Gen muxandisligi biotexnologiyasining yutuqlari sanoat ko’lamida va qishloq xo’jaligida
keng qo’llanilmoqda. Xususan, antibiotiklar,
aminokislotalar, vitaminlar va gormonlar ishlab
chiqarilmoqda, nasldor qoromol klonlari yaratilmoqda, tuproqda
va suvda zaharli pestisid
qoldiqlarini parchalaydigan mikroorganizmlarni transgen shtammalari olinmoqda, atmosfera azotini
o’zlashtiruvchi mikroorganizmlar genlari asosida tuproqni azotli o’g’itlar
bilan boyitish muammosi
echilmoqda, zararli xasharotlarga va patogen mikroorganizmlarga chidamli, ekologiyani asrovchi
transgen o’simlik
navlari etishtirilmoqda, irsiy kasalliklarni tezkor tashxis qilish uchun
diagnostikumlar tayyorlanmoqda,
shuningdek, gen terapiya takomillashtirilmoqda.
Bugungi kunda genetik muxandislikka asoslangan biotexnologiya tezkor oshib borayotgan,
inson extiyojlarini qondirish uchun klassik texnologiyalardan o’ta samarali ekanligini to’la
namoyon qilmoqda.
Dostları ilə paylaş: