93
Kavsharlash asosida elektromontaj ishlarini bajarish usullari
kavsharlash uchun asosiy asbob kavsharlagich hisoblanadi. elektr
kavsharlagich ish paytida doim bir xil temperaturani ushlab turadi. U sim,
vilka, qizdiruvchi element, termoizolator va elektroizolator, po‘lat quvur
-
cha, misdan tayyorlangan element va tutqichdan iborat (77-rasm, a).
Komplektga, odatda, ikkita misli element qo‘yiladi: to‘g‘ri va egrisimon.
Birinchisi elektrosxemalarni kavsharlash uchun mo‘ljallangan, ikkin chisi esa
sim va tunuka kavsharlash uchun. bu konstruksiyalardan tashqari sotuvda
to‘pponchasimon (77-rasm, b) va bolg‘a ko‘rinishidagi (77-rasm, d) kavshar
-
lagichlar ham bor. bolg‘asimon kavsharlagich katta bo‘lgani uchun u bilan
katta yuzaga ega bo‘lgan detallarni kavsharlash mumkin.
quvvatiga qarab kavsharlagichlar 10–250
Vt
li bo‘lishi mumkin. Sim va
tunukani kavsharlash uchun o‘rta quvvatli (60–100
Vt
) kavsharlagichlar ishla-
tiladi.
Kavsharlash uchun ajratilgan joyda, albatta, o‘tga chidamli (asbest, geti
-
naks) material asos sifatida ishlatilishi kerak. Flyuslar erigan paytda nafas
organlariga ta’sir etuvchi gazlar chiqqanligi sababli ish joyida mahalliy ven-
tilatsiya bo‘lishi shart.
Kavsharlash jarayoni uch operatsiyadan iborat: detalni tayyorlash,
kavsharlash va kavsharlab bo‘lgandan keyin unga ishlov berish.
Sifatli kavsharlashning asosiy talabi bu – ulanayotgan yuzalarning to-
zaligida va ularning bir-biriga nisbatan jips joylanishida. Shuning uchun
kavsharlashdan oldin ulanayotgan joylarni egov yoki qumqog‘oz bilan to-
zalab olish kerak. yog‘langan joylarni esa atseton bilan tozalash mumkin.
Dostları ilə paylaş: