Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalishi 5bt-s22 guruhi 2- bosqich talabasi Temirova Xusnoraning Ona tili nazariyasi va amaliyoti fanidan yozgan mustaqil ishi. Mavzu



Yüklə 19,81 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.12.2023
ölçüsü19,81 Kb.
#199305
Yuklamalarning tuzilishiga ko\'ra turlari (2) (4)




Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Boshlang‘ich 
ta‘lim yo‘nalishi 5BT-s22 guruhi 2- bosqich talabasi 
Temirova Xusnoraning Ona tili nazariyasi va amaliyoti 
fanidan yozgan mustaqil ishi. 
Mavzu: Yuklamalarning tuzilishiga ko'ra turlari 
Yuklamalar so‟z yoki gapga yuklayotgan qo‟shimcha ma‟nosiga ko‟ra 
yuqoridagi kabi nomlansa-da, umumiylik va xususiylik nuqtayi nazaridan tahlil 
qilinganda ba‟zi ma‟noviy qirralari bilan bir-biridan farq qiladi. O‟zbek tili milliy 
korpus bazasida yuklamalarni teglashda ularning ana shu ma‟no nozikliklarini 
ko‟rsatuvchi matnlar va gaplardan foydalanish kerak. Quyida hozirgi o‟zbek tilida 
so‟roq-taajjub yuklamasining ifodalanishi, vazifa semasi, milliy korpusda teglanishi 
haqida fikr yuritamiz. 
So’roq-taajjub yuklamalari so‟roq, taajjub, iltimos, buyruq, xavotir, ta‟kid va 
uqtirish, do‟q-po‟pisa, istak-xohish, qistash kabi ma‟nolarni bildiradi. 1. –chi 
so’roq-taajjub yuklamasi qo‟shimcha ko‟rinishda, so‟zdan chiziqcha bilan ajratib 
yoziladi. Gapga quyidagi ma‟nolarni yuklaydi: 
So‟roq: Majlisdan xabaring bo‟lg‟an bo‟lsa, kim qaysi fikrda qolg‟anini ham 
bilarsan? -Yo‟q. - Majlisda nimadan bahs qilinganini-chi? !(O‟tkan kunlar. 
A.Qodiriy.) 
2) 
taajjub: 
Bu 
go‟zallikdan 
rohatlansang-chi 
mundoq. 
Tushunmayapman seni. 3) iltimos: Eshikning zanjiriga bir qarab kelingiz-chi, imon 
topkur Jannat opa! (O‟tkan kunlar. A. Qodiriy.) 4) buyruq: Gap bilan bo‟lib zang‟ar 
kayf ham tarqab ketdi, qani, quy-chi birikkini! (O‟tkan kunlar. A. Qodiriy.243- 
sahifa) 5) xavotir: -Shoshma! – dedi Tohir. – Bu yerdagi besh-o‟nta yog‟ochni 
arralab tashlaganimiz bilan hech ish chiqmaydi. -Nega chiqmasin? Ot-arava 
o‟tolmaydigan qilamiz! -Birorta ustani olib kelib, ko‟prikni tuzatib, o‟tib ketaversa-
chi? (Yulduzli tunlar.P. Qodirov) 6) ta‟kid va uqtirish: Azimjon –chi, senga 
ammavachcha bo‟ladi. (A.Muxtor.”Chinor”romani). Men shu uzundan uzoq 
umrimda –chi, bolam, hech qachon bunday ojiz, bunday ayanch holga tushgan 
emasdim (A. Muxtor ”Chinor” romani) 7) do‟q-po‟pisa: Qo‟lingni yana bir tekkizib 



ko‟r-chi mening qizimga Buyruq va do‟q-po‟pisani bildirayotgan gaplarga 
qo‟shilib kelganda –chi so‟roq yuklamasi ko‟p hollarda buyruq maylidagi fe‟llar 
bilan birga keladi 8) istak-xohish: Avval siz bir urinib ko‟rsangiz-chi? Biror 
luqmagina yesangchi? Yaxshisi bir kino tomosha qilsak-chi? 9) kuchli qistash 
ohangidagi buyruq: Tezroq yursang-chi munday, imillamasdan. 2. -mi (-mu -ma) 
so’roq yuklamasi. So‟zga qo‟shilib yoziladi. So‟roq, taajjub, kuchaytiruv-ta‟kid, 
taxmin va noaniqlik, modal ma‟nolarni bildiradi. O‟zbek tilida shaxs-son va egalik 
qo‟shimchalaridan keyin qo‟shilib keladi. Bu yuklama hozirgi hamma turkiy 
tillarda mavjud bo‟lib dastlabki turkiy lingvogrammatik manbalarda kuchaytiruv-
taajjub yuklamasi bo‟lganligi aytiladi. Yuklamaning ushbu shakli so‟roq ma‟nosini 
juda aniq ifodalovchi bo‟lganligi uchun ko‟proq dialoglarda qo‟llanadi va bunday 
yuklama qatnashgan so‟roq gaplarning javobi ha, yo’q, mayli, xo’p kabi tasdiq va 
inkor so‟zli so‟z gaplar bilan ifodalanadi.
1) So‟roq ma‟nosini beradi: Rostmi? Buni hali o‟zi ham bilmaydi-ku qanday 
aytadi? (P. Qodirov) 
2) Modal ma‟noni bildirib noaniqlikni ifodalaydi: Uyidami, ko`chadami, uning 
uchun farqi yo`q edi.
3) Taajjub, hayrat va kutilmaganlik ma‟nosini beradi: Bir mahal tayoq ko‟tarib asta-
sekin chiqib kelayotgan oyimga ko‟zim tushib qolsa bo‟ladimi?(G‟. G‟ulom.” 
Shumbola”) Yopiray, shuning hammasi yerga tusharmikan? (A. Muxtor).
4) Gapda ba‟zan qo‟shma gap qismlarini yoki uyushiq bo‟laklarni bog‟laydigan 
sintaktik birlik vazifasini ham bajaradi. - Bizga shu …ferma mudirlikmi, ombor 
mudirlikmi…bo‟lsa bo‟ladi, - deya ming‟irladi. (Tog‟ay Murod). Ushbu gapda –
mi yuklamasi yo, yo ayiruv bog‟lovchisi vazifasini bajargan. Mazmunan bu gap 
Bizga yo ferma mudirlik yo ombor mudirlik bo’lsa bo’ldi shaklida ifodalangan. 
Demak, bu gapda yuklamalik xusususiyatidan ko‟ra bog‟lovchilik vazifasi ko‟proq 
shakllangan. Eski o‟zbek adabiy tilida va she‟riyatda bu yuklamaning -mu varianti 
qo‟llangan: Charxning men ko`rmagan jabr-u jafosi qoldimu.. (Z.M.Bobur). Xalq 



og‟zaki adabiyoti va shevada -ma shakli ishlatiladi: Mard yigitning yori talash 
bo‟lama?(“Alpomish” dostonidan) 
3. -a, -ya so’roq yuklamalari. « So‟roq yuklamalaridan -a -ya shakli faqat o‟zbek 
tilida mavjud bo‟lib boshqa turkiy tillarda uchramaydi » - deb yozadi tilshunos olim 
Yo. Abdurasulov. 1) -a so’roq yuklamasi so‟zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. 
So‟roq, taajjub, norozilik, qo‟rquv ma‟nolarini anglatadi: -Ikkinchiga o’t, hisobni 
bilmaysan. – U pakana kishiga qaradi: Shunday qilsin-a? (so’roq ma’nosida). Sof 
so‟roq ma‟nosini ifodalovchi gaplarda ha yoki yo’q degan javobni talab qiladi: 
Arzimagan choychaqa uchun o’z birodaringni sotsang-a? Bu razolat-ku! (taajjub) 
Bunday tipli gaplar ritorik so‟roq gaplar bo‟lganligi uchun javob talab qilmaydi. His 
va hayajonni ifodalash uchun ishlatiladi: Naqadar go’zal bir gul-a. (E. Vohidov.) 
Shunday qilyapsan-a? (norozilik) 2) -ya so’roq yuklamasi. So‟zdan chiziqcha bilan 
ajratib yoziladi. So‟roq ma‟nosidan ko‟ra ko‟proq hayratlanish, taajjub, ta‟kid va 
his-hayajon ma‟nolarini anglatadi: Meni haqorat qildimi, meni-ya? (hayratlanish va 
taajjub). Ba’zan ko’chako’yda ham bir narsalarni topib oladi-ya. – Bekor yurmay 
deydi-da! (Sh.Bo’tayev). Gulnorni sevishimni bilardi-ya?(O.)
 

Yüklə 19,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin