Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

V BOʻLIM. 
SOLIQ NAZORATI 
17-bob. Soliq nazorati toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar. 
Soliq tekshiruvlari (135 - 155-moddalar) 
18-bob. Soliq tekshiruvlarining va soliq nazorati boshqa 
choralarining huquqiy oqibatlari (156 - 168-moddalar) 
19-bob. Soliq monitoringi (169 - 175-moddalar) 
17-BOB. SOLIQ NAZORATI TOʻGʻRISIDAGI 
UMUMIY QOIDALAR. SOLIQ TEKSHIRUVLARI 
135-modda. Soliq nazorati toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar 
136-modda. Soliq nazoratining shakllari 
137-modda. Soliq tekshiruvlarining turlari 
138-modda. Kameral soliq tekshiruvi 
139-modda. Sayyor soliq tekshiruvi 
140-modda. Soliq auditi 
141-modda. Soliq auditini oʻtkazish muddati 
142-modda. Soliq auditini oʻtkazish muddatini uzaytirish 
143-modda. Soliq auditini oʻtkazishga doir cheklovlar 
144-modda. Mansabdor shaxslarning soliq 
toʻlovchining hududiga kirishi 
145-modda. Hududni va binolarni koʻzdan kechirish 
146-modda. Soliq tekshiruvini oʻtkazishda 
hujjatlarni talab qilib olish 
147-modda. Uchinchi shaxslardan hujjatlarni 
(axborotni) talab qilib olish 
148-modda. Hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyish 
149-modda. Guvohning ishtiroki 
150-modda. Ekspertiza 
151-modda. Mutaxassisni jalb etish 
152-modda. Tarjimonning ishtiroki 
153-modda. Soliq nazoratini amalga oshirishga doir 
harakatlarning xolisligini taʼminlash 
154-modda. Soliq nazorati doirasida harakatlarni amalga 


oshirish chogʻidagi bayonnomaga qoʻyiladigan umumiy talablar 
155-modda. Soliq tekshiruvini oʻtkazish chogʻida gʻayriqonuniy 
harakatlar orqali zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymaslik 
135-modda. Soliq nazorati toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar 
(1-q.)
Vakolatli organlarning soliq toʻlovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq 
toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilishga doir faoliyati soliq nazoratidir. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(2-q.)
Soliq nazorati maqsadida ushbu Kodeksning 133-moddasida koʻrsatilgan davlat 
organlari, muassasalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar soliq toʻlovchilarni soliq boʻyicha 
hisobga olish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq 
organlariga taqdim etishi shart. 
(3-q.)
Soliq nazorati maqsadida banklar ushbu Kodeksning 134-moddasida oʻz zimmasiga 
yuklatilgan majburiyatlarni bajaradi. 
(4-q.)
Soliq, bojxona organlari va boshqa vakolatli organlar, prokuratura organlari hamda 
tergov organlari soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari, oʻzlari olib borayotgan soliq 
tekshiruvlari haqidagi oʻzida mavjud materiallar toʻgʻrisida bir-birini xabardor qiladi. Shuningdek 
mazkur organlar oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa zarur axborot 
bilan almashishni amalga oshiradi. Bunday xabardor qilish tartibi mazkur organlar oʻrtasidagi 
kelishuvlar bilan belgilanadi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(5-q.)
Soliq toʻlovchi (soliq agenti) toʻgʻrisida qonunchilik talablarini buzgan holda olingan 
hujjatlar yoki boshqa axborot ushbu shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun 
javobgarlikka tortishga asos boʻlib xizmat qilishi mumkin emas. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-
son Qonuni tahriridagi qism) 
(6-q.)
Soliq nazorati materiallari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan 
belgilangan tartibda soliq toʻlovchi hisobda turgan joydagi soliq organida tekshiruv tugagan 
kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin