Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/154
tarix27.12.2023
ölçüsü3 Kb.
#199813
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   154
Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun dar

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Xalq hunarmandchiligi asosida tayyorlanadigan buyumlar haqida ma’lumot be ring.
Tayyorlanadigan detal eskizi chizmalarini, texnologik xaritalarni
tuzish va o‘qish 
har qanday buyumni yasash uchun uning tegishli chizmasi va tex-
nologik jarayonning asosini tashkil qiladigan texnologik xaritasi bo‘lishi 
shart. Texnologik jarayon deganda, umuman, ishlab chiqarish jarayonining
bir qismi tushuniladiki, unda zagotovkani tayyor detalga (buyumga) aylanti
-
riladi. Texnologik jarayon, o‘z navbatida, texnologik mehnat operatsiyalari
-
ga bo‘linadi. Har bir texnologik operatsiya texnologik jarayonning tugal 
bir qismi bo‘lib, ularda bir ish o‘rnida va asbobni almashtirmay, masalan, 
kesish, egovlash, parmalash, parchinlash, kavsharlash kabi biror ish bajari
-
ladi. Shuningdek, texnologik operatsiya ham texnologik jarayonning yanada 
kichik elementlariga, texnologik o‘tishlarga bo‘linadi. Bular texnologik ope-
ratsiyaning tugal qismlaridan iborat bo‘lib, foydalaniladigan asbobning va 
ishlov beriladigan sirtning doimo bir xilligi bilan xarakterlanadi. Masalan, 


82
sirtni egovlash, ichki qiyshiq chiziqli sirtni egovlash, tashqi qiyshiq chiziqli 
sirtni egovlash va hokazo.
texnologik jarayonning yuqorida aytilgan har bir elementini bajarish 
tegishli mehnat usullaridan foydalanishni taqozo etadi. mehnat usullari 
o‘quvchining ish o‘rnidagi turish holati, asboblarni ushlashi va bajaradigan 
mehnat harakatlari bilan bog‘liqdir.
texnologik xaritalarni tuzish va ulardan foydalanish o‘quvchilarning 
ijodiy faolligini oshiradi, texnik tafakkurini rivojlantiradi va mustaqil ish
-
larni o‘rganishiga yordam beradi. Bundan tashqari, texnologik xaritalarni 
tuzishda buyumning namunasiga yoki chizmasiga qarab, uning murakkab 
konstruksiyasini ishlab chiqish; buyum uchun zagotovka tanlash va uning 
o‘lchamlarini aniqlash; texnologik operatsiya va o‘tishlarni hamda ularni 
bajarish tartibini belgilash; asboblar, uskuna va moslamalarni tanlash kabi 
muhim ishlarni bajara oladi.
tuzilgan texnologik xaritalar bo‘yicha rejalashtirilgan buyumning ham-
ma detallarini yasashingiz va ularni yig‘ishni bajarishingiz mumkin.
Bu mashg‘ulotdagi amaliy ishlar eshik lo‘kidonining qolip detallarini 
yasash uchun texnologik xaritalar tuzishga qaratilishi lozim.

Yüklə 3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin