Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq toʻlovchilarni soliq solish



Yüklə 2,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/352
tarix27.12.2023
ölçüsü2,93 Mb.
#199012
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   352
00000000858c3fb50185edf3c8360039

131-modda. Soliq toʻlovchilarni soliq solish 
obyekti boʻyicha hisobga qoʻyish 
(1-q.)
Soliq toʻlovchini hisobga qoʻyish soliq solish obyekti joylashgan yerdagi soliq 
organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchini obyektlar boʻyicha hisobga qoʻyish u ushbu Kodeksning 129-
moddasida belgilangan tartibda hisobga qoʻyilganidan keyin, agar ushbu Kodeksga muvofiq soliq 
toʻlovchida soliq toʻlovchi sifatida hisobga olinmagan joydagi yer soligʻi, mol-mulk soligʻi, suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va (yoki) noruda qazilma boyliklari boʻyicha yer qaʼridan 
foydalanganlik uchun soliq toʻlash majburiyati yuzaga kelgan boʻlsa, amalga oshiriladi.
(3-q.)
Hisobga qoʻyilmagan joyda yer soligʻini, mol-mulk soligʻini yoki suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliqni toʻlash majburiyati oʻzida yuzaga kelgan soliq toʻlovchi mazkur 
majburiyat yuzaga kelgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida soliq solish obyektlarini ular joylashgan 
yerda hisobga qoʻyish uchun davlat soliq xizmati organlariga qonunchilikda belgilangan tartibda 
murojaat qilishi kerak, bundan ushbu Kodeks 133-moddasining uchinchi va beshinchi qismlariga 
muvofiq soliq organlariga bunday maʼlumotlarni taqdim etish organlar, muassasalar va 
tashkilotlarning majburiyati boʻlgan hollar mustasno. 
(OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuni 
tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(4-q.)
Hisobga olinishi davlat soliq xizmati organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga 
oshiriladigan soliq solinadigan obyektlar boʻyicha mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlovchisi 
boʻlgan jismoniy shaxslarga nisbatan ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan majburiyat 
tatbiq etilmaydi. 
(5-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyat, shuningdek: 
benzin, dizel yoqilgʻisi va gazni oxirgi isteʼmolchiga realizatsiya qilishda toʻlanadigan aksiz 
soligʻining soliq toʻlovchilariga; 
hududiy alohida boʻlinma joylashgan yeri boʻyicha xodimlar soni yigirma besh kishidan 
koʻp boʻlgan doimiy ish joyi yaratgan soliq agentiga tatbiq etiladi. 
(6-q.)
Ushbu modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan soliq toʻlovchi 
aksizosti mahsulotni realizatsiya qilish boshlangan paytdan boshlab oʻn kun ichida avtomobillarga 
yoqilgʻi qoʻyish shoxobchasi joylashgan yerdagi soliq organiga aksiz soligʻi soliq toʻlovchisi 
sifatida hisobga qoʻyish uchun murojaat qilishi shart. 
(7-q.)
Ushbu modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan soliq agenti 
alohida boʻlinma tashkil etilgan paytdan bir oy oʻtganidan keyin oʻn kun ichida alohida boʻlinma 
joylashgan yerdagi soliq organiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi toʻlovchi soliq 
agenti sifatida hisobga qoʻyish uchun murojaat qilishi shart. 


(8-q.)
Soliq organi soliq toʻlovchiga ilgari berilgan soliq toʻlovchining identifikatsiya 
raqamiga muvofiq uni murojaat qilgan kunidan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay obyektning 
joylashgan yeri boʻyicha hisobga oladi. 
Qarang: VMning 2022 yil 2 apreldagi 150-son Qarori bilan tasdiqlangan Soliq toʻlovchilarni soliq 
organlarida soliq solish obyekti boʻyicha hisobga qoʻyish yuzasidan davlat xizmatini koʻrsatish 
Maʼmuriy reglamenti 

Yüklə 2,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   352




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin