1- mavzu. KIRISH
Reja:
1.Fanning maqsad va vazifalari.
2.Biotåõnologiya fani rivojlanish tariõi.
3.Fanning rivojlanishiga chet el va mahalliy olimlarning qo’shgan hissalari haqida.
4.Biotexnologiya faning rivojlanish istiqbollari va muammolari.
Biotexnologiya yoki biologik jarayonlar texnologiyasi-biologik agentlar yoki ularning
majmualaridan (mikroorganizmlar, o’simliklar va hayvon hujayralari, ularning komponentlaridan)
kerakli maxsulotlar ishlab chiqarish maqsadida sanoatda foydalanish degan ma’noni beradi.
Biotexnologiya jarayonlaridan mikroorganizmlar, o’simlik va hayvon hujayralari, ulardan
ajratilgan
fermentlar, hujayra organnellalari, ularni o’rab turgan membranalar sof yoki
immobillashgan holatda oqsil, organik kislotalar, aminokislotalar,
spirtlar, dorivor moddalar,
fermentlar, garmonlar va boshqa moddalar ishlab chiqarishda yoki ba’zi bir organik moddalarni
(masalan, biogaz) ishlab chiqarish, sof holda metall ajratish, oqova suvlarni va qishloq xo’jalik
yoki sanoat chiqindilarini qayta ishlashda keng foydalaniladi.
Fan sifatida o’tgan asrning 60-yillaridan shakllana boshlagan biotexnologiyaning tarixiga
chuqurroq nazar tashlasak mikroorganizmlar yordamida “bijg’itish”, “achitish” jarayonlari
insoniyat tomonidan qadimdan keng ishlatilib kelinayotganligini guvohi bo’lamiz.
Sutdan- qatiq,
uzumdan- vino va sirka, achitqilar yordamida -non va boshqa bir qancha biotexnologik
jarayonlarning qachon ixtiro qilinganligi hozircha noma’lum.
Umuman, yuqorida zikr etilgan mikroorganizmlar yordamida amalga oshiriladigan
biotexnologik jarayonlar hozirgacha insoniyatning ro’zg’or yuritishida keng qo’llab kelinmoqda.
Biotexnologiyaning mohiyatini tushunish uchun misollarga murojaat qilaylik. Bakteriya
hujayrasi har 20-60 minutda, achitqi zamburug’lari 1,5-2,0 soatda ikkiga bo’linib ko’paysa, sut
emizuvchilar hujayralarining ikkiga bo’linishi uchun 24 soat kerak bo’ladi. Bir kecha-kunduzda
500 kilogrammli qoramol 500 gramm oqsil moddasi to’plasa, 500 kilogramm achitqi zamburug’i
500000 kilogramm yoki undan 1000 marotaba ko’proq oqsil to’playdi.
Yana bir misol: 1 kub metr oziqa muhitida achitqi zamburug’lari 24 soatda 30
kilogramm
oqsil to’playdi, shuncha miqdorda oqsil to’plash uchun 18 gektar erga no’xat ekib, uch oy
parvarish qilish lozim bo’ladi.
qolaversa, mikrob etishtirish na ob-havoga va na faslga bog’liq. Ularni eng arzon oziqa
muhitida- har xil chiqindilar, kletchatkada, metanol, metan gazi va vodorodda o’stirish mumkin.
Mikroorganizmlar nafaqat oqsil,
balki turli fermentlar, yog’lar, vitaminlar, polisaxaridlar va
boshqa bir qator foydali maxsulotlar sintez qiladi.
Bugunga kelib, zamonaviy biotexnologik usullar gen muhandisligi yordamida farmasevtika
uchun interferonlar, insulin, somatotropin,
gepatitga qarshi vaksina, fermentlar, klinik tadqiqotlar
uchun diagnostik ashyolar (narkomaniya, gepatit va boshqa bir qator yuqumli kasalliklarni
aniqlash uchun test tizimlar, biokimyoviy tekshirishlar uchun reaktivlar, egiluvchan biologik
plastmassalar,
antibiotiklar, bioaralashmali boshqa ko’plab maxsulotlar) ishlab chiqariladi.
Pivo, spirt, kir yuvish vositalari, to’qimachilik va teri oshlash kabi jaryonlarda ishlatiladigan
ferment preparatlari ishlab chiqarish va qo’llash ham keng yo’lga qo’yilgan.
Biotexnologiyaning asosiy yo’nalishlarini, shartli ravishda, quyidagicha tavsiflash mumkin: