82
chiqarish qattiq nazorat ostiga olinganda ham inflyatsiya holati mavjudligi
aniqlangan, ya’ni gap faqat davlatning pul chop etishi imkoniyati mavjudligida emas
ekan. Uning sabablari ko’p va ular bir necha xil ko’rinishda bo’ladi. Iqtisodiy
islohotlar, ishlab chiqarish tuzilishining keng hajmdagi o’zgarishi, umuman, bir
iqtisodiy tizimdan ikkinchisiga o’tish kabi o’zgarishlar albatta inflyatsiya bilan bog’liq
bo’ladi. Chunki, bunday holatlar talab va taklif muvozanatining o’zgarishi, pulga
bo’lgan ishonchning pasayishi, narx-navoning tezlik bilan o’zgarishi, aksar hollarda
uning ko’tarilib borishi natijasida yuz beradi.
Buning ikki tomoni ta’sirlidir: birinchisi talab
inflyatsiyasi
bo’lsa, ikkinchisi
xarajatlar inflyatsiyasidir.
Tijorat, firmalar, hukumat yuzaga keladigan zaruriyatlar
tufayli ishlab chiqariladigan tovarlarga nisbatan ko’proq pul sarf etadi. Bu taklifga
nisbatan talabning o’sishiga olib kelib, o’z navbatida, baholarning ko’tarilishi bilan
yakunlanadi.
Х
arajat inflyatsiyasi ishlab chiqarish xarajatlarining o’sib borishi
vositasidir. Bundagi bahoning o’sishi resurslarga xarajatlarning ortib borishi va
buning esa tovarlar bahosida o’z aksini topishi inflyatsiyani kuchaytiradi. Aytaylik,
energiya, xomashyo va materiallar qimmatlashuvi xarajatlar inflyatsiyasi sabablaridir.
Bunda ish xaqining o’sib borishi, ko’tarilayotgan baholarni oldindan ko’zlab,
ishchilarning ish xaqini oshirish uchun urinishlar va shunga o’xshash boshqa
harakatlar kuchayadi va bu inflyatsiyada o’z aksini topadi.
Inflyatsiyaning oldini olishda normal tovar-pul muomalasi jarayonini ta’minlash,
uning uchun pulning ma’lum miqdorda bo’lishi, uning na ko’p va na oz bo’lishiga
qarshi kurash eng ma’qul yo’l. Bu talab va taklif muvozanatini ta’minlaydi. Baho
ko’tarilishining oldini olishga qaratilgan barcha chora-tadbirlar inflyatsiyaga qarshi
qaratilgan harakat hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: