88
Siz metallarga ishlov berish texnologiyasi bo‘limida metallni qirqish, bukish, arralash,
pardozlash va ular asosida buyumlar yasash texnologiyasini o‘rganganingizdan so‘ng,
sohaga oid yurtimizda tarkib topgan bir qator kasb-hunarlar haqida ham ma’lumotlarga
ega bo‘lishingiz mumkin:
• Qora va rangli metallarni erituvchi-quyuvchi.
• Qora metallar mahsulotlari nazoratchisi.
• Qo‘lda va mashinada qoliplash (shakl berish) qoliplovchisi.
• Qo‘lda va mashinada qoliplash sterjenchisi.
• Metall konstruksiyalarni yig‘ish bo‘yicha chilangar.
• Metallarga ishlov berish mexanigi.
• Tokar.
4-BOB. ELEKTROTEXNIKA ISHLARI
Bir va ko‘p lampali yoritqichlar hamda elektr armaturalar
AMALIY MASHG‘ULOT.
Elektr armaturalarni qismlarga ajratish
va yig‘ish (lampochka patroni, shtepsel vilkasi, osma vikluchatel).
Bir lampali yoritqichni yig‘ish va montaj qilishdan oldin boshqa har
xil yoritqichlarning tuzilishi va vazifalari bilan tanishish zarur. hozir-
gi payt da ta’lim muassasalarida, korxona
hamda tashkilotlarda va uy-
ro‘zg‘or sharoitida bir necha xil ko‘rinishdagi yoritqichlardan foydalani-
ladi (73-rasm).
73-rasm.
Maishiy elektr yoritqichlar: a – qandil; b – stol lampasi;
d – devor lampa; e – polga qo‘yiladigan torsher.
a) b) d) e)
Kasb-hunarlarga oid ma’lumotlar
89
Sharoitga qarab, yoritqichlardan to‘g‘ri foy-
dala nish inson salomatligini muhofaza qilishda,
xususan, ko‘rish qobiliyatini saqlashda katta aha
-
miyatga ega.
Devor lampaning
asosiga bitta yoki ikkita
tutqich – kronshteyn o‘rnatilib, ularga yoritqichlar
mahkamlanadi. bu yoritqich uydagi dam olish xo-
nasini yoritishga xizmat qiladi. polga qo‘yiladigan
torsherning tuzilishi stol lampasining tuzilishiga
o‘xshaydi. Ularning farqi shundaki, torsher ustun
-
cha (stoyka)si uzun (va bir nechta) bo‘ladi. lam-
palarning kaliti (uzib-ulagich)lari bevosita korpus
-
ga o‘rnatiladi. polga qo‘yiladigan torsherlar ham
dam olish joylarini yoritishga xizmat qiladi va
ularni yumshoq stol hamda stul, divan va hokazo
-
larning yonlariga qo‘yiladi.
Qandil bir nechta lampalardan iborat bo‘ladi.
U turarjoy binosini umumiy yoritishga xizmat
qiladi. qandil shiftdagi mahalliy armaturaga ula-
nadi. maishiy yoritqich asboblari tashqi ko‘rinishi
jihatidan farqlansa-da, ularning tuzilishi bir xil,
chunki ular bir xil sxemaga asoslanadi. Qandil, de
-
vorbop lampa kabi umumiy yoritish asboblarining
farqi shuki, ularda tutashtiruvchi shnurli shtepsel
rozetkasi bo‘lmaydi va ular to‘g‘ridan to‘g‘ri yori tish tarmog‘iga ulanadi.
Uzib-ulagich devorga o‘rna tiladi.
Stoykaning ichidan patronga ulangan sim o‘tkazilgan va unga shtepsel
vilkasi o‘rnatilgan shnur ulanadi. Shnurning
bitta simi patrondan kelgan
o‘tkazgichga ulanadi va ikkinchi simi kalit orqali patronga ulanadi.
Sodda stol lampasining tuzilishi 74-rasmda ko‘rsatilgan.
74 -rasm.
Stol lampasi:
1 – qaytarg‘ich; 2 – spi
-
ral; 3 – lampa; 4 – pat-
ron; 5 – trubka; 6 – asos;
7 – kalit (uzib-ulagich);
8 – shtepsel vilkasi;
9 – shnur va 10 – yorit-
qichni mahkamlovchi
gayka.