Vektor gen bilan ligaza fermenti yordamida birikkandan keyin rekombinant DNK hosil
bo’ladi. Keyin, bu birikma (vektor gen) mikroorganizm hujayrasiga yuboriladi (transformasiya) va
u erda amplifikasiya (ko’payish) amalga oshadi.
Natijada bir genning bir necha nusxasi – klon paydo bo’ladi. SHuning uchun ham bu yo’lni
klonlash deb ataladi.
Agar klonlash maqsadida hamma genlar saqlovchi odam DNK si ishlatilsa,
odamning gen
kutubxonasi (klonoteka) hosil bo’ladi.
Bu usulda bakteriyalarga klonlashtirilgan inson, hayvon yoki o’simliklar genlari to’g’ridan-
to’g’ri bakteriyada faoliyat ko’rsata olmaydi.
Ishlash uchun esa, ularni bakteriyadan ajratish, bakteriya genini boshqaruvchisi (regulyatori)
bilan jihozlash va qaytadan bakteriyaga kiritish zarur.
Bugungi kunda har xil genlar saqlovchi va kerakli maxsulot sintez
qiluvchi bir qator transgen
bakteriyalar yaratilgan va muvaffaqiyat bilan ishlatilib kelinmoqda.
SHu sababli ham tabiiy shtammlar yordamida olinadigan maxsulotlar (birinchi avlod
maxsulotlari) bilan bir qatorda transgen shtammlar yordamida rekombinant oqsillar (ikkinchi avlod
maxsulotlari)ni sanoat miqyosida ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Biologik maxsulotlarni
uchunchi avlodi – tabiiy oqsillarning vazifalarini to’liq
bajara oladigan, ammo tabiiy bo’lmagan
maxsulotlarni sintez qilish natijasida paydo bo’ladi.
Gen–muxandisligi usullari (rekombinant DNK texnologiyasi) tibbiyot uchun zarur bo’lgan,
qimmatbaho oqsil moddalari ishlab chiqarish yoki ko’p tonnalik oqsil moddalari ishlab chiqarish
jarayonlarida keng qo’llanib kelinmoqda. Eng avvalo inson organizmida sintez bo’ladigan va
dorivor modda sifatida ishlatiladigan oqsil va peptidlarni sintez qilishni yo’lga qo’yish katta
ahamiyat kasb etadi.
Gen muxandisligi muammolari bilan shug’ilanadigan omillarni asosiy vazifalaridan biri ham
shunday birikmalarni etarlicha sintez qila oladigan bakteriyalar
shtammlarini yaratishga
bag’ishlangan. Bu jarayonni asosiy qiyinchiliklari, shtamm yaratish bilan bog’liq emas, balki,
yaratilgan shtammda sintez qilingan oqsil moddalarini kerakli me’yorda ushlab turish, ularni
modifikasiyaga uchrab, mikroorganizm hujayrasida parchalanib ketmasligi
uchun sharoit yaratish
bilan ham uzviy bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: