ILM-FAN VA INNOVATSIYA
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/si
87
FUQAROLIK HUQUQI TUSHUNCHASI
Abdug’afforova Mohinur Abdusamat qizi
Termiz davlat universiteti, Yuridik fakulteti,
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi talabasi
Telefon: +998936383823
E- mail:
mohinurabdugafforova7@gmil.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.7883409
Annotatsiya:
Ushbu tezis fuqarolik huquqi tushunchasi va uning mazmun mohiyatiga
bag’ishlanadi
Kalit so’zlar:
fuqarolik huquqi, fuqarolik huquqi munosabatlari, ovoz berish, adolatli sudlov,
davlat xizmatlari, fuqaro erkinliklari va xalq ta’limi huquqlari.
Fuqarolik huquqi O’zbekiston Respublikasi huquq tizimining asosiy sohalaridan biri bo’lib,
mamlakatimizda iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, bosqichma-bosqich bozor
iqtisodiyoti munosabatlariga o’tish davrida fuqarolar va boshqa
subyektlarning moddiy va
ma’naviy ehtiyojlarini tobora to’laroq qondirish maqsadida mulkiy munosabatlarni tartibga
solish va mustahkamlashga qaratilgan huquqiy normalar yig’indisidan iboratdir.
Fuqarolik
huquqi bilan tartibga solinadigan munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik
kodeksining 2-moddasida belgilab qo‘yilgan. Bunga
asosan fuqarolik muomalasi
ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning,
intellektual faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ularni
amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o’zga
majburiyatlarni,
shuningdek, boshqa mulkiy hamda u bilan bog’liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga
soladi. Fuqarolik huquqi asosan muayyan ekvivalent barobariga belgilanadigan qiymat baho
bilan ifodalanadigan va ishtirokchilari teng darajada ko‘riladigan mulkiy munosabatlarni
tartibga soladi.
Fuqarolik huquqi iqtisodiy munosabatlarni maxsus yuridik shaklda mulkiy-huquqiy
munosabatlar shaklida rasmiylashtiradi va mustahkamlaydi. Fuqarolik huquqida mulkiy
munosabatlar ishlab chiqarish munosabatlarining
huquqiy shakli, yuridik ifodasi sifatida
ko‘riladi. Shu nuqtayi nazardan mulkiy munosabatlar shaxslar o’rtasidagi, ularning erklari
bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy munosabatlarni bildiradi. Fuqarolik huquqi tomonidan tartibga
solinadigan mulkiy m unosabatlar doirasi nihoyatda keng. Bular jumlasiga oldi-sotdi, har xil
buyurtmalar qabul qilish, turar joylarni
ijaraga olish va berish, korxonalar, tashkilotlaming
bir-biriga mahsulotlar yetkazib berish, qurilish
ishlarini amalga oshirish, transport
korxonalari orqali yuk va yo’lovchi tashish, yetkazilgan zararni to’latish, qonun va vasiyat
bo‘yicha meros olish, umuman, har qanday shakldagi mulkni egallash, undan foydalanish va
uni tasarruf etish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlardan iboratdir.
Fuqarolik huquqi tomonidan tartibga solinadigan mulkiy xarakterda bo’lmagan shaxsiy
huquqiy munosabatlar ikki turga:
• mulkiy munosabatlar bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy munosabatlar;
• mulkiy munosabatlar bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy munosabatlarga bo’linadi. Fuqarolik
huquqi huquqning boshqa sohalari kabi o’zi tartibga solinadigan, huquqiy munosabatlarga,
ularning ishtirokchilari xatti-harakatlariga ta’sir ko’rsatishda maxsus vositalar va usullar
yig’indisidan foydalanadi. Qo’riqlash vazifasini bajaruvchi huquq sohalari (jinoyat huquqi,