Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

8.3. Aksmonopoliya siyosati 
 
- -Aksmonopoliya siyosati asosan uch yo’nalishni o’z ichiga oladi: bular ishlab 
chiqarish tarkibini boshqarish, aktsiyalarni sotib olish me’yorini belgilash, 
baholarning taklif va talab muvozanati darajasini ta’minlashga qaratilgan 
choralar kabilardir. 
a) Ishlab chiqarish tarkibini belgilashga oid choralar korporatsiyalar uchun 
shu xil mahsulotlarning yarmidan ortig’ini ishlab chiqarish mumkinligi va nazorat 
qilishdan iborat. 
b) Yirik korporatsiyalar ishtirokchilarining aktsiyalar sotib olish hajmi 
chegaralanadi. Bunda aktsiya bir korporatsiya ixtiyoriga o’tishi bilan 
monopollashuvga olib bormasligi e’tiborga olinadi. Chunki, ko’p miqdorda aktsiya 
sotib olish yo’li bilan tarmoq ustidan nazorat miqyosini kengaytirishga yo’l 
qo’yilmaydi. Agarda biron bir korporatsiya boshqalar aktsiyasining asosiy qismini 
sotib olsa, qo’shilishga va monopoliyaga olib kelishi mumkin, natijada bu tarmoqda 
raqobat ta’sirining so’nishi yuz beradi. 
v) Baho sohasida kelishib olishga yo’l qo’ymaslikka qaratilgan choralar 
akskartel qonunlari, deb ataladi. Baho to’g’risida shartnomalar tuzib monopoliya yuzaga 
kelsa, buni kartel deyiladi. O’z vaqtida bu Germaniyada juda avj olib, hatgo 
Germaniya "Kartel mamlakati" deb atalgan edi. Al-batta bozorlarni taqsimlab olib, 
bir xil baholar ustida kelishib olish iste’molchilarning manfaatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi 
va zarar keltiradi. 
Aksmonopol qonunlar raqobat sharoitini yaratish va erkin iqtisodiy 
taraqqiyotni ta’minlashga qaratiladi. Lekin gap faqat bunday qonunlarning bo’lishida 
emas, balki ularning ijrosini ta’minlash, nazorat qiluvchi organlarning 
takomillashuvidadir. Shunday amaliy nazorat ostida samarali ishlab, xaqiqiy bozor 
raqobati ta’minlanilsa, monopoliyalar hukmronligining oldini olish imkoni tug’iladi. 
Bunday ahvolni ko’pchilik bozor iqtisodiyoti rivoj topgan mamlakatlarda ko’rish 
mumkin. Bu ayniqsa AQSh, YAponiya, Germaniya, Frantsiya va boshqa bir qancha 
mamlakatlarga taalluqlidir. 
Monopoliyalar mavjud bo’lgan mamlakatlarda monopoliyalarga qarshi kurash olib 
borilsa, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda bozorning shakllanishi, 
raqobat sharoitini yaratish uchun harakat qilinadi. Bunday mamlakatlarda, ayniqsa 
totalitar tizimlarda davlat monopoliyasini yo’q qilish asosiy maqsad bo’ladi. Shunga 
e’tibor berish kerakki, raqobat shakllangan mamlakatlarda davlatning faol harakati 
raqobatni 
takomillashtirishga 
qaratilsa, 
bozor 
iqtisodiyotiga 
o’tayotgan 
mamlakatlarda raqobatni shakllantirishga qaratiladi. Davlatning raqobat sharoitini 
yaratishdagi faoliyati nodavlat xo’jaliklarini ko’paytirish, davlat xo’jaliklarini esa bozor 
munosabatlari tasiriga moslash mazmunida bo’ladi. Borgan sari davlat mulki hisobiga 
boshqa xil mulklarni kengaytirish, korxonalarni aktsionerlashtirish va bunga ko’pchilikni 
jalb eta borish, bozor talabiga xos soliq, boj, import-eksport tizimlarini yaratish, tijorat 
kreditlarini kengaytirish, xo’jalik faoliyatlarini ma’muriy ta’sirlardan ozod etish, 
tadbirkorlikni ta’minlash kabi raqobat uchun zarur sharoitlarni shakllantirib borishda 
albatta davlat faoliyati kuchayishi zarur. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


60 
Raqobat usullarini qo’llash, aksmonopoliya siyosati darajalari bozor holatiga 
bog’liqdir. Masalan, tovarga to’yingan bozor va uning aksi bo’lgan to’yinmagan bozor 
bo’lishi mumkin. Bozor shakllanayotgan O’zbekiston va bunga o’xshash respublikalarda 
tovar (xizmatlar) mo’l-ko’lligi hali ta’minlanmagan. Bunda erkin tovar tanlash 
imkoni yo’q va xaridlik darajasi ancha cheklangan. Bunday bozorda baho raqobati 
juda qo’l kelishi mumkin. Chunki, bahoning talab o’zgaruvchanligiga ta’siri kuchli 
bo’lib, baho pasayib borishi bilan xaridorlar ko’payib boradi. Bahoni 
pasaytirmaydigan, shuningdek, bahoning harakat xususiyatini o’z vaqtida 
payqamagan ishlab chiqaruvchi bozordan siqib chiqarilishi turgan gap. 
Tovarlarga to’yingan bozorda esa tovar (xizmat) turlari serob, tanlab xarid 
qilish uchun imkoniyat juda keng bo’lib, elastik talab hukmronlik qiladi. Bunda 
daromadi puldorlar ko’pligi, bahoga e’tibor kuchli bo’lmaganligi umumiy bozor 
holatini belgilaydi. Bunday sharoitda bahosiz raqobat ustunlik qiladi. Lekin baribir 
qanday bo’lmasin sog’lom raqobat uchun kurash bozor taraqqiyotining asosi bo’lib, 
aksmonopoliya siyosati bunga yordam berishi kerak. 
Aksmonopoliya siyosatining ta’siri haqida xulosa qilib shuni aytish mumkinki, 
samarali iqtisodiyot yirik monopolistik iqtisodiy tuzumga qarshi kurash va monopol 
harakatlarning oldini olish hamda raqobat ta’sirini kuchaytirishni talab etadi. 
Aksmonopoliya siyosatida qonunchilik byudjet va banklarning moliyaviy harakatlari 
bilan to’ldiriladi. Bir tomondan, soliq oldida barcha xo’jalik ishtirokchilari bir xil 
tenglikka ega bo’lsa, ikkinchi tomondan, alternativ ishlab chiqarish yaratilib, mayda 
va o’rta korxonalar uchun soliq sohasida ma’lum imtiyozlar bo’lmog’i zarur. 
Bozor munosabatlari ta’siri kuchayib borishi bilan raqobat ham o’z mazmunini 
o’zgartirib boradi, ya’ni takomillashadi. Albatta hozirgi davrdagi raqobat holati, 
uning ta’sir etish mazmuni oldingi bozor raqobatidan tubdan farq etadi. Sobiq sho’ro 
bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat juda stixiyali, shafqatsiz ta’sirda bo’lib, uni 
haqiqatan ham "yovvoyi raqobat" deb atashadi. Nomiga yarasha ta’sir mazmuniga 
ham ega edi. Hozirgi davrda davlat ta’siri, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasi 
"yovvoyi raqobat" bilan "madaniylashgan raqobatni" yuzaga keltirgan. Lekin "yov-
voyi raqobat" faqat o’tgan davr uchun xos, deb bo’lmaydi. Madaniylashgan raqobat 
aralash iqtisodiyot sharoiti uchun xos bo’lib, sekinlik bilan asosiy raqobatga aylanadi. 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin