Reja: Gen muhandisligi haqida



Yüklə 20,49 Kb.
səhifə1/2
tarix10.05.2023
ölçüsü20,49 Kb.
#110833
  1   2
Reja Gen muhandisligi haqida


Mikroorganizmlarning gen muhandisligida qo'llanilishi

Reja:


1. Gen muhandisligi haqida
2. Mikroorganizmlarning gen muhandisligida foydalanilishi
3. Bakteriya va zamburug'lardan olinadigan foydali moddalar.

O’tgan asrning 70 – yillarida biotexnologiyada yangi tajriba texnologiyasi – genetik (gen) muxandislik yaratildi. Bu usulning asosida hujayradan tashqarida rekombinant DNK yaratish yotadi. Bu texnologiyadan foydalanish oqibatida genlarni sof holda ajratish, ularni modifikasiya qilish, birini ikkinchisiga ulash, “genlar majmuasi” yaratish, oqibatida butunlay yangi xususiyatiga ega bo’lgan oqsil sintez qilish imkoniyati yaratildi va uni oqsillar muhandisligi deb ataladi
Vektor gen bilan ligaza fermenti yordamida birikkandan keyin rekombinant DNK hosil bo’ladi. Keyin, bu birikma (vektor gen) mikroorganizm hujayrasiga yuboriladi (transformasiya) va u erda amplifikasiya (ko’payish) amalga oshadi.
Natijada bir genning bir necha nusxasi – klon paydo bo’ladi. SHuning uchun ham bu yo’lni klonlash deb ataladi. Agar klonlash maqsadida hamma genlar saqlovchi odam DNK si ishlatilsa, odamning gen kutubxonasi (klonoteka) hosil bo’ladi. Bu usulda bakteriyalarga klonlashtirilgan inson, hayvon yoki o’simliklar genlari to’g’ridanto’g’ri bakteriyada faoliyat ko’rsata olmaydi. Ishlash uchun esa, ularni bakteriyadan ajratish, bakteriya genini boshqaruvchisi (regulyatori) bilan jihozlash va qaytadan bakteriyaga kiritish zarur. Bugungi kunda har xil genlar saqlovchi va kerakli maxsulot sintez qiluvchi bir qator transgen bakteriyalar yaratilgan va muvaffaqiyat bilan ishlatilib kelinmoqda.
Shu sababli ham tabiiy shtammlar yordamida olinadigan maxsulotlar (birinchi avlod maxsulotlari) bilan bir qatorda transgen shtammlar yordamida rekombinant oqsillar (ikkinchi avlod maxsulotlari)ni sanoat miqyosida ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Biologik maxsulotlarni uchunchi avlodi – tabiiy oqsillarning vazifalarini to’liq bajara oladigan, ammo tabiiy bo’lmagan maxsulotlarni sintez qilish natijasida paydo bo’ladi. Gen–muxandisligi usullari (rekombinant DNK texnologiyasi) tibbiyot uchun zarur bo’lgan, qimmatbaho oqsil moddalari ishlab chiqarish yoki ko’p tonnalik oqsil moddalari ishlab chiqarish jarayonlarida keng qo’llanib kelinmoqda. Eng avvalo inson organizmida sintez bo’ladigan va dorivor modda sifatida ishlatiladigan oqsil va peptidlarni sintez qilishni yo’lga qo’yish katta ahamiyat kasb etadi.
Gen muxandisligi muammolari bilan shug’ilanadigan omillarni asosiy vazifalaridan biri ham shunday birikmalarni etarlicha sintez qila oladigan bakteriyalar shtammlarini yaratishga bag’ishlangan. Bu jarayonni asosiy qiyinchiliklari, shtamm yaratish bilan bog’liq emas, balki, yaratilgan shtammda sintez qilingan oqsil moddalarini kerakli me’yorda ushlab turish, ularni modifikasiyaga uchrab, mikroorganizm hujayrasida parchalanib ketmasligi uchun sharoit yaratish bilan ham uzviy bog’liqdir.
