oshirish chogʻidagi bayonnomaga qoʻyiladigan umumiy talablar
155-modda. Soliq tekshiruvini oʻtkazish chogʻida gʻayriqonuniy
harakatlar orqali zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻymaslik
135-modda. Soliq nazorati toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
(1-q.)
Vakolatli organlarning soliq toʻlovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq
toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilishga doir faoliyati soliq nazoratidir.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(2-q.)
Soliq nazorati maqsadida ushbu Kodeksning 133-moddasida koʻrsatilgan davlat
organlari, muassasalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar soliq toʻlovchilarni soliq boʻyicha
hisobga olish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq
organlariga taqdim etishi shart.
(3-q.)
Soliq nazorati maqsadida banklar ushbu Kodeksning 134-moddasida oʻz zimmasiga
yuklatilgan majburiyatlarni bajaradi.
(4-q.)
Soliq, bojxona organlari va boshqa vakolatli organlar, prokuratura organlari hamda
tergov organlari soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari, oʻzlari olib borayotgan soliq
tekshiruvlari haqidagi oʻzida mavjud materiallar toʻgʻrisida bir-birini xabardor qiladi. Shuningdek
mazkur organlar oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa zarur axborot
bilan almashishni amalga oshiradi. Bunday xabardor qilish tartibi mazkur organlar oʻrtasidagi
kelishuvlar bilan belgilanadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(5-q.)
Soliq toʻlovchi (soliq agenti) toʻgʻrisida qonunchilik talablarini buzgan holda olingan
hujjatlar yoki boshqa axborot ushbu shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun
javobgarlikka tortishga asos boʻlib xizmat qilishi mumkin emas.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-
son Qonuni tahriridagi qism)
(6-q.)
Soliq nazorati materiallari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan
belgilangan tartibda soliq toʻlovchi hisobda turgan joydagi soliq organida tekshiruv tugagan
kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: