) doir
taqiq qoʻyilganidan keyin va faqat agar bunday mol-mulkning jami qiymati soliq qarzining
umumiy summasidan kam boʻlsa, qoʻllanilishi mumkin.
(10-q.)
Bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish soliq tekshiruvi
natijalari boʻyicha qarorda koʻrsatilgan soliq qarzining umumiy summasi bilan boshqa shaxs
ixtiyoriga oʻtkazish (garovga qoʻyish) mumkin boʻlmagan mol-mulk qiymati oʻrtasidagi farqqa
nisbatan yoʻl qoʻyiladi.
(11-q.)
Oʻziga nisbatan taʼminlash choralarini koʻrish toʻgʻrisida qaror chiqarilgan
shaxsning iltimosiga koʻra soliq organi ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan
taʼminlash choralarini:
1) bankning javobgarlikka tortish va (yoki) soliqlarni qoʻshib hisoblash toʻgʻrisidagi qarorda
koʻrsatilgan soliq qarzi summasini oʻziga nisbatan shunday qaror chiqarilgan shaxs ushbu
summalarni toʻlamagan taqdirda soliq organi tomonidan belgilangan muddatda toʻlashga roziligini
tasdiqlovchi bank kafolatiga;
2) qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlarni
garovga qoʻyishga yoki ushbu Kodeksning 107-moddasida nazarda tutilgan tartibda
rasmiylashtirilgan boshqa mol-mulkni garovga qoʻyishga;
3) ushbu Kodeksning 108-moddasida nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtirilgan uchinchi
shaxsning kafilligiga almashtirishga haqlidir.
(12-q.)
Soliq toʻlovchi tomonidan soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi natijalari
boʻyicha qaror asosida budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan summaga doir amaldagi bank kafolati
taqdim etilgan taqdirda, soliq organi bu soliq toʻlovchiga ushbu moddaning oltinchi qismida
nazarda tutilgan taʼminlash choralarini almashtirishni rad etishga haqli emas.
(13-q.)
Taʼminlash choralarini koʻrish toʻgʻrisidagi qarorning va ularni bekor qilish haqidagi
qarorning koʻchirma nusxalari ular chiqarilgan kundan eʼtiboran besh kun ichida oʻziga nisbatan
mazkur qarorlar chiqarilgan shaxsga (uning vakiliga) imzo qoʻydirib beriladi yoki olingan sana
toʻgʻrisida dalolat beruvchi boshqa usulda topshiriladi. Qarorning koʻchirma nusxasi pochta orqali
buyurtma xat bilan yuborilganda ushbu nusxa buyurtma xat yuborilgan sanadan eʼtiboran besh
kun oʻtgach olingan deb hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: