Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlari



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

132-modda. Soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlari 
(1-q.)
Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlari 
deganda soliq toʻlovchi tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan maʼlumotlar, shuningdek 
ushbu Kodeksning 133-moddasida nazarda tutilgan tartibda organlar, muassasalar va tashkilotlar 
tomonidan yuborilgan maʼlumotlar tushuniladi. 
(2-q.)
Yuridik shaxs toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlari tarkibiga quyidagilar kiradi, xususan: 
1) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami; 
2) toʻliq va qisqartirilgan nomi; 
3) joylashgan yeri (pochta manzili); 
4) tashkiliy-huquqiy shakli; 
5) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana, joyi va raqami; 
6) ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori - tijorat tashkilotlari uchun; 
7) alohida boʻlinmalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 
8) Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan ishtirokchilar soliq toʻlovchisining 
identifikatsiya raqami, chet ellik ishtirokchining mamlakati hamda har bir muassisning ustav 
fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi koʻrsatilgan holda ishtirokchilarning toʻliq tarkibi - tijorat 
tashkilotlari uchun. 
(3-q.)
Jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlari tarkibiga ularning quyidagi 
shaxsga doir maʼlumotlari kiritiladi: 
1) familiyasi, ismi, otasining ismi; 
2) fuqaroligi; 
3) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami; 
4) pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi va raqami, berilgan sanasi 
va joyi;
5) yashash joyi (manzili). 
(OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(4-q.)
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun hisob maʼlumotlari tarkibiga ushbu moddaning 
uchinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari, quyidagilar ham kiritiladi: 
1) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana, joyi va raqami; 
2) faoliyat turi; 
3) faoliyat amalga oshiriladigan joy. 
(5-q.)
Soliq toʻlovchi soliq organlarining maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlgan oʻz hisob 
maʼlumotlarini soliq organining soʻroviga koʻra soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali 
tasdiqlashi kerak. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq beshinchi qismi oltinchi qism deb 
hisoblansin 


(6-q.)
Soliq toʻlovchilar toʻgʻrisida hisob maʼlumotlarini yuritish, soliq toʻlovchilar 
tomonidan ularni tasdiqlash, bu maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish tartibi, 
shuningdek soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun maʼlumotlar tarkibini shakllantirishning 
oʻziga xos xususiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-
741-son Qonuni tahriridagi qism) 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin