Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/154
tarix27.12.2023
ölçüsü3 Kb.
#199813
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   154
Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun dar

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. buyumni tayyorlashning texnologik jarayoni deganda nimani tushunasiz?
2. texnologik jarayonning tarkibiy qismlarini ayting.
3. Sterjen qotirgichini yasashning texnologik xaritasini tuzish tartibini ayting.
4. Sterjen qoplagichini yasashning texnologik jarayonini tashkil qilishni qanday tushu-
nasiz?
Amaliy ish
metall listga o‘tkazish uchun tunuka quti o‘lchamlarini o‘lchab chiqing.
qutining qisqa yon tomoni 30x40 
mm
, uzun yon tomoni 30x60 
mm
, ostki 
tomoni esa 40x160 
mm
.
Qutining yoyilmasini chizish uchun yupqa list (tunuka)ning umumiy 
o‘lchami 100x120 
mm
kattalikda olingan.


83
Pecheniy uchun qolip yasashning texnologik xaritasi
T/r
Ishning
ketma-ketligi
Ish eskizi
Asbob va moslamalar
O‘lchov
Ish
1
Qolip uchun 
mos tunuka
tanlash 
Chizg‘ich
Tunuka, 
bolg‘a, qalam, 
chilangarlik 
dastgohi, temir 
qaychi 
2
o‘lcham 
olish va uni 
chizmalarda 
ifodalash
Chizg‘ich 
qalam 
3
tunukani 
belgilangan 
joylaridan 
qirqib olish 
Chizg‘ich, 
qalam
temir qaychi
4
qirqib olingan 
tunukani 
to‘g‘rilash
Bolg‘a, 
chilangarlik 
dastgohi 
5
tunukani 
yuqori qismini 
qayirish uchun 
joyni belgilash
uni chizmalarda 
ifodalash
Chizg‘ich,
qalam
6
tunukani
o‘lchamlar 
asosida 
belgilangan 
joylardan bukib 
chiqish
bolg‘a
A


84
7
Qolipning 
ikkita chetini 
biriktirish 
uchun 
mo‘ljallangan 
joylarini 
belgilash
Qalam, 
chizg‘ich
8
birikmani 
parchinlash 
orqali 
biriktirish
Bolg‘a, 
duradgorlik 
dastgohi
9
parchin 
birikmalarni 
bir-biriga ulash 
va shakl berish
Qalam, 
chizg‘ich
bolg‘a
10
Qolipga oxirgi 
ishlov berish
egov yoki 
qumqog‘oz


85
Metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo‘yicha 
ish usullarini o‘rgatish
Konserva qutilari tayyorlangan listlar juda yupqa va yumshoq bo‘ladi. 
Ulardan har xil buyumlar tayyorlash mumkin. bir nechta shunday qutilarni 
tozalab, yuvib, maktab ustaxonasiga keltirib qo‘ying, keyin yaxshilab tekis-
lasangiz, bu sizga biror buyum tayyorlashga kerak bo‘ladi.
AMALIY MASHG‘ULOT.
 Bo‘shagan metall ichimlik idishidan
uy-ro‘zg‘or uchun buyum tayyorlash.
Bo‘shagan metall ichimlik idishidan ziravorlar, ya’ni tuz, shakar, murch, 
quruq choylarni saqlash uchun turli xil ko‘rinishda buyumlar 
tayyor 
lash 
mumkin. Buning uchun bizlarga bir nechta ichimlik idishi, gulqog‘oz, ye
-
lim, yelim idish kerak bo‘ladi. Buyumni tayyorlash quyidagi bos qich larda 
amal ga oshiriladi. 
Kerakli asbob va moslamalar:
qaychi, qalam, chizg‘ich, fen, qog‘oz 
skoch, bolg‘a.
Ish bajarish tartibi: 
1.
bo‘shagan metall idish yaxshilab suvda chayiladi.
2. 
Idishning tepa qismidagi qirrali joylari bolg‘a yordamida bolg‘alab 
chiqiladi.
3. 
bolg‘alangan joylari qo‘lni shikastlamasligi uchun uning ustidan 
qog‘oz skoch yelimlanadi.
4.
idishning ustki qismiga moslab chiroyli ko‘rinishdagi gulqog‘oz tan-
lanadi.
5.
Gulqog‘oz idish o‘lchamiga moslab qirqib olinadi va yelimlanadi. 
Ziravorlar uchun mo‘ljallangan idish doimo oshxonada saqlanishini 
inobatga olib, uni sirti suv o‘tkazmaydigan material bilan qoplanishi lozim. 
buning uchun bo‘shagan yelim idishdan foydalaniladi. 
6.
idish ustini suv tushib zararlamasligi uchun uning o‘lchamiga mos-
lab yelim idish qirqib olinadi. tanlangan yelim idish toza va rangi xira 
tortib qolmagan bo‘lishi lozim.
7.
qirqib olingan yelim idish bo‘lagi tayyor holatga keltirilgan buyum 
ustidan kiydiriladi.


86
8.
Yelim idish buyumning yuzasini butkul va tekis qoplashi uchun soch 
quritish moslamasi, ya’ni fen yordamida asta-sekinlik bilan eritilib boriladi. 
Bu jarayonni sirli idishda suvni qaynatib, qaynab turgan suvga buyumni 
asta-sekinlik bilan solib amalga oshirish mumkin. 
9.
ish oxirida buyumning yuzasi silliq va yaltiroq tusga kiradi.
10. 
tayyor buyumdan oshxonadagi turli xil mahsulotlarni saqlash uchun
bemalol foydalansa bo‘ladi. 

Yüklə 3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin