*
oziqa maxsulotlari biotexnologiyasi;
*
qishloq xo’jaligida ishlatiladigan preparatlar biotexnologiyasi;
*
sanoat maxsulotlari biotexnologiyasi;
*
dorivor moddalar, diagnostika va reaktivlar biotexnologiyasi;
*
biogidrometallurgiyada ishlatiladigan biotexnologiya;
*
tabiatni muhofaza qilishi uchun zarur bo’lgan biotexnologiyalar.
Odatda, mikroorganizmlarni foydali va zararli deb o’rganishga harakat qilinadi. Bu fikr
mutlaqo to’g’ri emas. Fikrimizcha, barcha mikroorganizmlar foydali, chunki ular tabiatda modda
almashinuvida faol qatnashadi va ko’plab xilma-xil hayotiy zarur moddalar sintez qiladi.
Binobarin, mikoorganizmlar biz yashab turgan dunyoning eng qudratli ishlab chiqaruvchi kuchidir.
Ular har xil fizik-kimyoviy muhitga chidamli, tez moslanuvchan, turli oziqa muhitida
yashash qobiliyatiga ega.
Biologik jarayonlarda achitqi zamburug’lari, mikromisetlar, bakteriyalar va aktinomisetlar
(shulali zamburug’lar) kabi mikroorganizmlardan foydalaniladi. Butun mavjudot
mikroorganizmlarsiz yashay olmaydi, mikroorganizmlarning o’zi esa yashayveradi. Aytaylik,
ovqat hazm qilish tizimida faol qatnashadigan mikroorganizmlar miqdori kamayib ketsa,
disbakterioz va u bilan bog’liq boshqa kasalliklar ro’y beradi. YAna bir misol, tuprog’i
sterillangan, ya’ni mikroblari o’ldirilgan tuvaklarga o’simlik o’tkazib barcha kerakli mineral
o’g’itlarni ham sterillangan holda solsangiz, ko’chat 4-5 kundayoq so’lib qoladi.
XXI – asrga zamonaviy biotexnologiya ulkan yutuqlar bilan kirib keldi. Inson genomining
to’la o’qilishi, oldindan rejalashtirilgan xususuyatlarga ega bo’lgan shtammlarni yarata bilish,
qarimaslik sirlarini ochish sari intilish, bir so’z bilan aytganda abadiylikka intilish bugungi kun
fani yutuqlari oldida afsona emasligi hammaga ma’lumdir.
O’tgan asrning 80 – 90 yillaridan boshlab, dunyo olimlarining “XXI – asr biotexnologiya
asri” bo’ladi degan bashoratomo’z so’zlari bejiz emasligi ko’plab misollar bilan o’z tasdig’ini
topmoqda.
Rivojlangan, zamonaviy biotexnologiya fanining asosida uning ulkan yutuqlarining manbai
bo’lmish mikroorganizmlar dunyosi yotadi. SHunday ekan erishilgan yutuqlarda ko’z ilg’amas,
jajji organizmlarning ham o’z o’rni bor albatta.
Keling, endi ushbu tarmoqlarning respublikamizda rivojlanishi uchun nimalarga e’tibor
berishimiz lozimligi haqida fikr yuritaylik. Dastlab, e’tiborimizni butun jahon diqqat e’tiborida
turgan oqsil muammosiga qaratmoqchimiz. Statistik ma’lumotlarga ko’ra: dunyoda oqsil
tanqisligi yiliga deyarli 12 –15 mln. tonnani tashkil etadi. Bu bilan bog’liq bo’lgan quyidagi
ma’lumotlar sizlarni befarq qoldirmaydi deb o’ylaymiz:
Dunyo bo’yicha 850 mln. dan ortiq kishi oqisilga muhtoj, shundan 200 mln. dan ortiqrog’i 5
yoshda bo’lgan bolalardir. 50 mln. dan ortiq kishi ochlikdan vafot etadi, ulardan 40 mln dan
ortiqrog’i yosh bolalardir. 1 sutkada o’rtacha 11000 yosh bola hayotdan ko’z yumadi. Albatta
keltirilgan jumlalar har bir insonni larzaga solmay qo’ymaydi.
Xo’sh oqsil muammosini hal qilish uchun qanday ishlar amalga oshirilmoqda, qolaversa,
Mikrobiologiya sanoati qay darajada hissa qo’shmoqda.
Oqsil muammosini hal qilish uchun dastlabki urinishlar eru-xotin Tausonlarning achitqilar
va bakteriyalarni o’stirish uchun parafindan foydalanishni taklif etishgandan boshlangan edi.
T.A.Tauson achitqilarning parafindan oksidlanishning ayrim oraliq maxsulotlari va V
1
vitaminini sintez qilishni isbotlab beradi. Bu dastlabki urinishlar edi albatta. SHundan keyin S.I.
Kuznesova, B.I. Isochenko, L.D. SHturim, G.N. Mogilevskiy va boshqa shu kabi olimlarning
izlanishlari, nazariy va amaliy tajribalari ko’pgina mikroorganizmlar uglevodorodlarni oksidlay
olishi mumkinligini rad etib bo’lmas darajada isbotladi.
Bu tadqiqotlar insoniyat oldida oqsil tanqisligi o’tkir muammo bo’lib turgan bir paytda
ayniqsa, katta e’tiborni jalb etadi.
Fransiya, Italiya, YAponiya va AqSH kabi jahonning rivojlangan mamlakatlarida ham
neftdan oqsil olish muammolarini echish uchun ilmiy izlanishlar olib borildi va bir qadar o’z
echimini topdi.
Fikrimizni kengaytirgan holda o’quvchilarga tushunarli bo’lishi uchun bu jarayonda
mikroorganizmlar faoliyati mexanizmi haqida to’xtalib o’tishni joiz deb hisoblaymiz.
Achitqi va bakteriyalar parafindan biomassa hosil qilish uchun o’zlariga kerakli bo’lgan
uglerodni va hujayraning hayotiy faoliyati uchun energiya manbai bo’lib xizmat qiladigan, oqsil
va vitaminlarni sintezlaydigan, raqib va dushmanlardan himoya qiladigan vodorodni topib
oldilar. SHuning uchun ham biosintezning nihoyatda yuqori bosqichda o’tishi va o’ta
maxsuldorligi ajablanarli hol emas.
Fikrimizning isboti sifatida quyidagi misollarni keltirmoqchimiz: Mikroorganizmlar 1 t.
mo’tadil tuzilishdagi parafinlardan (10% namlikdagi tayyor maxsulotga hisoblanganda) 580–
630 kg oqsil bo’lgan 1 t. biomassa hosil qiladi. Ayni paytda gidroliz zavodlari shuncha
miqdordagi achitqi maxsuloti ishlab chiqarish uchun esa 5,5–6,4 tonna mutlaqo quruq holdagi
yog’ochdan foydalaniladi. Oradagi farq albatta jiddiy qolaversa parafinda yog’ochga nisbatan
uglerod va vodorodlar miqdori nihoyatda ko’p bo’lib, biosintez jarayoniga sezilarli ta’sir
ko’rsatadi.
Gidroliz achitqisidan farqli ravishda bu maxsulotni oqsil – vitaminli konsentrat (OVK) deb
yuritila boshlaydi. Uzoq vaqtlar davomida olib borilgan ilmiy izlanishlar OVK ning chorva
mollariga va insonlarga bezararligi isbotlandi.
Keling shu o’rinda e’tiborimizni chorvachilikda oqsilga bo’lgan talabga qarataylik. Dastlab
e’tiboringizga quyidagi statistika ma’lumotlarini havola etmoqchimiz: Mamlakatimizda, birgina
parrandachilik kompleksi 200 000 t oziqa ishlatadi, bu oziqaga 20000 t OVK, 200 t amilaza,
200 t sellyuloza, 80 t lizin va 60 t metionin qo’shish kerak bo’ladi.
Xo’sh bularni o’rnining qanday qondirish mumkin. Ma’lumki, don chorvachilik uchun
asosiy energiya va oqsil manbai hisoblanadi. Parrandachilikda deyarli 100%, cho’chqachilikda
80%, qoramolchilikda 30% oziqa - bu makkajo’xori, arpa, bug’doy va javdar kabi boshoqli
ekinlar hissasiga to’g’ri keladi.
Hayvonlar maxsuldorligini, oziqaning to’yimliligini va undagi oqsilning tanqis
aminokislotalarga boyligi ta’minlaydi. Biroq, asosiy furaj ekinlari – makkajo’xori va bug’doy –
bu talablarga javob bermaydi. Fikrimizning isboti sifatida qishloq xo’jalik fanlari doktori
G.V.Redchikovning quyidagi ilmiy ma’lumotini keltiramiz: “Bug’doy, arpa, makkajo’xori
donida oqsil miqdori juda kam bo’lib, eng muhimi cho’chqa bolalariga zarur bo’lgan lizinning
atigi 23 – 37% i, jo’jalar uchun esa atigi 20 – 32 foizi mavjud. Lizinning bunga etarli bo’lman
miqdorini ham hayvonlar to’laligiga o’zlashtira olmaydilar, ya’ni cho’chqa arpa doni tarkibidagi
lizinning 6 g, makkajo’xoridagi lizinning 72, bug’doydagining 50 foizini o’zlashtirishi mumkin,
xolos (Don oqsilini yaxshilash va ularni baholash: M. Kolos, 1978. 168 b ).
Ma’lumki, hayvonlar oziqadagi faqat tanqis aminokislotalar ulushiga teng keladigan oqsil
qismidan samarali foydalanish qobiliyatiga ega. Bundan kelib chiqadigan bo’lsak, don oziqasiga
eng qimmatli komponent – oqsil, agar u lizinga to’yinmagan bo’lsa, hayvonlar organizmi ularni
o’z organizmlari va to’qimalarida oqsil hosil qilishga emas, boshqacharoq aytganda go’sht, sut,
tuxum yoki jun hosil qilishga emas, balki ichki energiya sifatida sarflaydilar. Donda tanqis
aminokislotalar – sifatida treonip va treptofap etishmasa ham shu holat yuz beradi.
Xo’sh, boshoqli ekinlardagi bunday tabiiy etishmovchilikni qanday bartaraf etish mumkin?
Buning uchun donli oziqa tarkibiga baliq va suyak, sut uni, soya (dondan yoki ajratib
olingandan keyin qolgan shrot yoki kunjarasi) va oziqa achitqisini qo’shish kerak.
Mutaxassislarning hisoblariga ko’ra, ishlab chiqarish hajmining eng yuqori unumdorligi
sharoitida qoramollarni boqish uchun baliq va suyak uni, sut kukuni, soya kunjarasi ishlatilib,
1995 – 2000 yillarda chorvachilikning oqsilga bo’lgan talabini bor yo’g’i 28–30% miqdorida
qondiradi, deyilgandi.
Bu etishmovchilikni bartaraf etish uchun biotexnologiya sanoati o’z maxsulotlari bilan eng
avval chorvachilikni kompleks omuxta emini boyitishga mo’ljallangan turli maxsulotlari orasida
oziqa achitqisi alohida o’rin tutadi.
Oziqa achitqisi – to’yimliligi xususiyatiga ko’ra barcha yuksak o’simliklardan ustun turadi.
Hayvon oqsil rasionining 25% ni uglerod achitqisi oqsili tashkil etganda, bu oqsil samarasi sut
oqsili – kazeindan samaradorligi bo’yicha kam farq qiladi. Achitqi oqsilining 80% dan
o’zlashtiriladi. Achitqi proteinining hazm bo’lish koefsenti qoramollar qo’ylar va jo’jalar 83 –
91% oralig’ida o’zgarib turadi. Ularning ustun tomoni shundaki, aynan achitqi tarkibida doni
oziqada etarli bo’lgan tanqis aminokislotalar ko’p bo’ladi.
Misol tariqasida quyidagilarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz. Bir tonna achitqida 41–
42 kg tanqis aminokislota (lizin) bo’lsa, 1 t. arpa va sulida bu miqdor 10 marotaba kamdir:
boshqa tanqis aminokslotalar (trooin, metionin, triptofan) achitqida arpa va sulidagidan 3–5
marta ko’p. Glutamin kislota esa 1 tonna achitqida 65–110 kg atrofida bo’lib, dondagidan ancha
ko’p bo’ladi.
Bu ko’rsatkichlar achitqining uncha ko’p bo’lmagan miqdori (hajmiga nisbatan 5 – 6%)
o’simlik oqsilining sifatini va hazm bo’lishini keskin ortishiga hamda ular sarfini ancha
kamaytirishga imkon yaratadi.
Mikrob biotexnologiya sanoati taklif etayotgan oziqa achitqisi V guruhi vitaminlarining ham
manba bo’lib hisoblanadi.
Ma’lumki, chorva mollari uchun zarur bo’lgan vitaminlardan hatto birortasi etishmagan
taqdirda ham ular me’yoridagidek rivojlana olmaydi. Modda va energiya almashinuvi buzilib,
organizmning himoya kuchi zaiflashadi. O’simlik oziqasida esa vitamin kam bo’ladi va hatto
bor vitaminlar ham ularni tayyorlash, saqlash va qayta ishlash vaqtida tez buziladi, ayrim
hayotiy vitaminlar esa o’simliklarda umuman hosil bo’lmaydi.
Oziqa achitqisi tarkibida arpa, suli, no’xat va soyaga nisbatan – ribofelavin (V
2
) miqdori 20
– 75 marta, pentaten kislotasi (V
3
vitamini) 5 – 10 marta, kolin (V
4
) esa 2 – 6 marta ko’p
bo’ladi. Bu vitaminlar hayvon organizmda aminokislotalar almashinuvida, o’simlik oziqasidagi
proteindan foydalanish va oqsil biosintezida hal qiluvchi rol o’ynaydi.
SHuni ham ta’kidlash lozimki oziqa achitqisida V
12
(sianokobalamin) vitamini bo’lmaydi. U
o’simliklarda ham sintez bo’lmaydi. Uni faqat odam va hayvonlar ichagida yashovchi
bakteriyalar va aktinomisetlar hosl qiladi. CHo’chqalar, parrandalar va yosh qoramolllarda bu
vitamin juda kam hosil bo’ladi.
SHu bilan birga V
12
vitamini qon hosil bo’lishda, metionin, holin, nuklein kislotalar
sintezida, oqsil, yog’lar va uglevodlarning almashuvi jarayonida muhim ahamiyatga ega. V
12
vitamini etishmasligi jo’jalar, cho’chqa bolalari, qo’zichoq va yangi tug’ilgan buzoqlarning
o’sishidan qolishiga, kasallanishiga va o’limiga olib keladi, hamda chorva mollari
maxsuldorligini kamaytirib, o’simlik oziqasi oqsilining hazm bo’lishini qiyinlashtiradi.
SHuning uchun rasionga unchalik ko’p bo’lmagan miqdorda V
12
vitamini qo’shish (1 tonna
oziqa hisobiga bor yo’g’i 0,015 – 0,025 gramm) qo’shish ajoyib natijalar berib, yuqoridagi
barcha ko’ngilsizliklar oldi olinadi.
Mikrobiologiya sanoatida esa V
12
vitaminini aseton butil ishlab chiqarishdagi chiqindilarni
metanobakteriyalar bilan achitish orqali olish mumkin.
Bundan tashqari chorvachilikda mikrobiologiya sanoatining ajoyib maxsuloti – fermentli
preparatlardan foydalanib qo’shimcha go’sht va sut etishtirish mumkin. Rasion tarkibiga
qo’shilgan ferment preparatlari tirik organizmga, ayniqsa ular ancha yosh bo’lganda, oziqa
moddalarining yaxshi hazm bo’lishida yordam beradi. SHu tufayli cho’chqa bolalari, buzoqlar
va qo’zichoqlar o’sishida yordam beradi. Ularning o’rta sutkali vazni 10–12% ga ortadi, oziqa
sarfi tejaladi. Biroq bu hali hammasi emas. YAxshi oziqa massasini sut achituvchi bakteriyalar
hosil qiladigan sut kislotasi bilan qishga silos tayyorlash, konservalash mumkin. Silos
tayyorlanganda oziqa moddalari, jumladan vitaminlar odatdagi pipan tayyorlashdagiga nisbatan
ancha kam nobud bo’ladi.
Demak, chorvachilikni rivojlantirishning eng muhim tomonlaridan biri – bu oziqa sifatida
takomillashtirishdadir.
Biz shu paytgacha mikroorganizmlarni foydali tomonlari chorvachilik oziqa rasionini
boyitish yo’llari haqida hikoya qildik. Endi esa bakteriyalar va zamburug’lardan foydalangan
holda odamning ovqatlanish rasionini takomillashtirishga e’tiborimizni qaratmoqchimiz.
G’alla va boshqa qishloq xo’jalik ekinlarini etishtirish uchun qanchalik kuch g’ayrat va
mehnat sarf qilinishi hech kimga sir emas. SHuningdek, chorvachilikda ham buni ko’rish
mumkin. Misol tariqasida quyidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz: Har bir
tonna hayvon oqsili sintezi uchun kamida 4,8–4,9 tonna oson hazm bo’ladigan oziqa oqsili sarf
qilishga to’g’ri keladi. Agar biz is’temol qiladigan hayvon maxsulotlarini alohida olib
ko’radigan bo’lsak, quyidagi manzara namoyon bo’ladi: 1 t sut oqsilini tayyorlash uchun 3,8–
4,0 t: tuxum oqsili uchun – 3,9–4,1 t: parranda go’shti oqsili uchun 4,5–4,7 t: mol go’shti oqsili
uchun esa 9,3–9,7 t hisobiga oziqa oqsili sarflanishi aniqlangan.
Hayvonlarni bunday katta – sarf xarajatlar bilan uzoq vaqt parvarishlash chorva
maxsulotlaridagi oqsil tannarxining qimmatlashib ketishiga olib keladi.
Xo’sh nima qilish kerak degan savol tug’ilishi tabiiydir. Mikrobiologiya va kimyo fanlari
ijodiy hamkorlikda oziqa moddalari, birinchi navbatta ularning eng muhim va qimmatli qismi –
oqsil olishning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqdi. YA’ni, achitqi zamburug’lar oziqa
maxsulotlarini boyitishning eng asosiy manbalaridan biri ekanligi isbotlandi.
SHuningdek, kandida avlodiga mansub tez rivojlanuvchi achitqilar va sekin o’sadigan
saxaromiset achitqi zamburug’lari vakillari nonvoychilik va pivochilik sohalarida barchamizga
ma’lumdir.
Bu turdagi xomashyo maxsus turga mansub mikroblar yordamida o’sha tanqis
aminokislotalar – lizin, triptorfan, treonip va metionin ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
Aminokislota va achitqilardan birinchi navbatda eng asosiy oziqa maxsuloti, rizq - ro’zimiz
bo’lgan nonning oziqa qiymatini oshirishda foydalanish mumkin.
Olimlar aniqlashicha nonda oqsil miqdori unchalik ko’p emas: javdar unidan tayyorlangan
nonning 100 grammida hammasi bo’lib, 6,5 grammgacha, bug’doy unidan tayyorlangan nonda
– 8,3 gramm oqsil bo’ladi, xolos. Biroq, olimlar o’rta yoshli kishining bir kunda 450 g non
eyishi bilan oladigan oqsil miqdori bor – yo’g’i 29 grammga ya’ni uning o’rtacha sutkalik
extiyojining uchdan biriga teng kelar ekan. SHuningdek, nonda lizin, triptofan, metionin
etishmaydi. Umuman bug’doy nonning biologik qiymàti 38% ni tàshkil etsà, oqsilning sof
pàrchàlànishi 33% gà tång. Õo’sh qàndày usullàr bilàn nonning biologik sàmàràdorligini
oshirishi mumkin?
Bundà bizgà yanà biotåõnologik jàràyon orqàli olingàn lizin yordàm bårishi mumkin.
Olimlàr tà’kidlàshlàrigà: 1 t ungà àtigi 150 gràmm lizin qo’shilgàndà nondàgi oqsil sifàti kåskin
oshishi àniqlàngàn.
Bug’doy uniga birgina tanqis aminokislota – lizin qo’shilgandagina natijalar ana shunday.
Agar un tarkibiga etishmayotgan barcha tanqis aminokislotalar qo’shilsa, nima bo’ladi?
Demak, biz bug’doy uniga tanqis aminokislotalarga boy bo’lgan aminokislotalarni,
zamburug’larni (xamirturish) solish orqali biz aminokislotalar tarkibi va biologik qimmati
bo’yicha sut va tuxum oqsillariga yaqin va mol go’shti oqsillaridan qolishmaydigan non
maxsulotlari olishimiz mumkin. Xamirturish faqatgina tanqis aminokislotalarga emas balki
vitaminlarning miqdori va sifati bo’yicha ham ancha boydir.
Umuman, biotexnologiya va sanoat mikrobiologiyasining rivojlanishi faqat ko’p tonnali
qimmatli oziqa ishlab chiqarishni emas, balki turli xildagi fiziologik faol moddalar ishlab
chiqarish imkonini ham beradi.
Bu borada mikrobiologiya sanoati imkoniyatlari beqiyosdir. Ularning yana bir tarmog’i
o’simlik qoldiqlaridan (shox – shabba, g’o’zapoya, makkajo’xori poyasi, samon va hokazo)
shakar va uning o’rnini bosuvchi maxsulotlar ishlab chiqarishdir.
Mikrobiolog olimlar tajriba – sanoat sinovlari va hisoblarining ko’rsatishiga, 1 t. quruq
yog’ochdan 450 – 500 kilogrammga etkazib shakar yoki bir kubometr zichlangan yog’och
qipig’i, daraxt parchalari va o’tindan esa 180 – 200 kg gacha shakar olish mumkin. Olingan toza
shakar moddasi mikrobiologiya sanoati uchun oqsil moddalari achitqilar, vitaminlar, spirt va bir
qator moddalar va maxsulotlar ishlab chiqarishga yaroqli bo’ladi. Xuddi shu yo’l bilan glyukoza
ishlab chiqarish mumkin.
Buning uchun o’simlikning selyuloza saqlovchi qoldiqlariga kimyoviy yoki fermentativ
ishlov beriladi va natijada 55% glyukoza va 45% fruktozalardan iborat aralashma olish mumkin.
Bunday aralashma shirinligi bo’yicha biz odatlangan saxarozaga tenglashib sanoat yo’li bilan
olinadigan lavlagi shakar o’rnini almashtirishi mumkin.
Glyukozaizomerazaning kashf etilishi va uning keng qo’llanilishi shakarli moddalar ishlab
chiqarish yo’lida katta burilish yasadi. Immobilizasiya qilingan bu ferment yordamida AqSH,
YAponiya, Daniya, Finlandiya kabi bir qator rivojlangan mamlakatlarda qand lavlagidan emas,
balki ancha arzon va etarli bo’lgan xomashyo makkajo’xori donidan millionlab tonna shakarli
oziqa maxsulotlari ishlab chiqarilmoqda. 2000 yilning o’zida 3 mln. tonna glyukoza fuktoza
sharbati ishlab chiqarilgan va bu jarayon uchun zarur bo’lgan glyukoza -izomeraza fermenti 40
mln. $ hàjmidà ishlàb chiqàrilgàn.
SHu o’rindà e’tiboringizni shirin tà’m båruvchi moddàlàrgà tàlàb dàràjàsining oshirib
boràyotgànligigà qàràtmoqchimiz. Endilikdà sànoàt mikrobiologiyasi, shirin moddàlàr ishlàb
chiqàrish soõàsidà mutloqo yangi sàhifà ochmoqdà. Bu boràdà dàstlàbki sàmàràli ishni
Àngliyaning Kånt univårsitåti profåssori K. Ståsi õodimlàri bilàn hàmkorlikdà yuqoridàgi
uslublàr bilàn shu oqsilning shàkàrgà nisbàtàn ming màrtà shirinroq turini sintåz qilàdigàn gånni
àjràtib oldi và bàktåriyagà (E. soli) o’tkazdi. Bakteriya va maxsulotni ishlab chiqara boshladi.
SHuni a’lohida ta’kidlab o’tish lozimki, yangi transgen organizm odam organizmi tana
haroratidan yuqori haroratda o’sib ko’payganligi uchun ham umuman xavfli emas.
Ayni paytda biotexnologik ishlab chiqarish amaliyotida quyidagi shirin ta’m beruvchi
maxsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Aspartam 200, Stevozid 150,0, Taumatin – 3000 marotaba
shirinligi saxarozadan yuqori va bularning barchasini foydali genlari ichak tayoqchasi
bakteriyasiga transformasiya qilingan va sanoatda foydalanilmoqda.
Bunday mikroorganizmlarni sanoat miqyosida ko’paytirish juda katta samara berishi tabiiy
holdir. Ayni vaqtda mamlakatimizda shakar maxsulotiga bo’lgan talabni qondirishda bu usul
juda asqotadi deb hisoblaymiz.
Bundan tashqar mikrobologik sintez yo’li bilan olingan oqsil va boshqa oziq moddalardan
suniy oziq - ovqat maxsulotlari tayyorlash uchun foydalanilganda to’la qimmatli oziqa ishlab
chiqarishni amalda cheklanmagan hajmda tashkil qilish mumkin.
YOshlik davrni uzaytirish, keksalikgacha bo’lgan muddati cho’zish, mehnat va ijtimoiy
qobilyatni uzoq yillar saqlab qolish muommolari ko’p ma’noda odamningo-qilona va sifatli
ovqatlanishi bilan bir qatorda o’z vaqtida har xil kasalliklardan o’zini himoya qilishiga ham
bog’liq.
Biotexnologiya sohasining asosi bo’lmish mikrobologiya sanoatining rivoji bugungi kunda
o’ta xavfli hisoblangan bir qator kasalliklarning oldini olish va ularni davolashning samarali
yangicha qudratli manbaiga aylanmoqda. Bunga bir necha misol keltiramiz.
Mikroblarning tibbiyotdagi imkoniyatlari to’g’risidagi fikrimizni davom ettirib, ularni
antibiotiklar sintez qilish imkoniyatlariga e’tiboringizni tortmoqchimiz.
Mikroorganizmlar 6000 dan ortiq antibiotiklar sintez qiladi. Ulardan 100 dan ortig’i
tibbiyotda qo’llaniladi. Oddiygina deyarli barchamizga odatiy hol bo’lib qolgan grippning ayni
vaqtida juda xavfli asoratlar qoldirayotganligining guvohimiz. Grippning oldini olishning
samarali yo’llaridan biri – oliy sifatli konsentrlangan interferonni ommaviy ravishda ishlab
chiqarishini yo’lga qo’yishdir.
Ilgari interferon donor qonidan olinar va ancha qimmatga tushardi. Hozirgi davrda
interferon ishab chiqarish uchun javobgar genni bakteriyalarga o’tkazish orqali bakterial
interferon ishlab chiqarildi va bir qator davlatlarda amaliyotda muvaffaqiyatli qo’llanilmoqda.
Hozirgi vaqtda interferon sintez qiluvchi odam genini achitqi hujayrasi xromosomalariga
kiritish va bu mikrob hujayrasining interferon sintez qila boshlaganligi gen muxandisligi fanida
olamshumul burilish yasadi. Bugungi kunga kelib interferonga bo’lgan talab ortib, uning
qo’llanilish sohasining yangi yo’nalishlari aniqlanmoqda. Xususan, xavfli o’simliklarni
davolashda ham ijobiy natijalarga erishilmoqda. SHuningdek, interferonning organizm
hujayrasining o’zgarishiga olib keluvchi kanserogan moddalardan himoya qiluvchi
qobiliyatidan ham unumli foydalanish mumkinligi isbotlandi.
Hozirgi vaqtda chorva mollarining quturish va boshqa bir qatorli virusli kasalliklarga qarshi
vaksinalar ishlab chiqarish texnologiyalari ham yaratilgan va amalda ishlatilmoqda.
SHuningdek, viruslvrning nuklein kislotalarga mos bo’lgan (spesefik) nukleaza fermenti
topildi va u virusga qarshi ko’rashda qo’l kelmoqda. Jumladan mikrob fermentlarini tibbiyotda
qo’llash bo’yicha bir qator ibratli ishlar qilinmoqda. YUqorida takidlab o’tilganidan tashqari
oqsilni parchalovchi proteaza fermenti asosida yaralarni davolash uchun yangi dorivor fermen
preparati – proteazim (profezil) ishlab chiqiladi.
Mikrob biotexnologiya sanoatida ishlab chiqariladigan fermentlar bir qator kasalliklar
jumladan, rakni davolash uchun ham qo’llash mumkinligi isbotlandi. 1982 yildayoq yurak - qon
tomiri kasalliklarini davolash uchun immobilizasiya qilingan fermentlardan foydalanishning,
nazariy, amaliy va klink asoslari ishlab chiqilgan edi. Bu preparatlar qonga kiritilganda
tomirlarda qonning ivib qolishi xavfining oldi olinadi. Streptodekaza preparati infarktning og’ir
shakli bilan og’rigan bemorlar ahvolini yaxshilaydi uning rivojlanishi susayadi. Ko’zning
shikastlanishida va operasiyadan keyingi murakkab holatlarda streptodekaza preparati ko’z
olmachasida to’planadigan qonni eritib yuboradi.
Bundan ko’rinib turibdiki, Biotexnologiya sanoati inson salomatligi yo’lida davolash
vositalarining ilgari ko’z ko’rib quloq eshitmagan qudratli va maqsadli ishlab chiqaruvchisiga
aylanmoqda. Hozirgi zamon farmakologiyasida muhim hayotiy jarayonlarni boshqarish va
faollashtirish uchun ko’plab dori darmonlar ishlab chiqarmoqda. Biotexnologiya sanoati esa bu
dori darmonlarni vitaminlar, fermentlar bilan hozirga kelib esa gen muxandisligi yutuqlaridan
foydalanib yaratilgan turli garmonlar (o’stirish garmonlari va boshqalar) bilan to’ldirmoqda.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng qishloq xo’jaligiga bo’lgan
munosabat tubdan o’zgardi. SHu boisdan jaxon miqyosida xalq xo’jaligida keng ko’lamda
qo’llanilayotgan biotexnologiya fanining yutuqlarini mukammal egallash va bu fan usullarini
amaliyotga tadbiq etish katta ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |