3) ekspertizalar oʻtkazish;
4) chet tilida taqdim etilgan hujjatlarni tarjima qilish.
(4-q.)
Soliq auditi muddatini ushbu moddaning uchinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan asos
boʻyicha uzaytirishga hujjatlar talab qilinayotgan har bir shaxs boʻyicha koʻpi bilan bir marta yoʻl
qoʻyiladi.
(5-q.)
Soliq auditi muddatini uzaytirish soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organi
rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) tegishli buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
(6-q.)
Soliq auditining umumiy muddati olti oydan oshishi mumkin emas.
(7-q.)
Soliq auditini oʻtkazish muddati oʻtkazilgan soliq auditi toʻgʻrisida dalolatnoma
tuzilgan (imzolangan) kunda tugaydi.
Dostları ilə paylaş: