Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

158-modda. Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi 
materiallarini koʻrib chiqish tartibi 
(1-q.)
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari qaysi soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi 
davomida aniqlangan boʻlsa, oʻsha soliq auditi dalolatnomasi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi 
materiallari soliq tekshiruvini oʻtkazgan soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan 
ushbu soliq tekshiruvi dalolatnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran oʻn kun oʻtgach, lekin oʻn besh 
kundan kechirtirmay koʻrib chiqilishi kerak. Ularga doir qaror soliq tekshiruvi materiallari koʻrib 
chiqilganidan keyin besh kundan kechiktirmay qabul qilinishi lozim. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-
683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(2-q.)
Agar tekshirilayotgan shaxs (uning vakili) soliq auditining dalolatnomasiga va (yoki) 
sayyor soliq tekshiruvining materiallariga doir yozma eʼtirozlarini ushbu Kodeksning 156-
moddasi oʻn ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda taqdim etgan boʻlsa, ushbu eʼtirozlar 
ham koʻrib chiqilishi lozim. 
(3-q.)
Soliq organi tekshiruv materiallari koʻrib chiqiladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida 
soliq toʻlovchini koʻrib chiqish boshlanguniga qadar kamida ikki ish kuni oldin xabardor qiladi. 
(4-q.)
Agar soliq toʻlovchi soliq organini uzrli sabablarga koʻra soliq tekshiruvi 
materiallarining koʻrib chiqilishiga kela olmasligi toʻgʻrisida xabardor qilgan boʻlsa, soliq 
organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) soliq tekshiruvi materiallarining koʻrib chiqishni kamida 
besh kun muddatga qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, soliq toʻlovchi bu haqda xabardor 
qilinadi. 
(5-q.)
Oʻziga nisbatan soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilgan shaxs soliq 
tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish jarayonida shaxsan va (yoki) oʻz vakili orqali ishtirok 
etishga haqli. 
(6-q.)
Oʻziga nisbatan soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilgan, tekshiruv 
materiallari koʻrib chiqiladigan vaqt va joy haqida tegishli tarzda xabardor qilingan shaxsning 
(uning vakilining) kelmaganligi soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish uchun toʻsqinlik 
qilmaydi, bundan ushbu shaxsning ishtirok etishi soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) 
tomonidan mazkur materiallar koʻrib chiqilishi uchun shart deb topilgan holatlar mustasno. 
(7-q.)
Soliq tekshiruvi materiallarini mohiyatiga koʻra koʻrib chiqishdan oldin soliq 
organining rahbari (rahbar oʻrinbosari): 
1) ishni kim koʻrib chiqayotganligini va qaysi soliq tekshiruvi materiallari koʻrib chiqilishi 
lozimligini eʼlon qilishi; 
2) koʻrib chiqishda ishtirok etish uchun taklif etilgan shaxslarning kelgan-kelmaganligi 
faktini aniqlashi shart. 
Ushbu shaxslar kelmagan taqdirda soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) ish yuritish 
ishtirokchilari belgilangan tartibda xabardor qilingan-qilinmaganligini aniqlashtiradi va soliq 
tekshiruvi materiallarini mazkur shaxslarning yoʻqligida koʻrib chiqish yoki ushbu koʻrib 
chiqishni keyinga qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi; 
3) oʻziga nisbatan soliq tekshiruvi oʻtkazilgan shaxsning vakili ishtirok etgan taqdirda ushbu 
vakilning vakolatlarini tekshirishi; 


4) koʻrib chiqish tartib-taomilida ishtirok etayotgan shaxslarga ularning huquqlari va 
majburiyatlarini tushuntirishi; 
5) koʻrib chiqish uchun ishtirok etishi zarur boʻlgan shaxs kelmagan taqdirda, soliq 
tekshiruvi materiallarining koʻrib chiqilishini keyinga qoldirish toʻgʻrisida qaror chiqarishi kerak. 
(8-q.)
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish chogʻida 
tekshiruv dalolatnomasi, zarur boʻlgan taqdirda esa soliq nazorati tadbirlarining boshqa 
materiallari, shuningdek oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxsning yozma eʼtirozlari ham 
oʻqib eshittirilishi mumkin. 
(9-q.)
Yozma eʼtirozlarning mavjud emasligi ushbu shaxsni (uning vakilini) tekshiruv 
materiallarini koʻrib chiqish bosqichida oʻz tushuntirishlarini berish huquqidan mahrum etmaydi. 
(10-q.)
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish vaqtida 
taqdim etilgan dalillar, shu jumladan oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxsdan ilgari talab 
qilib olingan hujjatlar, ushbu shaxs soliq tekshiruvlaridan oʻtkazilganda soliq organlariga taqdim 
etilgan hujjatlar hamda soliq organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar oʻrganiladi. 
(11-q.)
Ushbu Kodeks talablari buzilgan holda olingan dalillardan foydalanishga yoʻl 
qoʻyilmaydi. 
(12-q.)
Soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisidagi qoʻshimcha maʼlumotlar (axborot), agar 
ular ushbu Kodeksda belgilangan muddatlar buzilgan holda soliq organiga taqdim etilgan boʻlsa 
ham koʻrib chiqilishi mumkin. 
(13-q.)
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish davomida 
zarur boʻlgan taqdirda ushbu koʻrib chiqishda ishtirok etish uchun guvohni, ekspertni, 
mutaxassisni jalb etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin. 
(14-q.)
Soliq tekshiruvi materiallari koʻrib chiqilayotganda bayonnoma yuritiladi. 
(15-q.)
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish jarayonida 
soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari): 
1) oʻziga nisbatan tekshiruv dalolatnomasi tuzilgan shaxs soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik 
buzilishini sodir etgan-etmaganligini; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi 
band) 
2) aniqlangan qoidabuzarliklar soliqqa oid huquqbuzarlik alomatini tashkil etish-etmasligini; 
3) shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishga asoslar 
mavjud-mavjud emasligini; 
4) soliq toʻlovchining eʼtirozlari asoslanganligini belgilaydi. 
(16-q.)
Soliqqa oid huquqbuzarlik alomati mavjud boʻlgan taqdirda soliq organining rahbari 
(rahbar oʻrinbosari) shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etishdagi aybini istisno etuvchi 
holatlarni yoki soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikni yumshatuvchi yoxud 
ogʻirlashtiruvchi holatlarni aniqlaydi. 
(17-q.)
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari sodir etilganligi faktini tasdiqlash uchun 
qoʻshimcha dalillar olish zarur boʻlgan taqdirda yoki ular boʻlmaganda soliq organining rahbari 
(rahbar oʻrinbosari) soliq nazoratining qoʻshimcha tadbirlarini bir oydan oshiq boʻlmagan 
muddatda oʻtkazish toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqlidir. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son 
Qonuni tahriridagi qism) 


(18-q.)
Soliq nazoratining qoʻshimcha tadbirlarini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda bunday 
qoʻshimcha tadbirlarni oʻtkazish zaruratini keltirib chiqargan holatlar bayon etiladi, ularni 
oʻtkazish muddati va aniq shakli koʻrsatiladi. 
(19-q.)
Soliq nazoratining qoʻshimcha tadbirlari sifatida ushbu Kodeksning 146 va 147-
moddalariga muvofiq hujjatlarni talab qilib olish, guvohni soʻroq qilish, ekspertiza amalga 
oshirilishi mumkin. 
(20-q.)
Soliq nazorati qoʻshimcha tadbirlarining boshlanishi va tugashi, soliq nazoratining 
oʻtkazilgan qoʻshimcha tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek soliq toʻgʻrisidagi 
qonunchilik buzilishlari sodir etilganligi yoki ularning mavjud emasligi faktini tasdiqlash uchun 
olingan qoʻshimcha dalillar, tekshiruvchilarning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etishga 
doir xulosalari va takliflari hamda ushbu Kodeksning moddalariga oid havolalar, agar ushbu 
Kodeksda soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning ushbu buzilishlari uchun javobgarlik nazarda 
tutilgan boʻlsa, soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimchada 
qayd etiladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(21-q.)
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimcha soliq 
nazoratining qoʻshimcha tadbirlarini oʻtkazgan soliq organining mansabdor shaxslari tomonidan 
bunday tadbirlar tugagan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida tuzilishi va imzolanishi kerak. 
(22-q.)
Soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimcha soliq 
nazoratining qoʻshimcha tadbirlari natijasida olingan materiallar ilova qilingan holda ushbu 
qoʻshimcha tuzilgan sanadan eʼtiboran uch kun ichida oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan 
shaxsga (uning vakiliga) imzo qoʻydirib berilishi yoki u olingan sana toʻgʻrisida dalolat beruvchi 
boshqa usulda topshirilishi kerak. 
(23-q.)
Agar oʻziga nisbatan tekshiruv oʻtkazilgan shaxs (uning vakili) soliq auditi va (yoki) 
sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimchani olishdan bosh tortsa, bunday fakt 
tekshiruv dalolatnomasiga doir qoʻshimchada aks ettiriladi. Bunday holda soliq tekshiruvi 
dalolatnomasiga doir qoʻshimcha tashkilotning (alohida boʻlinmaning) joylashgan yeri yoki 
jismoniy shaxsning yashash joyi boʻyicha pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi va buyurtma 
xat yuborilgan sanadan eʼtiboran beshinchi kunda qabul qilingan deb hisoblanadi. 
(24-q.)
Oʻziga nisbatan soliq auditi va (yoki) sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilgan shaxs (uning 
vakili) soliq tekshiruvi dalolatnomasiga doir qoʻshimcha olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida 
tekshiruv dalolatnomasiga doir bunday qoʻshimcha boʻyicha umuman yoki uning alohida qoidalari 
yuzasidan yozma eʼtirozlarini taqdim etishga haqli. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin