Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik



Yüklə 3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/154
tarix27.12.2023
ölçüsü3 Kb.
#199813
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   154
Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun dar

AMALIY MASHG‘ULOT.
 
 
 Maishiy yoritish asboblaridan
nuqsonlarni topish va bartaraf etish.
maishiy yoritish asboblari uzoq muddat ishlaganidan so‘ng buzili-
shi mumkin. Bunday hollar, asosan, stol lampalarida, devorbop va polga 
qo‘yiladigan yoritqichlarda ko‘p uchraydi. Bunda ularning lampasi kuyishi, 
kaliti, patroni, shtepsel vilkasi yoki tutashtiruvchi shnuri ishdan chiqishi 
mumkin. Ana shunday hollarda eng oldin shtepsel rozetkasi (ta’minlash 
punkti)ning butunligi tekshiriladi. Buning uchun unda tok bor-yo‘qligini 
nazorat lampasi, indikator yoki boshqa butun asbob bilan tekshiriladi. Agar 
shtepsel rozetkasi butun bo‘lsa, asbobning nuqsoni qidiriladi. Buning uchun
esa uni tarmoqdan uzib, elektr lampasi, shtepsel vilkasi, tutashtiruvchi 
shnuri, kaliti va patroni butunligini tekshiriladi. Asbobdagi nuqsonlar esa 
tuzatish yoki yangi qism bilan almashtirish orqali bartaraf etiladi. tuzatil-
gan asbobni tarmoqqa ulashdan oldin nazorat tekshiruv shitchasi yordamida 
yana tekshiriladi, unda qisqa tutashuv bor-yo‘qligi aniqlanadi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. maishiy elektr yoritqich turlarini sanab bering.
2. Stol lampasining tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring. 
Mustaqil amaliy ish
Maishiy yoritish asboblaridan nuqsonlarni topish va bartaraf etishga oid amaliy 
mashq bajaring.
Jihozlar
maishiy yoritish asboblaridan namunalar. 


91
Kavsharlash va elektromontaj asoslari. Montajning asosiy turlari: 
osma va pechatli 
AMALIY MASHG‘ULOT.
 
Elektromontaj 
ishlari.
elektromontaj ishlarini bajarish uchun zarur 
asboblar bilan jihozlangan maxsus ish o‘rni yara-
tilishi lozim. Ish o‘rni dielektrik plastik bilan 
qoplangan maxsus stol jihozlanishi, polga ham 
dielektrik rezinali gilamcha to‘shalgan bo‘lishi 
kerak. ish o‘rnida 42 
V
kuchlanishga ega maxsus 
elekt rik rozetka, kavsharlagich uchun taglik, ish 
asboblari, shuningdek, kavshar va flyuslar uchun 
idish bo‘lishi lozim (75-rasm). 

Yüklə 3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin