(5-q.)
Sayyor soliq tekshiruvi oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatda oʻtkaziladi.
(6-q.)
Sayyor soliq tekshiruvini tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqda koʻrsatilgan sana ushbu
tekshiruvni oʻtkazish muddatining boshlanishi deb hisoblanadi.
(7-q.)
Soliq toʻlovchiga sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasini
topshirilgan kun sayyor
soliq tekshiruvi muddatining tugashi deb hisoblanadi.
OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son
Qonuniga
muvofiq sakkizinchi qism chiqarib
tashlangan
(8-q.) Sayyor soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliq organlari
tomonidan soliqlar va
yigʻimlarni hisoblash amalga oshirilmaydi.
OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuniga muvofiq toʻqqizinchi qismi sakkizinchi qism
deb
hisoblansin
(8-q.)
Sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son
Qonuni
tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang)
Qarang: VMning 2021 yil 7-yanvardagi 1-son Qarori bilan tasdiqlangan "Soliq tekshiruvlarini
tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizomning 5-bobi
Dostları ilə paylaş: