94
kavsharlagichning uchini ish holatiga keltirish
uchun uning uchidagi okis
qop lamasini olish kerak. Uni olib tashlash uchun qumqog‘ozga flyus va
kavshar joylashtirib, kavsharlagichning uchi kavsharga botiriladi va parallel
ishqalanadi. Shunda qumqog‘oz okis qatlamini shilib oladi hamda birdaniga
flyus va kavshar uning uchiga tegadi va qoplab oladi.
Ulanishning sifatli bo‘lishi uchun ulanadigan joylarga avval flyus yotqi-
ziladi va kavsharlagichning uchidagi erigan kavshar asta-sekin yotqiziladi.
Agar detal katta bo‘lsa, unda uni obdan qizigunicha kutish kerak. Ulanadi
-
gan joylarga kavshar yotqizilgandan keyin ular bir-biriga jipslab tegiziladi
va kavsharlagich bilan yana qizdiriladi. ikki
tomondagi kavshar erigani-
dan keyin ulanadigan qismlarning orasiga, agar kerak bo‘lsa, yana kavshar
yotqi ziladi va to qotgunicha qisib, qimirlatmay ushlab turiladi.
Detallarni bir-biriga tegizib
ushlab turish uchun ombur, pinset yoki
boshqa asboblardan foydalaniladi. kavsharlagichning uchiga kavshar
olish
uchun uning qizigan uchini sovuq kavsharga tegiziladi va kavshar erib,
kerak li miqdorda uning uchiga yopishib osilib qoladi.
Kislotali flyus
bilan kavsharlangandan keyin, ulangan joy avval soda
erit masi, keyin esa toza suv bilan yuvilishi lozim.
Elektromontaj ishlari
Elektrotexnika ishlari izolatsiya bilan qoplangan
gorizontal qopqoqli
stolda bajariladi. Elektromontaj asboblari o‘quvchining o‘ng tomoniga, ma
-
teriallar chap tomonga joylashtiriladi, bunda ko‘proq ishlatiladigan asboblar
yaqinroq qo‘yiladi.
Elektrotexnika ishlarini bajarishda Siz turli materiallar (sim, shnur, izo
-
latsiya materiallari, naychalar) va ish asboblari (otvyortka, pichoq, o‘tkir
jag‘li ombur)dan foydalanasiz.
Dostları ilə paylaş: