Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


 Iqtisodiy barqarorlikda biznesning o’rni



Yüklə 5,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/154
tarix27.12.2023
ölçüsü5,03 Kb.
#199433
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   154
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

17.2. Iqtisodiy barqarorlikda biznesning o’rni 
 
Makroiqtisodiy xususiy sektori mustahkamlandi, (qishloq xo’jalik, savdo, 
xizmat ko’rsatish sohasi) ishlab chiqarilgan mahsulot bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan 
xizmatlarning ancha qismi uning ulushiga to’g’ri keladi. 2002 yilda 62,5 ming 
korxona (dehqon va fermer xo’jaliklarisiz) o’z faoliyatini xususiy mulkchilik 
doirasida amalga oshirdi. 
Х
ususiy korxonalarning yarmidan ko’pi xizmat ko’rsatish 
sohasida, har oltinchisi sanoatda faoliyat ko’rsatmoqda.
Oqibatda 2001 yilda 2000 yilga nisbatan 8,1 foizga ko’p), 1329,1 mlrd. 
so’mlik iste’mol mollari(10,9 foizga ko’p) ishlab chiqarildi. 
Kichik va o’rta biznes, xususiy sektorda yangi turdagi ishlab chiqarish va 
tarmoqlar jadal sur’atlar bilan rivojlandi. 2001 yilda respublika sanoat korxonalari 
tomonidan 467 turdagi yangi mahsulot ishlab chiqarish o’zlashtirildi. 
 
Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish va chuqurlashtirish davrida 
mahalliy mineral va xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashga asoslangan holda 
yangi mahsulotlar ishlab chiqarish keng o’zlashtirilmoqda. 2001 yilda 
mamlakatimizda etishtirilgan paxta tolasini qayta ishlovchi, eng zamonaviy uskuna 
va texnologiyalar bilan jihozlangan «Kabul-Farg’ona», «Chinoz to’qimachi» kabi 
yangi qo’shma korxonalar ishga tushirildi. 
Bu o’rinda shuni qayd etish lozimki, agar 1991 yili respublikamizda paxta 
tolasini qayta ishlash 12 foizni tashkil etgan bo’lsa, endilikda bu raqam 24 foizga 
etdi. Paxta tolasi va ipak xomashyolaridan mukammal texnologiya asosida 
tayyorlangan kalavali ip, paxta va shoyi gazlamalarini eksport qilish hajmlari ancha 
oshdi. 
Tabiiyki, xorijiy investitsiyalarni jalb etmay turib, ishlab chiqarishga kiritilgan 
kapital mablag’lar hajmini oshirmay turib, bunday o’zgarishlarga erishib bo’lmaydi. 
Jumladan, 2001 yili ana shu sarmoyalar ulushi 62 foizdan ziyod darajani tashkil etdi. 
Joriy 2002 yilda esa respublika iqtisodiyotini investitsiyalash hajmi yalpi ichki 
mahsulotga nisbatan 24,5 foizni tashkil etdi. Kapital mablag’lar tarkibida xorijiy 
investitsiyalar hissasi ko’payib, u jami investitsiyalarning 30 foiziga yoki 1mlrd 
AQSh dollariga to’g’ri kelishi kutilmoqda. 

Yüklə 5,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin