Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik



Yüklə 3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/154
tarix27.12.2023
ölçüsü3 Kb.
#199813
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   154
Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun dar

Kavshar 
deb, kavsharlash yo‘li bilan metall qismlarni ajralmaydigan qilib 
biriktirishga mo‘ljallangan rangli metallar va ularning qotishmalariga aytiladi. 
Kavsharlar suyuqlanganda metallar yuzasini ho‘llaydi, biriktiriladigan detallar 
oralig‘iga kiradi va qotgandan keyin mustahkam birikma hosil qiladi.
Kavsharlar erish temperaturasiga qarab ikkita asosiy guruhga: suyuqla
-
nish temperaturasi 450°C dan past oson suyuqlanuvchan yumshoq kavshar
-
lar va suyuqlanish temperaturasi 450°C dan yuqori qattiq kavsharlarga 
bo‘linadi.
Yumshoq kavsharlar tarkibiga qalay, qo‘rg‘oshin, surma, vismut, kadmiy 
va boshqa metallar kiradi. Kavshar tarkibida qalay qanchalik ko‘p bo‘lsa, 
erish temperaturasi shunchalik past bo‘ladi. Yumshoq kavsharlar ishlatilganda 
radioelementlarni 250°C gacha qizdirish mumkin.
qattiq kavsharlar ma’lum sabablarga ko‘ra maktab ustaxonalarida ishla-
tilmaydi.
76-rasm. 
elektromontaj ish 
asboblari: 1– montaj pichog‘i;
2 – izolatsiyani ochish mosla-
masi; 3 – ombur; 4 – o‘tkir jag‘li 
ombur; 5 – yumaloq jag‘li om-
bur; 6 – otvyortkalar; 7 – izolatsi-
ya lentasi; 8 – qotirish buyumlari.


93
Kavsharlash asosida elektromontaj ishlarini bajarish usullari
kavsharlash uchun asosiy asbob kavsharlagich hisoblanadi. elektr 
kavsharlagich ish paytida doim bir xil temperaturani ushlab turadi. U sim, 
vilka, qizdiruvchi element, termoizolator va elektroizolator, po‘lat quvur
-
cha, misdan tayyorlangan element va tutqichdan iborat (77-rasm, a).
Komplektga, odatda, ikkita misli element qo‘yiladi: to‘g‘ri va egrisimon. 
Birinchisi elektrosxemalarni kavsharlash uchun mo‘ljallangan, ikkin chisi esa 
sim va tunuka kavsharlash uchun. bu konstruksiyalardan tashqari sotuvda 
to‘pponchasimon (77-rasm, b) va bolg‘a ko‘rinishidagi (77-rasm, d) kavshar
-
lagichlar ham bor. bolg‘asimon kavsharlagich katta bo‘lgani uchun u bilan 
katta yuzaga ega bo‘lgan detallarni kavsharlash mumkin.
quvvatiga qarab kavsharlagichlar 10–250 
Vt
li bo‘lishi mumkin. Sim va 
tunukani kavsharlash uchun o‘rta quvvatli (60–100 
Vt
) kavsharlagichlar ishla-
tiladi. 
Kavsharlash uchun ajratilgan joyda, albatta, o‘tga chidamli (asbest, geti
-
naks) material asos sifatida ishlatilishi kerak. Flyuslar erigan paytda nafas 
organlariga ta’sir etuvchi gazlar chiqqanligi sababli ish joyida mahalliy ven-
tilatsiya bo‘lishi shart.
Kavsharlash jarayoni uch operatsiyadan iborat: detalni tayyorlash
kavsharlash va kavsharlab bo‘lgandan keyin unga ishlov berish.
Sifatli kavsharlashning asosiy talabi bu – ulanayotgan yuzalarning to-
zaligida va ularning bir-biriga nisbatan jips joylanishida. Shuning uchun 
kavsharlashdan oldin ulanayotgan joylarni egov yoki qumqog‘oz bilan to-
zalab olish kerak. yog‘langan joylarni esa atseton bilan tozalash mumkin. 

Yüklə 3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin