Inson resurslarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



Yüklə 35,04 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.12.2023
ölçüsü35,04 Kb.
#199702
inson resurslarining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati



INSON RESURSLARINING IJTIMOIY-IQTISODIY MOHIYATI 
Qo`shinlarning kundalik faoliyatini 
boshqarish kafedrasi katta o‘qituvchisi 
B.G‘. Mavlyanov 
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini samarali tatbiq etish eng 
avvalo inson resurslaridan unumli foydalanishga bog‘liq. 
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «O‘zbekistonning 
xududiy boyligi va mulki uning mehnatsevar, sahiy va mehmondo‘st xalqidir». 
Jamiyatning eng oliy boyligi bo‘lgan xalqda abadiy qadriyatlar, qudratli 
salohiyat mujassam. Bu salohiyatni yuzaga chiqarish jamiyatimizni rivojlantirish 
va taraqqiy ettirishning juda kuchli omili bo‘lib hizmat qiladi. 
Inson omilini tadqiq etish uning resurs tarzidagi mazmuni va mohiyatini 
ham sifat, ham miqdor jixatidan ochib beradi. 
«Albatta, bu dunyoda halol va pok yashashni o‘zi uchun hayotiy e’tiqod, oliy 
maqsad deb biladigan odamlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Aynan ana shunday insonlar 
va ularning ezgu ishlari jamiyatimizni rivojlanishga olib keladi» - I.A. Karimov. 
Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o‘tishi, shuningdek, 
oldimizdagi qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni xal etish inson resurslaridan 
samarali foydalanishni talab qiladi. Inson resurslari esa, ma’lumki, ishlab 
chiqarishning asosiy omili bo‘lib, boshqa resurslarga nisbatan o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. 
O‘zbekiston - katta inson salohiyatiga ega mamlakat. «Inson salohiyati eng 
faol, eng bunyodkor omil bo‘lib, u mamlakatning isloxot va tub o‘zgarishlar 
yo‘lidan tinimsiz ilgarilab borishini ta’minlaydi». 
Jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi bilan belgilanuvchi 
mazkur omil, o‘z navbatida, uni rivojlantirish va taraqqiy ettirishda xal qiluvchi 
asos hisoblanadi. 
Jamiyatning mehnat salohiyatini kuchaytirish, undan samarali foydalanish 
muammolari bozor munosabatlari davrida birmuncha murakkablashadi va ularning 


yechimini topish iqtisodchi olimlar oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri 
hisoblanadi. 
Bunga texnikani yangilash va boshqaruvni o‘zgartirish bilan erishib 
bo‘lmaydi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, avvalo, iqtisodiyotning tarkibiy 
tizimi tubdan o‘zgarishi, jumladan, zamonaviy texnika va texnologiyalarning kirib 
kelishi, milliy iqtisodiyotning rivojlanishi inson resurslari sifat jixatidan 
yaxshilanishini ob’ektiv tarzda taqozo etadi. 
Mehnatga layoqatli aholining umumiy ta’lim va kasbiy tayyorgarligi, fan 
sohasidagi bilim darajasi, sihat-salomatligi, turmush darajasi inson resurslarining 
sifat jihatlarini ifodalaydi. Mehnatga layoqatlilik o‘zi nima va kimlarni mehnatga 
layoqatli deb hisoblaymiz? Mehnatga layoqatlilik – insonning ma’lum bir ishni 
bajarishi uchun zarur bo‘lgan mehnat qobiliyatidir. 
Mehnatga layoqatlilik quyidagi turlarga bo‘linadi: 
Mehnatga layoqatlilik chizmasi. 

umumiy mehnatga layoqatlilik – bu, maxsus tayyorgarlik va malaka 
talab qilmaydigan mehnat qobiliyatini ifodalaydi; 

kasbiy mehnatga layoqatlilik – bu, maxsus bilimni, alohida malakani 
talab qiluvchi mehnat qobiliyatidir; 

maxsus mehnatga layoqatlilik – bu, shaxsning ma’lum ishlab chiqarish 
va tabiiy sharoitlarda maxsus bajariladigan mehnat bo‘yicha qobiliyatidir. [1] 
Zamonaviy ishlab chiqarish sharoitlarida jamiyat inson resurslarining sifat 
ko‘rsatkichlarini takomillashtirishda mehnatga kasbiy layoqatlilik alohida 
ahamiyat kasb etadi. Mehnatga layoqatlilik ishchi kuchining imkoniy 
Mehnatga layoqatlilik
Maxsus mehnatga 
layoqatlilik
Kasbiy mehnatga 
layoqatlilik
Umumiy mehnatga 
layoqatlilik


unumdorligidan iborat. Uning sifati xodimning malakasi, kasb-koriga bog‘liq 
bo‘lib, u mehnat unumdorligida namoyon bo‘ladi. 
Inson resurslarining ijtimoiy mehnatning yuqori samarasini ta’minlaydigan, 
mamlakatni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning 
optimal 
imkoniyatini 
ifodalaydigan, mehnat faoliyatiga muvofiq keladigan sharoitlar birligidir. Inson 
resurslari mehnat qobiliyatlarining jamini (ularning miqdor va sifat jixatdan 
munosabatlarini), ya’ni aloxida ishchining va jami ishchi kunining mehnat 
faoliyatida qatnashish imkoniyatlarini ifodalaydi. Inson resurslarining mehnat 
resurslaridan sifat jixatlari bo‘yicha farqi ham shunda.
Inson resurslari – zarur uquv-farosatga, bilim va maxoratga, ishlash 
qobiliyati va malakasiga ega bo‘lgan jamiyat a’zolari, mehnat axlidir. Ularning 
soni jamiyatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlar qanday imkoniyatga ega ekanligini 
belgilab beradi. Inson resurslari iqtisodiyotda mehnat bilan band bo‘lganlarni ham, 
mehnat qilishlari mumkin bo‘lganlarni ham qamrab oladi. [2] 
Har bir inson o‘zi tanlagan biror faoliyat sohasida ishlay olishi uchun 
muayyan jismoniy va ma’naviy rivojlanish darajasiga ega bo‘lishi kerak. Jismoniy 
rivojlanish darajasi bir tomonda, iqtisodiyotning ehtiyojlari bilan, ikkinchidan, 
jamiyatning o‘z fuqarolari sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlashdan 
manfaatdorligi bilan belgilanadi, chunki fuqorolar kishilik jamiyatining eng muhim 
boyliklaridan biri hisoblanadi. 
Ma’naviy rivojlanish darajasi deganda, umumta’lim va kasbiy bilimlar 
hamda ko‘nikmalar, shaxsiy xususiyatlar tushuniladi. Bu xususiyatlar insonning 
tanlagan faoliyat soxasida muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur shart hisoblanadi. 
Insonning har ikkala sifati – jismoniy va ma’naviy rivojlanishi, 
tasavvurlarining ahamiyati iqtisodiyot rivojlanib borishiga qarab o‘zgarib boradi. 
Bu xol, o‘z navbatida, mehnat sohasidagi mavjud jaxon tamoyilini to‘liq aks 
ettiradi, iqtisodiyotda va umuman, jamiyatda tez va chuqur o‘zgarishlar bo‘lib 
turgan davrda, kishilardagi jismoniy va ma’naviy fazilatlarning roli, ayniqsa, 
ortadi. 


Qat’iy 
markazlashgan holda iqtisodiyotni rejalashtirishdan bozor 
munosabatlariga o‘tish mamlakat fuqarolarining turmush tarzida tub o‘zgarishlarni 
yuzaga keltiradi. Bu jarayon o‘tish davrini o‘tgan barcha mamlakatlar uchun ham 
ob’ektiv sabablarga ko‘ra, qiyin tarzda kechadi. Tajribalardan shu narsa aniqki, 
umuman, jamiyat va xususan, har bir fuqaro agar isloxiy yangiliklarga tezroq 
moslashib borsa, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar davrini muvaffaqiyatliroq o‘tadi. 
Bu o‘rinda insonning jismoniy sifatlari ham, ma’naviy sifatlari ham ilgari xukmron 
bo‘lgan bir tomonlama va qoloq xo‘jalik yuritish tizimidagiga qaraganda ko‘proq 
namoyon bo‘ladi. 
Markazlashgan rejalashtirish amalda insonga mehnat soxasida uning 
tashabbus ko‘rsatishi, mustaqilligini namoyon qilishi, o‘ziga tabiat tomonidan 
berilgan sog‘liqdan va uquv tufayli qo‘lga kiritgan bilimlaridan foydalanish 
qobiliyatini to‘liq ishga solishiga juda kam imkoniyat qoldirgan edi. [3] 
Bozor iqtisodiyoti esa, aksincha, insonning tashabbuskor va faol bo‘lishini 
nazarda tutadi. Uning qanday yashashi o‘zining yangi iqtisodiy tizimga singib, u 
bilan hamoxang bo‘lib ketish mahoratiga bog‘liq. Insonning jismoniy 
imkoniyatlari, ma’lumotlilik darajasi, tajribasi qanchalik yuqori, u ma’naviy 
jixatdan qanchalik etuk bo‘lsa, bu jarayon shunchalik muvaffaqiyatliroq kechadi.
Qaror topgan statistik amaliyotga ko‘ra, inson resurslari mehnatga qobiliyatli 
yoshdagi mehnatga layoqatli fuqarolardan va mamlakat iqtisodiyotida ishlayotgan 
yoshlar va mehnat qobiliyatidagi o‘rta yoshlilardan iborat. 
Rivojlangan mamlakatlarda allaqachon «iqtisodiy jixatdan faol aholi» 
tushunchasi qaror topgan. Xalqaro standartlarga muvofiq ularga mehnat bilan band 
aholi va ish qidirayotgan ishsizlar kiradi. SHuningdek, «fuqarolik jihatidan 
iqtisodiy faol aholi» tushunchasi ham tarqalgan bo‘lib, unga harbiy xizmatchilar 
kiritilmaydi. 
SHunday qilib, «inson resurslari» mazmuni jixatidan «iqtisodiy faol aholi» 
tushunchasidan kengroq ma’noni anglatadi. 
«Mehnat resurslari» bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy rivojlantirish, 
milliy iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish xajmini oshirish nuqtai nazaridan 


katta ahamiyatga ega. Mamlakatda inson resurslari faolligini, sifatini oshirishga 
muhim e’tibor berilmoqda. Ayniqsa, inson resurslarini to‘g‘ri joylashtirish, ularni 
boshqarishni to‘g‘ri tashkil etish bu resurslar sifatini oshirish omilidir. Avtoritar 
davlat iqtisodiyotda barcha narsalarni reja asosida boshqarishga intilgan.
«Mehnat resurslari» tushunchasi inson resurslariga butun borlig‘icha davlat 
ta’sirini o‘tkazish uchun keng imkoniyat ochib beradigan xaqiqiy topilma bo‘ldi. 
SHunga muvofiq statistik axborot shakllandi hamda hisobga olish va 
rejalashtirishning muhim vositalaridan biri sifatida mehnat resurslari balansi ham 
vujudga keldi. [4] 
Biroq, yuqorida aytib o‘tilganlardan mazkur tushuncha bozor iqtisodiyoti 
uchun yaroqsiz, degan xulosa kelib chiqmasligi lozim. Aksincha, bozor 
iqtisodiyotining dastlabki qadamlari shuni ko‘rsatdiki, inson resurslari bozor 
kategoriyalari tizimiga batamom singib bormoqda. Inson resurslarining axborotni 
qamrab olishi undan mehnat bozorini davlat yo‘li bilan tartibga solishda samarali 
vositasi sifatida foydalanish imkonini beradi. 
SHunday qilib, inson resurslari iqtisodiyotda mehnat bilan bandlarni ham, 
band bo‘lmagan, lekin mehnat qilishlari mumkin bo‘lganlarni ham qamrab oladi. 
Boshqacha aytganda, inson resurslari real va saloxiyatli xodimlardan iborat. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
 
1. 
Abduraxmonov Q.X., «Mehnat iqtisodiyoti» T.: «Mehnat» 2004. 
2. 
Abduraxmonov Q.X. va boshqalar «Davlat xizmati personalini 
boshqarish» -T.: 2002. 
3. 
Abdug`aniev A., To`lametova Z. O`zbekistonning mehnat saloxiyati.-T.: 
«Mehnat», 1998. 
4. 
Xudoyberganov Q.T. «Xodimlar menejmenti» Toshkent-2010. 

Yüklə 35,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin