Biotexnologiya asoslari


Rekombinant DNK olish usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   139
Biotexnologiya asoslari

 
Rekombinant DNK olish usullari 
 
Sun’iy sharoitda rekombinant DNK olish va genlarni klonlash ilk bor 1972 yilda AqSH
olimlari Boyer va Koen tomonidan amalga oshirilgan. Bu olimlar E.coli bakteriyasining 
xromosoma DNKsiga va shu bakteriya plazmidasiga alohida idishlarda EcoRI restriktaza fermenti
bilan ishlov berganlar. Plazmida tarkibida faqat 1 dona EcoRI restriktaza fermenti tanib
kesadigan maxsus nukleotidlar izchilligi bo’lganligi sababli ferment plazmidaning xalqasimon 
DNK qo’sh zanjirini faqat bir joydan kesib, plazmidani «yopishqoq« uchli ochiq holatga o’tkazadi.
Xromosoma DNK molekulasida EcoRI restriktaza fermenti taniy oladigan maxsus nukleotidlar 
izchilligi qanday bo’lsa, bu molekula shuncha bo’lakka bo’linadi.
Turli xil o’lchamga ega bo’lgan DNK molekulasi elektroforez uslubi yordamida ajratib
olinadi. Ajratib olingan «yopishqoq« uchli xromosoma DNKsi bo’lagi ochiq holatdagi
«yopishqoq« uchli plazmid DNKsi bilan aralashtirilib ligaza fermenti yordamida tiqiladi. Natijada 
plazmid tarkibiga xromosoma DNK bo’lagi kiritiladi.
SHu boisdan rekombinant DNK ga quyidagicha tarif berish mumkin: har qanday tirik 
organizm irsiy molekulasining istalgan bo’lagini vektor molekulalariga birikishdan hosil bo’lgan 
sun’iy DNK rekombinant DNK deyiladi.
Rekombinant DNK olishning uchta usuli mavjud-konnektor usuli, restriktaza-ligaza va linker
molekulalaridan foydalanish usuli. Konnektor usulida rekombinasiyada ishtirok etuvchi DNK
bo’lagining 3' uchiga dezoksinukleotidiltransferaza fermenti yordamida malum uzunlik dagi 


oligo (dA) - segmenti ulanadi. Ikkinchi uchiga esa oligo (dT) - segmenti ulanadi. Bu DNK 
bo’laklari aralashtirilganda dA va dT segmentlarning vodorod bog’lari asosida komplementar 
birikishi tufayli xalqasimon DNK strukturasi hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan DNK dagi bir zanjirli 
bo’sh joylar DNK-polimeraza I fermenti yordamida tuldiriladi.
Restriktaza-ligaza usuli eng sodda va oson rekombinant DNK olish usuli hisoblanadi. Bu 
usulda DNK molekulasi va vektor plazmida «yopishqoq« uchlar hosil qiluvchi restriktaza bilan 
qirqiladi va aralashtirilgan holda ma’lum sharoitda reassosiasiya qilinadi. Komplementarlik 
xususiyatiga ko’ra DNK molekulalari o’zaro vodorod bog’lari yordamida birikib xalqasimon 
struktura hosil qiladi va DNK zanjirining birikmagan joylari DNK-ligaza fermenti yordamida 
ulanadi.
Linker molekulalaridan foydalanish usulida DNK molekulasiga va vektor plazmidaga T4 
fag DNK-ligaza fermenti yordamida maxsus nukleotid ketma-ketligiga ega bo’lgan linker
molekula ulanadi. Olingan ikki turdagi DNK molekulasi restriktaza fermenti yordamida kirqilib 
aralashtirilgan holda reassosiasiya qilinadi. DNK va vektor plazmida molekulalarining birikmagan 
joylari DNK-ligaza fermenti yordamida ulanadi. SHu yusinda rekombinant DNK molekulasi hosil 
bo’ladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin