Vektorlar Nusxalar miqdori O’lchami, ming nukleotidlar klonlash uchun plazmid vektorlari:
pBR 322
pACU 184
40-50
G’20
4,4
4,0
klonlashda maxsus kattalikdagi vektorlar:
λ
Chron 4A
kosmida pHC 79
100-200
G’20
41,8
6,4
genlar ekspressiyasi uchun plazmid vektorlari:
p trp ED5-1
40-50
6?7
Gen muxandisligi qisqacha aytganda, genlar ustida turli manipulyasiyalar o’tkazish, ularni
to’la o’rganish asosida funksional qismlarga bo’lish, kerakli joyidan kesish, kerak emas qismini
olib tashlash, kerak bo’lgan qismlarini boshqa genlardan yoki sintez yo’li bilan olib ulash va shu
usulda tayyorlangan duragay yoki rekombinant genni muvofiq organizmga kiritib (masalan
odamning insulin genini mikrob hujayraga yoki sichqonning o’sish garmoni genini kalamushga),
zarur turlarni yoki preparatlarni sintez qilish va xakozo g’oyalar va texnologiyalarning
yig’indisidir (6-chizma).
Ayrim DNK molekulalari genlar bir turinng ko’p nusxasini hosil qilish uchun ilgaridan
hujayralarning toza liniyalarini olishda ko’pdan beri ishlatiladgan klonirlash texnikasining
molekulalariga moslashtirilgan varianti qo’llanadi. Hujayra liniyalarining bir xilligini klonirlash
usuli bilan kuchaytirish mumkin. Klon deb birdan-bir old hujayradan kelib chiqqan hujayralar
populyasiyasiga aytiladi. Klonirlash asosan mutant hujayralar olish uchun ishlatiladi. Molekulyar
klonirlash DNK ning aniq bir namunasini toza holda ko’paytirishdan iborat.
2.1. Transpozonlar Transpozonlarning kashf etilishi genetik muxandislikning rivojlanishida muhim
ahamiyatga ega bo’ldi.
Ko’chib yuruvchi genetik elementlar-transpozonlarni o’simlik organizmida AqSH olimasi
Barbara Mak Klintok, mikroorganizmlarda AqSH olimi Axmad Buxoriy va xasharotlarda Rossiya
olimi Georgiy Georgiev kashf etgan.
Ko’chib yuruvchi genetik elementlar ayni vaqtda transpozision elementlar yoki
transpozonlar deb ham ataladi. Transpozonlar xilma-xil strukturaga ega bo’lsalar-da, barcha
transpozon molekulalarining ikki chetida maxsus nukleotidlar izchilligi, markaziy qismda esa
DNK molekulasining belgilangan joyida "yopishqoq" uchlar hosil qilib notekis kesuvchi
transpozaza fermentini sintez qiluvchi gen mavjuddir.
Transpozaza fermenti hujayradagi DNK molekulasini " yopishqoq" uchlar hosil qilib kesadi
va ayni paytda transpozon uchlariga qovushtiradi. Hosil bo’lgan xromosoma DNKsi va
transpozon DNKsidan iborat qovushma hujayra DNK bo’laklarini bog’lovchi ferment ligaza
ta’sirida o’zaro bog’lanadi. Transpozonlarning hujayra DNKsiga integrasiyasi quyidagicha
amalga oshadi.