Antibiotiklar - mikroorganizmlar sintez qiluvchi eng yirik sinov farmasevtik preparatlar hisoblanadi. Ulardan ba’zi-birlari qishloq xo’jaligida xilma-xil zararkunandalarga qarshi (masalan, polioksin, baridamisin, kosgalisin va x.k.) ishlatilsa, boshqalari tibbiyotda (penisillin, tetrasiklin, sefolasporin S va x.k.) keng qo’llaniladi. Atigi 6 avlodga mansub zamburug’larni 1000 dan ortiq xilma-xil antibiotiklar sintez qilishi ma’lum. Ko’pgina antibiotiklarni aktinomisetlar sintez qiladilar. Birgina Streptovyces griscus 50 dan ortiq antibiotiklar sintez qilishi ma’lum. Mikroorganizmlar sintez qiladigan antibiotiklardan atigi bir qismigina amaliyotda keng ishlatiladi. Eng avvalo bular penisillinlar va sefolasporinlardir. Bu antibiotiklarni sintez qiluvchi zamburug’lar Penicillum va Ctpholosporum avlodiga mansub. Streptomisin, gentamisin, tetrasiklin kabi antibiotik Streptomyces avlodiga mansub aktinomisetlar hamda Micromonospora va Bacillus avlodlariga mansub bakteriyalar tomonlaridan sintez qilinadilar..
Gen muxandisligi “davri”gacha antibiotik sintez qiluvchi mikroorganizmlar shtammlarini asosan mutagenez va seleksiya yo’llari orqali olingan. Masalan: seleksiya hamda fermentasiya sharoitlarini tanlash oqibatida sanoat sharoitida penisillin ishlab chiqaradigan shtammni hosildorligi 1 litr oziqa muhitida 40 grammgacha ko’tarildi. Bu ko’rsatkich, dastlabki, Penecillum chrysogenum shtammiga nisbatan 20 ming marotaba ko’proqdir. Shuningdek, modifikasiya qilingan antibiotiklarni ishlab-chiqarish imkoniyatini beradigan mutasintez usuli ham yaratildi. Bu usul - antibiotiklar sintezining ma’lum qismida o’zgarish kiritilgan mutant shtammlardan foydalanishga asoslangan.
Funksional faol bo’lgan antibiotik sintez qiluvchi oziqa muhitiga o’zgartirilgan qismni anologlari qo’shiladi va oqibatda o’sha qo’shilgan modda saqlagan, antibiotikni modifikasiyalari hosil bo’ladi. Bu usul ayniqsa patogen bakteriyalarni antibiotiklarga moslashib borayotgan jarayonlarda juda qo’l keladi. Ma’lum bir qismi o’zgargan, ammo funksional faolligi saqlanib qolgan antibiotiklarga moslashish qiyinlashib boradi. Hozirgi paytda ampisillin, sefoleksin, metisillin kabi yarim sintetik antibiotiklardan keng foydalanilmoqda.
Antibiotiklar - mikroorganizmlarning 10 dan 30 gacha ba’zida esa undan ham ko’proq gen maxsulotlarining hamkorlikdagi ta’siri natijasida paydo bo’ladi. Shuning uchun ham gen muhandisligi orqali serhosil shtammlar yaratish ancha mushkul ish. Ammo, bu muammo bir operonda sintez bo’ladigan multifermentlar kompleksi orqali sintez bo’ladigan peptid bog’liq antibiotiklarga ta’luqli emas. Bir mikroorganizmlardagi genlarni shu avlodga yaqin bo’lgan mikroorganizmlarga o’tkazish natijasida yangi xususiyatga ega bo’lgan “gibrid” antibiotiklari sintez qilishga erishish mumkin.
Xuddi shu usul bilan 1988 yilda AqSHda biokimyogar Mixael Xopvud tomonidan ishlatilgan edi. Oqibatda antinorodin va medermisin antibiotiklarini biosintezida ishtirok etuvchi genlarni qo’shish natijasida “mederrodin” deb atalgan yangi antibiotik yaratishga erishilgan edi. Xuddi shu olim tomonidan keyinroq digidrogranatirodin nomli gibrid antibiotik sintez qiluvchi yangi shtamm ham yaratilgan edi. Ba’zi bir misollarda hujayrada antibiotik sintez qiluvchi genlarning nusxalarini ko’paytirish natijasida mikroorganizmlar shtammlarini hosildorligini oshirish mumkinligi ham keltirib o’tilgan. Masalan, xuddi shu usul bilan antinorodin antibiotigini sintezi bir necha marotaba oshirilganligi ilmiy adabiyotlarda keltirilgan.
Antibiotiklar tibbiyotdan tashqari qishloq xo’jaligida (hayvonlarni davolash hamda hayvonlar bolalarining o’sib rivojlanishini jadallashtirish) va oziq ovqat sanoatida (konservasiya jarayonlarida) keng ishlatiladi. 1987 yilda chet elda ishlab chiqarilgan antibiotiklarning miqdori 3,7 mlrd. dollorni, 1992 yiil 4,2 mlrd. dollorni tashkil etgan bo’lsa 2000 yilga kelib, bu ko’rsatkich 6 mlrd. dan oshib ketdi. Ko’pchilik hollarda kasallik qo’zg’atuvchi bakteriyalarga qarshi ularni antogonistlari -boshqa bakteriyalardan foydalaniladi.Misol tariqasida tish emalini emiradigan Streptococcus mutans shtammiga qarshi shu bakteriyani mutant shtammini qeltirish mumkin. Tabiiy shtammga qarshi og’iz chayishga tavsiya qilingan mutant shtamm o’zidan tabiiy shtammni o’ldiradigan oqsil chiqaradi va natijada tishni sog’lom saqlab qolishga erishiladi. Bu holatda antogonist bakteriyalar biosterilizatorlar vazifasini
bajaradilar. Xuddi shu yo’l bilan qishloq xo’jalik o’simliklarini himoya qilish ham mumkin.
Misol tariqasida Fusarium oxysporum zamburug’i chaqiradigan pomidor ko’chatidagi yuqumli kasallikni ko’rsatish mumkin. Bu kasallik, shu zamburug’ chaqiradigan fuzar kislotasini ta’sirida kelib chiqadi. Bunga qarshi esa Pseudomonas solanacterium bakteriyasidan keng qo’llaniladi. Pseudomonas bakteriyasi fuzar kislotasini o’z hujayrasiga yutib olish xususiyatiga ega va shu sababli uning kasallik qo’zg’atish xususiyatini kamaytiradi.
Antibiotiklarni (antibiotik moddalar) turli xil guruh organizmlar (bakteriyalar, zamburug’lar, yuqori o’simliklar, hayvonlar) ishlab chiqaradilar. Birinchi antibiotikaning ochilish tarixi Shotlandiya mikrobiologi A. Fleminga (1881-1955) nomi bilan bog’liq. Ilmiy adabiyotlarga antibiotik atamasi 1942 yil Vasxman tomonidan kiritilgan. Bu atama ma’lum bir mukammallikga ega (so’zma-so’z tarjimasi - “hayotga qarshi” degani) bo’lmasa ham faqat ilmiy leksikongagina mustaxkam kirib olmasdan, kundalik gapimizda ham ishlatilib kelmoqda.
Antibiotiklar - organizmlar hayot faoliyatining maxsus maxsuloti yoki ularning modifikasiyasi, ayrim mikroorganizmlarga (bakteriyalar, zamburug’lar, suv o’tlariga, soda hayvonlarga) viruslarga va boshqalarga nisbatan yuqori fiziologik faollikka ega bo’lgan, ularni o’sishini to’xtatadigan yoki taraqqiyotini butunlay yo’qotadigan moddalardir.
Organizmlar modda almashinuvida hosil bo’ladigan bu maxsulotning spesifikligi shundaniboratki, birinchidan, antibiotiklar boshqa moddalardan masalan, spirtlardan, organik kislotalardan va ayrim boshqa mikroorganizmlarni o’sishini to’xtata oladigan moddalardan farqi o’laroq yuqori biologik faollikka ega bo’lgan moddalardir. Masalan, grammusbat bakteriyalar (mikrokokklar, streptokokklar, diplokokklar va boshqalar) o’sishini to’xtatish uchun eritromisin antibiotikasini minimal miqdorisi 0,01-0,25 mkg/ml miqdorda talab qilinadi. Albatta, bunday o’ta past miqdoridagi spirt yoki organik kislotalar bakteriyalarga hech qanday zarar keltiruvchi ta’sir ko’rsatmaydi.
Ikkinchidan, antibiotik moddalar tanlangan biologik ta’sirga ega. Bu degani anitibiotik bilan aloqada bo’lgan organizmlarni hammasi ham uning ta’siriga sezgir bo’lavermaydi. SHu sababli mikroorganizmlar ikki guruhga bo’linadi: ma’lum antibiotiklarga sezgir va unga rezistent (chidamli).
Ayrim antibiotiklar uncha ko’p bo’lmagan miqdordagi turlarni o’sishini to’xtatadi, boshqalari esa ko’p tur mikroorganizmlarning taraqqiyotini chegaralaydi. Antibiotiklarni shu mohiyatidan kelib chiqqan holda ular ikki guruhga bo’linadi: tor spektr ta’sirga ega bo’lgan antibiotiklar va keng spektrli biologik ta’sirga ega bo’lgan antibiotiklar.
Birinchi guruhga benzilpenisillin (U penisillini), novobiosin, grizeofulfin va boshqa antibiotiklar mansub bo’lsa, Ikkinchi guruh antibiotiklarga, ta’sir spektri keng bo’lgan: tetrasiklinlar, xloromfenikol, trixotesin va boshqalar kiradi. Hozirgi vaqtda 6000 ga yaqin antibiotiklar mavjudligi yozilgan. Eng ko’p miqdordagi antibiotiklarni (3000 dan ortiq) aktinomisetlar hosil qiladi. Aktinomisetlar sintez qiladigan yangi antibiotiklarni ro’yxati davom etmoqda. Antibiotiklar - turli xil sinflarga mansub kimyoviy birikmalarning vakillari -ancha oddiy asiklik birikmalardan birmuncha murakkab tarkibli polipeptidlar va aktinomisinlar tipidagi moddalardir.
Antibiotik moddalar kimyoviy tuzilishining xilma-xilligi tufayli biologik ta’sirning turli xil mexanizmiga ega, shunga asosan ularni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:Modda almashinish jarayonida raqobatli ta’sirga ega bo’lgan antibiotiklar (puromeosin, Dsikloserin, aktitiazoviya kislota). Hujayra qobig’i sintezini to’xtatuvchi antibiotiklar (penisillinlar, basirosin, vankomisin, sefalosporinlar).
Membranalar funksiyasini buzuvchi antibiotiklar (polienlar, valinomisin, gramisidinlar, trixomisin va boshqalar). Nuklein kislotalar sintezini (almashinuvini) to’xtatuvchi antibiotiklar:
• RNK sintezini to’xtatuvchilar (anzomisinlar, grizlofulvin, kanamisin, neomisin, novobiosin, olivomisin va boshqalar);
• DNK sintezini to’xtatuvchilar (aksinomisin D, aktinomisin S), bruneomisin, mitomisinlar, novobiosin, sarkomisin va boshqalar).
Azot asoslari purinlar va pirimidinlarni sintezini to’xtatuvchilar (azoserin, dekoinin, sarkomisin va boshqalar). Oqsilni sintezini to’xtatuvchi antibiotiklar (basirosin, aminoglikozidlar, metimisin, geterosiklinlar, xloromfenikol, makrolizlar va boshqalar). Nafas olishni to’xtatuvchi antibiotiklar (oligomisinlar, potulin, piosianin va boshqalar).
Fosforlanishni to’xtatuvchi antibiotiklar (valinomisin, gramisidinlar, kolisinlar, oligomisinlar va boshqalar). Antimetabolit xossaga ega bo’lgan antibiotiklar (aktinomisetlar va zamburug’larning ayrim turlari ishlab chiqaradigan antibiotik moddalar).
Bu birikmalar aminokislotalar, vitaminlar va nuklein kislotalarni antimetabolitlari sifatida ta’sir ko’rsatadi.


Yüklə 20,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin