Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik



Yüklə 3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/154
tarix27.12.2023
ölçüsü3 Kb.
#199813
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   154
Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun dar

AMALIY MASHG‘ULOT.
Stol lampasining
qismlari bilan tanishish.
o‘quvchilar o‘zlari olib kelgan material-
lardan yuqoridagi namunadan foydalanib
turli xil stol lampalarini yasaydilar (78-rasm). 
dars oxirida o‘quvchilar yasagan stol 
lampalarini o‘qituvchiga ko‘rsatadi. 
o‘quvchilar bajargan ishlariga ko‘ra ba-
holanadi.
mustahkamlash sifatida o‘quvchilar o‘z-
lari yasagan stol lampalarining ayrim kam
-
chiliklarini bartaraf etishni o‘rganadilar. 
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
1. Bir lampali yoritqichning prinsipial sxemasini tasvirlab bering.
2. Stol lampasi nechta qismdan iborat va ularni sanab bering.
3. elektrlashtirilgan qurilmalarni yasashda nimalarga e’tibor berish kerak? 
78-rasm.
Stol lampasi: 1– tag-
lik (asos); 2 – tirgak; 3 – qay-
targichning himoya qatlami; 
4 – qaytargich; 5 – fanerdan 
yasalgan doira; 6 – plafon 
tutqich lari; 7 – tayanch oyoq-
lar; 8 – kalit (uzib-ulagich);
9 – lampochka va patron.


101
elektrotexnik doskaga bir amaliy ishni bajarish uchun o‘tkazgichlarni 
ulash va tarmoqlash bo‘yicha tegishli instruksion xaritalarga muvofiq 
tayyor garlik mashqlari elektr zanjiri o‘tkaziladi. Bundan tashqari, montaj 
shitida prinsipial elektr sxema asosida tayyor elektr armatura elementlaridan 
bir lampali elektr zanjiri yig‘iladi (79-rasm).
eng sodda elektr zanjiri sxemasi 80-rasm -
da ko‘rsatilgan.
bu ishni bajarish tartibini quyidagicha 
belgilash mumkin: 
1. O‘quvchilar bir lampali yoritqichning
tuzilishi va vazifasi bilan tanishtiriladi, elektr zanjiri va uni montaj qilish 
ishlari tushun tiriladi.
2. Ish daftariga bir lampali yoritqichning prinsipial elektr sxemasini chi-
zish o‘rgatiladi. 
3. elektr armaturalarni mahkamlovchi vintlar bilan montaj shitiga mus-
tahkamlash o‘rgatiladi. 
4. Ulanadigan simlarning uchlarini tayyorlash, shtepsel vilkasi o‘rna-
tilgan tutashtiruvchi shnur bilan tutashtiruvchi o‘tkazgichlarni sxema 
bo‘yicha elektr armaturaga ulash o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatiladi.
79-rasm. 
Montaj shiti: 1 – probkali saqlagich; 2 – tutashtiruvchi shnur; 3 – qisqich 
gayka; 4 – lampa; 5 – lampa patroni; 6 – kalit (uzib-ulagich); 7 – shtepsel vilkasi 
ulangan tutashtiruvchi shnur; 8 – shnur. 

Yüklə 3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin