(5-q.)
Soliq organining mansabdor shaxsi hujjatlar va buyumlarini olib qoʻyish amalga
oshirilayotgan shaxsga ularni oʻz ixtiyori bilan topshirishni taklif etadi, taklif rad etilgan taqdirda
esa olib qoʻyishni majburiy tarzda amalga oshiradi.
(6-q.)
Oʻziga nisbatan olib qoʻyish amalga oshirilayotgan shaxs olib qoʻyilishi lozim boʻlgan
hujjatlar va buyumlar saqlanishi mumkin boʻlgan binolarni yoki boshqa joylarni ochishdan bosh
tortganda, soliq organining mansabdor shaxsi tambalarga, eshiklarga va boshqa buyumlarga
zarurat sababli yuzaga kelmagan shikast yetkazishdan qochib olib qoʻyishni mustaqil tarzda
bajarishga haqli.
(7-q.)
Soliq tekshiruvi predmetiga aloqasi boʻlmagan hujjatlar va buyumlar olib
qoʻyilmaydi.
(8-q.)
Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyishni amalga oshirish toʻgʻrisida ushbu Kodeksning
154-moddasida hamda mazkur moddada nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda bayonnoma
tuziladi.
(9-q.)
Olib qoʻyilgan hujjatlar va buyumlar olib qoʻyish bayonnomasida yoki unga ilova
qilinadigan roʻyxatlarda aniq nomi, soni, oʻziga xos xususiyatlari va imkon qadar buyumlarning
qiymati koʻrsatilgan holda sanab oʻtiladi hamda roʻyxatga olinadi.
(10-q.)
Agar soliq nazorati tadbirlarini oʻtkazish uchun tekshirilayotgan shaxs hujjatlarining
koʻchirma nusxalari yetarli boʻlmasa hamda soliq organlarida hujjatlarning asl nusxalari yoʻq
qilinishi, yashirilishi, oʻzgartirilishi yoki almashtirib qoʻyilishi mumkinligi toʻgʻrisida taxmin
qilish uchun yetarlicha asoslar mavjud boʻlsa, soliq organining mansabdor shaxsi hujjatlarning
aslini ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda olib qoʻyishga haqli. Bunday hujjatlar olib
qoʻyilayotganda ulardan soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadigan koʻchirma
nusxalar olinadi va hujjatlar olib qoʻyilayotgan shaxsga topshiriladi.
(11-q.)
Hujjatlarni olib qoʻyish bilan bir vaqtning oʻzida koʻchirma nusxalarni tayyorlash
yoki topshirish imkoni boʻlmagan taqdirda, soliq organi koʻchirma nusxalarni hujjatlari olib
qoʻyilgan shaxsga hujjatlar olib qoʻyilganidan keyin besh kun ichida topshiradi.
(12-q.)
Barcha olib qoʻyiladigan hujjatlar va buyumlar xolislarga hamda olib qoʻyishda
ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga koʻrsatiladi va zarur boʻlgan taqdirda olib qoʻyilgan joyda
oʻraladi.
(13-q.)
Olib qoʻyilgan hujjatlar raqamlanishi, tikilishi va olib qoʻyilayotgan shaxsning muhri
yoki imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. Ushbu shaxs olib qoʻyilayotgan hujjatlarni muhr
yoki imzo bilan tasdiqlashdan bosh tortgan taqdirda, olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnomaga bu
haqda maxsus belgi qoʻyiladi.
(14-q.)
Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi bayonnomaning koʻchirma nusxasi
ular qaysi shaxsdan olib qoʻyilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga imzo qoʻydirib topshiriladi yoki
yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: