Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

Sof monopoliyani 
olsak, bundagi eng muhim narsa mahsulot ishlab 
chiqarishning bir firma ixtiyorida 
bo’lishi va uning o’rnini oluvchining yo’qligi, ya’ni haqiqatan ham bozordagi 
tanholikdir. Chunki, monopoliyaning barcha xususiyatlari shundan kelib chiqadi. Bu 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


57 
modelning to’rt muhim tomonini ko’rsatish mumkin: 1) sotuvchi yakka, tarmoqning 
tengdoshi yo’q, chunki firma yakkayu-yagona; 2) sotiladigan mahsulot juda yuqori 
darajada bo’lib, undan yaxshirog’i yoki uning o’rnini bosadigani yo’q (ko’pincha 
ba’zi xomashyo va yangi mahsulot ta’minotchilariga xos); 3) monopolist bozorga o’z 
hukmini o’tkazadi, bahoni nazorat qiladi, tovarning bozorga kelishini o’z qo’lida 
ushlab turadi; 4) monopolist tomonidan raqiblar uchun bozorga kirish yo’li to’la 
to’siladi. Bunda uning yagonaligi ish bersa, zaruriyat tug’ilsa, sun’iy to’siqlar ham 
ishga solinadi. Ayniqsa bunda patent, litsenziyalardan to’la foydalanish mumkin. 
Hozircha shu bilan chegaralanib (chunki quyida yana monopolizmga 
qaytamiz), bundan keyingi model — monopollik raqobatni ko’rib chiqaylik. Bunda 
tanholik yoki ommaviylik sharoiti hukmron bo’lmay, bozorda nisbatan ishlab 
chiqaruvchilar ko’p bo’ladiyu, lekin ularning tovarlari bir xil bo’lmay, farqlanadi. 
Shuning uchun ham ishlab chiqaruvchilar va firmalar minglab bo’lmay, o’nlab bo’lsa 
etarli. Sof raqobatda standartli tovarlar yoki bir xil tovarlar bozorga olib chiqilsa
bunda tabaqalashtirilgan tovarlar olib chiqiladi. Tabaqalashtirish yoki turlilik 
mahsulot va xizmatlar sifatiga taalluqli bo’lgani tufashga iste’molchining bularga 
munosabati narx-navoga bog’liq bo’lmaydi. Aytaylik, vinolarning alohida xillari 
yoki bir xil turdagi shokolad kabilarni misol keltirish mumkin. Kiyim modalarida 
buning o’rni albatta katta. Bunda raqiblarga nisbatan bo’lgan ta’sir va munosabat 
faqat baholar orqali bo’lmay, tovar va xizmatlar turliligiga katta e’tibor berish yo’li 
bilan ham amalga oshadi hamda bu asosiy tamoyil bo’lib hisoblanadi. Bu modeldagi 
bozor, ya’ni monopolli raqobatning muhim xususiyatlaridan yana biri shuki, 
tarmoqqa kirish va ma’lum tovar bozorida ishtirok etish oson ko’chadi. Bunday bozor 
ishtirokchilari juda yirik ishlab chiqarishga ega bo’lmay, nisbatan katta bo’lmagan 
firmalar bo’lib, ularning xarajatlari uchun katta mablag’ talab etilmaydi. 
Monopolli raqobatdagi monopollik mazmunini nima belgilaydi, degan savol 
tug’ilishi mumkin. Bunga javoban shuni aytish mumkinki, tovar xillari turliligi, sotuvga 
chiqariladigan tovarlarning farqlanishi va o’ziga xos monopol egalikning mavjudligi 
bozorda monopol hukmronlikni yuzaga keltiradi. Tovar ishlab chiqaruvchilarning 
yagona bo’lmay, yana boshqalarning bo’lishi va tarmoqqa kirish erkinligi mavjud 
bo’lishiga qaramay, o’z tabaqalashgan tovari yoki xizmatiga o’zi baho qo’yish 
imkoniga ega bo’ladi. Bundan tashqari bu bozorda mayda va o’rta ishlab 
chiqaruvchilar bilan birga yiriklari ham ishtirok etadi. Shuning uchun ham hozirgi 
zamon harbiy mamlakatlar bozori tuzilishida shu biz ko’rayotgan monopolli raqobat 
ustunlik qiladi. 
Keyingi model — 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin