(5-q.)
Faoliyatini boshqa alohida boʻlinmalar orqali amalga oshirish chogʻida chet el yuridik
shaxsini hisobga qoʻyish, agar ushbu moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda
tutilmagan boʻlsa, hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza asosida amalga oshiriladi. Chet el yuridik
shaxsini soliq organlarida hisobdan chiqarish xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.
(6-q.)
Hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza chet el yuridik shaxsi tomonidan u Oʻzbekiston
Respublikasi hududida oʻz faoliyatini boshlagan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan
kechiktirmay soliq organiga beriladi. Hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi ariza bunday shaxs
tomonidan u Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini tugallagan kundan eʼtiboran oʻn
besh kalendar kundan kechiktirmay beriladi.
(7-q.)
Hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi ariza berilayotganda chet el yuridik
shaxsi mazkur ariza bilan bir vaqtning oʻzida soliq organiga hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish)
uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etadi. Bunday hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston
Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(8-q.)
Chet el yuridik shaxsni Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti sifatida soliq
organida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) soliq organi tomonidan bunday chet el yuridik
shaxsining oʻzini Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etishi toʻgʻrisidagi
(Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti maqomidan voz kechishi haqidagi) arizasi asosida
amalga oshiriladi.
(9-q.)
Oʻzbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida va (yoki) tashkillashtirilgan
savdolarda aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib oladigan norezident boʻlgan yuridik
shaxslarni hisobga qoʻyish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: