Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

Pulning mohiyati. 
Har bir mamlakat o’zining puliga egadir. Chunonchi, dollar, 
funt sterling bir necha mamlakatlarning puli bo’lib xizmat qiladi. Lekin ularning 
qadri-qiymati bir xil emas. AQSh, Kanada, Avstraliya dollarining qiymat miqdori 
farqlanadi. Shuningdek, O’zbekiston va Qirg’iziston so’mlari ham bir xil emas. Pul 
birliklari paydo bo’lganda ma’lum miqdordaga qadr-qiymat asos qilib belgilangan. 
Milliy pullarning qadrliligi, boshqa pullarga nisbatan qiyosiy miqdori doimo 
o’zgarib turadi. Chunki, bu iqtisodiyotdagi ko’p tomonlar, hatto siyosiy o’zgarishlar, 
mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlar kabi ta’sirlar natijasidir. 
O’zbekistonning o’z milliy puliga ega bo’lishi davlat mustaqilligi, uning 
mustahkam iqtisodiyotini yaratishda katta o’rin egallaydi. Milliy pulimiz bo’lgan 
so’mning qadrini oshirib borish, uning iqtisodiy ta’sirini kuchaytirishga erishish va 
boshqa mamlakatlar puliga tenglashtirish darajasini ta’minlash juda zarur va muhim 
vazifadir. 
So’mning, avvalo mamlakatimiz ichida, so’ngra xalqaro miqyosdagi 
tenglashuvi, almashuvchanligi (konvertatsiyasi)ni amalga oshirish talab qilinadi. Bu 
osonlikcha o’z-o’zidan amalga oshmaydi. Bunga avvalo, ayirboshlashni rivojlantirish, 
tovar-pul muomalasini kuchaytirish orqali erishish mumkin. Chunki, pul 
ayirboshlashdan kelib chiqadi va uning taraqqiyoti tufayli rivojlana oladi. 
Ayirboshlash esa bozorni tovarlar, xizmatlarga to’ydirish orqali tezlashadi. Bular 
iqtisodiyotning qudratli bo’lishi, ishlab chiqarishning industrlashtirilgan darajadagi 
rivoji tufayli amalga oshishi mumkin. 
Demak, milliy pul qudrati iqtisodiy taraqqiyotning ifodasi, uning natijasi va 
hosilasidir
.
Qog’oz pullarning nominali (qadrliligi)ni xaqiqiy pul o’rniga chiqaradigan 
hukmron saltanat yoki bankir o’z imzo va muhrlari bilan tasdiqlaydi va zarur vaqtda 
uning asosidagi pulni qaytarish majburiyatini oladi. Bora-bora bu vazifa markaziy 
banklar qo’liga o’tadi. Pul emissiyasiga yo’l qo’ymaslik zarur shart hisoblanadi. 
Chunki, emissiya real qiymatlarga ega bo’lmagan qo’shimcha pul belgilarining 
chiqarilishini bildiradi. Shuning uchun o’z vaqtida banknotlarning oltinga erkin 
almashinishi kafolatlangan edi. Hozir unday emas. 
Nima uchun bozor iqtisodiyotida pulning ta’siri katta va barcha ishtirokchilar 
imkoni boricha ko’p pulga ega bo’lishga, tovarlarini tezda pulga aylantirishga 
urinadilar? Pul ijtimoiy mehnatni ifodalaydi, u qiymat timsoli, ya’ni pul o’zida 
qiymat miqdorini ifodalaydi. Shunga ko’ra pul maxsus tovar hisoblanadi. Pulga ega 
bo’linsa, mikdoriga qarab istalgan vaqtda xohlagan tovarga yoki tovarlashgan 
xizmatga ega bo’lish imkoni mavjud. 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin