(7-q.)
Ekspert xulosani oʻz nomidan yozma shaklda beradi. Ekspert xulosasida oʻzi
oʻtkazgan tekshirishlar, ular asosida qilingan xulosalar hamda qoʻyilgan masalalarga
asoslantirilgan javoblar bayon etiladi.
(8-q.)
Agar ekspertga berilgan materiallar yetarli boʻlmasa yoki u ekspertiza oʻtkazish uchun
zarur bilimlarga ega boʻlmasa, ekspert xulosa berishni rad etishi mumkin.
(9-q.)
Soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organining mansabdor shaxsi tekshirilayotgan
shaxsni ekspertiza tayinlanganligi toʻgʻrisidagi qaror bilan tanishtirishi va uning ushbu moddaning
oʻninchi qismida nazarda tutilgan huquqlarini tushuntirishi shart boʻlib, bu haqda bayonnoma
tuziladi.
(10-q.)
Ekspertiza tayinlash va oʻtkazish jarayonida tekshirilayotgan shaxs:
1) ekspertni rad etish;
2) ekspertni oʻzi koʻrsatgan shaxslar orasidan tayinlash toʻgʻrisida iltimos qilish;
3) qoʻshimcha savollarni taqdim etib, ular yuzasidan ekspert xulosasini olish;
4) soliq organi mansabdor shaxsining ruxsati bilan ekspertiza oʻtkazishda ishtirok etish va
ekspertga tushuntirishlar berish;
5) ekspertning xulosasi bilan tanishish;
6) ekspertning xulosasi yuzasidan asoslantirilgan fikr taqdim etish huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: