95
4. kavsharlash asosida elektromontaj ishlarini bajarish usullari haqida ma’lumot
bering.
Mustaqil amaliy ish
kavsharlagich yordamida elektromontaj ishlaridan namunalar bajaring.
Jihozlar
kavsharlagich.
AMALIY MASHG‘ULOT
.
O‘tkazgich simlarning uchini chiqarish va
kichik halqa hosil qilish.
Ushbu mashg‘ulotdagi amaliy ish o‘z ichiga elektromontajni yakunlash,
ulash, izolatsiya qilish vazifalarini oladi.
ishni boshlashdan avval o‘quvchilarni simlarni ulash uchun ishlatiladi-
gan turlari bilan tanishtiradilar.
amaliy ishni bajarishning asosiy bosqichlari:
1. elektr o‘tkazgich simlar tekislanadi va uzunligi o‘lchanadi hamda ke-
sish joyi belgilanadi.
2. ombur bilan sim kesiladi. o‘qituvchi o‘quvchilarga ombur va simni
qanday holatda ushlashni o‘rgatadi.
3. elektr o‘tkazgich simining izolatsiyasini yechish uchun o‘qituvchi
maxsus ombur va pichoq yordamida ushbu
jarayon qanday amalga oshi-
rilishini ko‘rsatadi. pichoq yordamida o‘quvchilarning diqqatini elektr
o‘tkazgich simlarini ochishga qaratadi, xuddi qalamni uchini chiqarish usuli
bilan ochiladi.
Elektr o‘tkazgich simlarni ochish uchun ishlatiladigan pichoqlar maxsus
temirlardan yasaladi. pichoqning uchi o‘tkir bo‘lishi mumkin emas.
4. Elektr o‘tkazgich metall sim pichoq yoki mayda qumqog‘oz yordami
-
da tozalanadi. Bunda pichoqni egib, o‘tkir tarafini orqaga qaratib ushlash
kerak. Aluminiydan yasalgan simlarni ko‘p
marotaba egish va qismlarga
bo‘lish mumkin emas, bundan ular sinishi mumkin.
5. kontakt halqalari egiladi. o‘quvchilarga simlarni montaj qilish
96
chog‘ida ularni asbob-uskunalarga qisqichlar yordamida ulash tushuntiri-
ladi. Simlarning uchini to‘g‘rilashga qoldiriladi yoki halqa shaklida egiladi.
Simlarning uchini chiqarish usullari ko‘rsatiladi. bir simli o‘tkazgich uchini
ombur yordamida halqa shakliga keltiriladi, ko‘p simli o‘tkazgichlarda esa
metall sterjen yoki diametri to‘g‘ri keladigan mix ishlatiladi.
kontakt halqalarni yasash jarayoni o‘quvchilar uchun
qiyinchilik
tug‘diradi. Shu sababli o‘qituvchi ushbu operatsiyani bajarish chog‘ida
o‘quvchilarning ishlariga diqqat bilan qarashi, ularga yordam berishi va xa
-
tolarini to‘g‘rilashi kerak.
6. o‘quvchilar elektr o‘tkazgich simlarni ulaydilar. o‘qituvchi turli xil
o‘tkazgichlarni ulash uslublarini ko‘rsatadi. o‘quvchilar oldin bir
simli
o‘tkazgichni, keyin ikkita simli elektr o‘tkazgichlarni, so‘ngra ko‘p simli
elektr o‘tkazgichlarning simlarini ulaydilar. keyinchalik ular juft simlarni
ulash uslublarini o‘rganishga kirishadilar (shnur ko‘rinishida).
7. elektr o‘tkazgich simlarning ulanish joyini izolatsiya qiladilar.
O‘qituvchi izolatsion lentalarning turlari va xususiyatlari haqida gapirib,
ulanish joyi va izolatsion lentaning turiga ko‘ra
simlarni ulash usullarini
ko‘rsatib beradi.
O‘quvchilarga simlarni ulash, uchini chiqarish ishlarini o‘rgatish maqsa
-
dida o‘qituvchining ko‘rsatmalari o‘quv texnologik xaritalarda ko‘rsatilgan.
amaliy ish jarayonida o‘quvchilarning mehnat va texnika xavfsizligi
qoidalariga amal qilishlarini nazorat qilish lozim:
◊
elektr o‘tkazgich simlarni izolatsiya qilishda va kesishda tagiga taxta
qo‘yilgan holda, montaj pichog‘ini o‘zidan tashqi tarafga qaratib ushlash
talab etiladi.
◊
O‘tkir jag‘li ombur dastasi, yassi ombur, yumaloq jag‘li omburlarni
dastasidan ushlash.
◊
Stol ustida elektromontaj uskunasi va o‘tkazgichlarni to‘g‘ri joylashti-
rish.
◊
elektr o‘tkazgich simlarning tutashtirilgan yerlarini aniq va mustah-
kam izolatsiya qilish.