Biotexnologiya asoslari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/139
tarix27.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#199267
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   139
Biotexnologiya asoslari

 
Nazorat savollari 
1.
Gen muxandisligining moddiy asoslari haqida ma’lumot bering? 
2.
Replikasiya nima? 
3.
Transduksiya nima? 
4.
Oqsil biosintezini gapirib bering? 
5.
Vektorlar haqida ma’lumot bering? 
3-mavzu. HUJAYRA BIOTÅÕNOLOGIYASI
 
Reja: 
1. Hujayra biotexnologiyasi moddiy asoslari.
2. Hujayra kulturasi. 
3. Hujayra to’qimasi. 
4. Ajratib olingan hujayralar va to’qimalarining yo’nalishlari. 
5. Hujayralar qo’shilishi. Protoplast. Kallus to’qimalari. Meristema.
Foydalaniladigan adabiyotlar: 
[A1, 3-279; A2,4-6; A4,45-49; A8,45-48; A9,23-34; A11,23-34; A5,6-12.] 
1. Hujayra kulturasi va to’qimasi 
Hujayra biotexnologiyasi
– hujayra, to’qima va protoplastlarni ishlatishga asoslanadi. 
Hujayralarni manipulyasiya (faoliyatiga qandaydir o’zgarishlar kiritish) qilish uchun, ularni 
o’simlikdan ajratib olish o’simlik organizmidan tashqarida yashashi va ko’payishi uchun sharoit 
tug’dirib berish lozim. Ajratib olingan hujayra va to’qimalarni sun’iy ozuqa muhitida, steril 
sharoitda (
in vitro
) o’stirish, usuli ajratilgan to’qimalar kulturasi deb nom oldi va ularni 
biotexnologiyada ishlatish mumkinligi sababli, katta ahamiyat kasb etdi. 


Biotexnologiya uzoq - uzoqlardan ma’lum bo’lsada, alohida amaliy fan sifatida o’tgan asrni 
ikkinchi yarmidan boshlab, insoniyat eng avvalo o’zi uchun o’ta zarur bo’lgan ya’ni oziq-ovqat, 
energetika, zahira (resurs), atrof – muhitni muhoxazasi va x.k. muammolarni tubdan yangi asosda 
echishi zarurligini sezganidan keyin mujassamlana boshlandi. Biotexnologik jarayonlar sun’iy 
ozuqa muhitida o’stirilgan mikroorganizmlar, o’simlik va xayvon to’qimalari, hujayralari va 
orgalaridan foydalanishga asoslanadi. Xozirgi vaqtda dunyoni ko’plab mamlakatlarida 
biotexnologiyani rivojlanishiga alohida e’tibor berilmoqda. Bunga asosiy sabab, biotexnologiyani 
boshqa texnologiyalarga nisbatan bir qator ustunlikka egaligidir. Masalan, biotexnologik jarayonlar 
juda kam energiya talab qiladilar, deyarli chiqindisiz, ekologik toza va x.k SHuning bilan bir 
qatorda, biotexnologiya standart jihozlardan va preparatlardan foydalanadi va iqlim sharoitiga 
qaramasdan hamda ko’p maydon egallamagan holda jarayonlarni yil bo’yi o’tkazishga asoslanadi. 
Aytib o’tilgan ustunliklar, o’simliklarni va xayvonlarni hujayralari, to’qimalari va organlariga ham 
tegishlidir. 
Ajratib olingan hujayralar va to’qimalarni biotexnologiyadagi rolini uch yo’nalishda ko’rish 
mumkin: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin