18
Internet veb-saytlari
1.
http:\\www.cer.uz
–
O’zbekiston Respublikasining “Iqtisodiy tadqiqotlar markazi”
ning “Ekonomicheskoe obozrenie” jurnalining elektron manzili. Turli xil iqtisodiy
mavzularga oid materiallarni olishga imkon beradi.
2.
http:\\www.economyfaculty.uz – “Mikro-makroiqtisodiyot”
kafedrasi sayti
mavjud bo’lgan veb-sayt
3.
http:\\economics.com.ua –bozor iqtisodiyotiga taalluqli bo’lgan ma’lumotlar veb-
sayti
4.
http:\\www.bearingpoint.uz – “O’zbekiston iqtisodiyoti” qo’llanmasiningg veb-
sayti
5.
http:\\goldenpages.uz – iqtisodiyotning eng so’nggi yangiliklari
6.
http:\\rea.ru – Rossiya iqtisodiyot akademiyasining veb-sayti
7.
http:\\5ballov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa.
8.
http:\\bankreferatov.ru –diplom, dissertatsiya, referat va kurs ishlarining namuna
variantlarini o’zida qamrab olgan veb-sahifa.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
19
II-MAVZU. BOZOR TUSHUNCHASI VA TURLARI
2.1. Bozor tushunchasi va uning vazifalari
2.2. Erkin va monopollashgan bozor
2.3. Bozorning turlari
2.1. Bozor tushunchasi va uning vazifalari
Bozor deganda kishilar ko’z oldida ko’pchilik yig’ilib savdo-sotiq yuz
beradigap joy gavdalanadi. "Bozorga boraman" deganda xam o’sha joyga borish
tushuniladi, lekin ko’pchilik magazin, birja yoki auktsionni
bozor tarzida xayoliga
ham keltirmaydi. Bu tabiiy. Chunki, odamlarda shunday ko’nikma hosil bo’lgan.
Aslida "Bozor" tushunchaciga boshqacharoq qarash kerak. Bozor iqtisodiyoti va
bozor tushunchalari o’zaro bog’liq bo’lsa-da, ular aynan bir narsa emas. Agar bozor
iqtisodiyoti yaxlit bir organizm hisoblansa, bozor uning muhim a’zosidir. Bozor
faqat savdo sotuvdan iborat faoliyatni bildiradi.
Bozor sotuvchilar bilan xaridorlarning oldi-sotdi qilish orqali yuz beradigan
o’zaro manfaatli va hamkorlik aloqalaridir.
Bozorda sotuvchilar va xaridorlar bir-birini topadi.
Bozor ularni bir-biriga
bog’lab turuvchi mexanizm hisoblanadi. Bozor bu barter emas, balki oldi-sotdi
qilish, ya’ni tovarlarni pul vositasida ayriboshlashdir. Pulsiz bozor bo’lishi mumkin
emas. Bozor bo’lishi uchun oldi-sotdi ham xaridorga, ham sotuvchiga manfaatli
bo’lishi talab qilinadn. Sotuvchi o’z tovarini yaxshi qo’llasa,
xaridor esa kerakli
tovarni ma’qul narxda topa biladi, shuning uchun ham ular muhim aloqada bo’lishga
intiladi.
Х
o’sh, kim sotuvchi-yu, kim xaridor? Bozorning har bir ishtirokchisi, u kim
bo’lishidan qati nazar (iste’molchi, fuqaro, firma, davlat), bir bozorda sotuvchi
bo’lsa. boshqa bozorda xaridor vazifasini o’taydi.
Х
aridorda tovarni malum narxda sotib olish ishtiyoqi bor. Sotuvchilar esa
tovarlarni bozorga chiqarib ularni ma’lum narxda xaridorlarga taklif etuvchilardir.
Х
aridorlar va sotuvchilar har doim bir-birlarining hojatini chiqarib, hamkorlik
qiladilar, kerakli tovariing narxini kelishib, o’zaro iqtisodiy murosaga keladilar. Bu
bozordagi murosa deyiladi.
Uy xo’jaliklari, birinchidan, oddiy iste’molchilardan (masalan,oila yoki yakka
odamdan), ikkinchidan, resurs egalaridan iborat. Ular xaridor sifatida bozordan
tovarlar va xizmatlarni olsa, sotuvchi sifatida ish kuchi, er va pul mablag’ini bozorga
chiqarib sotadilar.
Ish kuchi mehnat bozorida, er ko’chmas mulk bozorida, pul esa
moliya bozorida (bank orqali) sotiladi (bular birgalikda resurslar bozori deyiladi).
Uy xo’jaliklari resurs bozoriga tovar chiqarib, u erdan pul oladilar. Bu pulni tovarlar
bozoriga chiqarib, u erdan ists’mol buyumlari oladilar. Tovar ishlab chiqaruvchi
firmalar, fermer xo’jaliklari yoki yakka tartibda ishlab chiqaruvchilardan iborat.
Ishlab chiqaruvchilar ham ikki bozorda ish ko’radilar.
Ular resurs bozoridan ish
kuchi, xomashyo, er va qarz puli topadilar, ya’ni ularni sotib oladilar. Ayni paytda
ular bozorga tovar chiqarib, u erdan pul oladilar.
Davlatga kelsak, u ham uy xo’jaliklaridan va tovar ishlab chiqaruvchilardan
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
20
tovar olib, ularga pul beradi, ammo ulardan yana pul ham oladi. Bu undirilgan
soliqlardir. Davlat tovarlarni maxsus buyurtma orqali oladi. Bunga misol qilib
mamlakatimizda amalda bo’lgan paxtakorlarga beriladigan davlat buyurtmasini olish
mumkin. Unga binoan belgilangan miqdordagi paxta
davlatga etkazib beriladi,
paxtaning qolgan qismi erkin narxlarda sotiladi.
Bozordan tovarni sotib olish uchun pul kerak, buning uchun esa nimanidir
sotish kerak. Demak, xaridor, albatta, sotuvchi vazifasini ham o’tashi lozim. Uy
bekasi bozor qilganda pul bilan chiqib, uyiga tovar bilan qaytadi. U go’yo hech narsa
sotmadi. To’g’ri, u shu damda tovar sotmadi, lekin uning hamyonidagi puli oldin
sotilgan tovarning xaqi. Masalan, uning oila a’zolari o’z ish kuchini firmaga yoki
davlatga sotib, ish xaqi olgan. Shu pulni beka bozorga olib chiqadi. Mazkur oila
bankka pul quygan bo’lsa, unga ham haq oladi, uyini ijaraga bersa, ijara xaqi oladi.
Uy bekasi uchun sotish operatsiyasi oldin bo’lib, xarid
etish operatsiyasi keyin
bo’lgan, xolos. Demak, bozorda oldi-sotdi har xil vaqtda kechishi mumkin.
Bozorda davlatning ishtiroki boshqacharoq. Agar davlatning korxonasi bo’lsa,
u ham tovar sotadi. Ammo aksariyat davlat idoralari va mahkamalari
bozorda o’z xizmatini sotadi. Bu xizmatning xaqi olinadigan soliqlar
hisoblanadi. Tushgan pulga davlat bozordan resurslar va tovarlar sotib
oladi. Bozorning afzalligi ham shuki, u oldi-sotdidan
iborat iqtisodiy
aloqalarni o’rnatadi.
Dostları ilə paylaş: