Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

149-modda. Guvohning ishtiroki 


(1-q.)
Soliq nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga ega biror-bir holatlar oʻziga 
maʼlum boʻlgan har qanday voyaga yetgan jismoniy shaxs koʻrsatmalar berish uchun guvoh 
sifatida chaqirilishi mumkin. 
(2-q.)
Guvohning koʻrsatmalari bayonnomaga kiritiladi. 
(3-q.)
Guvoh sifatida quyidagi shaxslar jalb etilishi mumkin emas: 
oʻzining jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari sababli soliq nazoratini amalga oshirish uchun 
ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni toʻgʻri idrok etishga qodir boʻlmagan shaxslar; 
oʻz kasbiy majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan soliq nazoratini oʻtkazish uchun zarur 
boʻlgan va ushbu shaxslarning kasbiy siriga taalluqli boʻlgan axborotni olgan shaxslar. Chunonchi, 
bunday shaxslar jumlasiga - advokat, auditor, soliq maslahatchisi kiradi. 
(4-q.)
Guvohning koʻrsatmalari, agar u kasalligi, keksaligi, nogironligi tufayli soliq organiga 
kela olmasa, u turgan joyda olinishi mumkin. 
(5-q.)
Koʻrsatmalar olishdan avval soliq organining mansabdor shaxsi guvohni koʻrsatmalar 
berishni rad etganlik yoki bundan bosh tortganlik yoxud bila turib yolgʻon koʻrsatmalar berganlik 
uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiradi, bu haqda bayonnomaga guvohning imzosi bilan 
tasdiqlanadigan belgi kiritiladi. 
(6-q.)
Soliq organiga guvoh sifatida chaqirilgan xodimlar uchun soliq organiga kelganligi 
sababli ishda boʻlmagan vaqt uchun asosiy ish joyidagi oylik ish haqi saqlanib qoladi. 
150-modda. Ekspertiza 
(1-q.)
Zarur boʻlgan hollarda, soliq nazoratini amalga oshirishga doir aniq harakatlarni 
oʻtkazishda ishtirok etish uchun ekspert jalb etilishi mumkin. 
(2-q.)
Shaxsni ekspert sifatida jalb etish soliq organi va ekspert oʻrtasidagi shartnoma asosida 
amalga oshiriladi. 
(3-q.)
Agar yuzaga keladigan masalalarni tushuntirish uchun ilm-fan, sanʼat, texnika yoki 
hunarmandchilik sohasidagi maxsus bilimlar talab etilsa, ekspertiza tayinlanadi. Soliq organining 
soliq nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxsida bunday bilimlarga egaligi ekspertiza 
tayinlash zaruratidan ozod etmaydi. 
(4-q.)
Ekspert oldida qoʻyilgan masalalar va uning xulosasi ekspertning maxsus bilimlari 
doirasidan chiqishi mumkin emas. 
(5-q.)
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qarorni soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan mansabdor 
shaxsning iltimosnomasi asosida soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) qabul qiladi. 
(6-q.)
Qarorda ekspertizani tayinlash uchun asoslar, ekspertiza oʻtkazishi kerak boʻlgan 
tashkilotning nomi yoki ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, ekspertning oldiga 
qoʻyiladigan masalalar va uning ixtiyoriga beriladigan materiallar koʻrsatiladi. Ekspert ekspertiza 
predmetiga taalluqli tekshiruv materiallari bilan tanishishga, oʻziga qoʻshimcha materiallar taqdim 
etilishi toʻgʻrisida iltimosnomalar berishga haqli. 


(7-q.)
Ekspert xulosani oʻz nomidan yozma shaklda beradi. Ekspert xulosasida oʻzi 
oʻtkazgan tekshirishlar, ular asosida qilingan xulosalar hamda qoʻyilgan masalalarga 
asoslantirilgan javoblar bayon etiladi. 
(8-q.)
Agar ekspertga berilgan materiallar yetarli boʻlmasa yoki u ekspertiza oʻtkazish uchun 
zarur bilimlarga ega boʻlmasa, ekspert xulosa berishni rad etishi mumkin. 
(9-q.)
Soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organining mansabdor shaxsi tekshirilayotgan 
shaxsni ekspertiza tayinlanganligi toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishtirishi va uning ushbu moddaning 
oʻninchi qismida nazarda tutilgan huquqlarini tushuntirishi shart boʻlib, bu haqda bayonnoma 
tuziladi. 
(10-q.)
Ekspertiza tayinlash va oʻtkazish jarayonida tekshirilayotgan shaxs: 
1) ekspertni rad etish; 
2) ekspertni oʻzi koʻrsatgan shaxslar orasidan tayinlash toʻgʻrisida iltimos qilish; 
3) qoʻshimcha savollarni taqdim etib, ular yuzasidan ekspert xulosasini olish; 
4) soliq organi mansabdor shaxsining ruxsati bilan ekspertiza oʻtkazishda ishtirok etish va 
ekspertga tushuntirishlar berish; 
5) ekspertning xulosasi bilan tanishish; 
6) ekspertning xulosasi yuzasidan asoslantirilgan fikr taqdim etish huquqiga ega. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin